Mashg’ulot: 9 mavzu: Farmasevtika korxonalarida sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish asoslari


Download 44.59 Kb.
Sana21.05.2020
Hajmi44.59 Kb.
#108729
Bog'liq
9-10 (3)


MASHG’ULOT: 9

MAVZU: Farmasevtika korxonalarida sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish asoslari.

1.Yurak –o’pka reanimatsiyasi qanday amalga oshiriladi.

2.Zaharlanishda birinchi yordam.

3.Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko’rsatish tartibini ayting.

1. Inson elektr tokidan jarohatlanganda uni avvalo elektr tokining ta`siridan qo`tqarish kerak. Bunga jarohatlangan kishini tok o`zatuvchi qismlardan ajratish yoki kuchlanishni o`chirish bilan erishiladi.

Kuchlanish 1000 V gacha bo`lgan setlarni tok o`zatuvchi qismlardan odamni ajratish, quruq tayoq, yog`och, kiyim yoki boshqa biror bir tok o`tkazmaydigan narsalar yordamida amalga oshiriladi. Agar odamni tok o`zatuvchi qismlardan ajratish qiyin bo`lsa, tok uzatuvchi simni quruq dastali bolta yoki boshqa izolyatsiyalangan dastali qurol bilan chopish kerak.

Kuchlanish 1000 V dan yuqori bo`lgan setlarda jarohatlangan kishini ajratish izolyatsiyalangan shtanga yoki kiskich, dielektrik qo`lqop va botinkalar yordamida bajariladi. SHu bilan birga o`no`tmaslik kerakki, tok ta`siri ostida odamga elektr xavfsizligi tadbir choralari ko`rmasdan tegish qo`tqaruvchi kishining o`zi uchun xavflidir. Jarohatlangan kishiga yordam berishda muvaffaqiyatning asosiy sharti yordam berishning tezligi hisoblanadi, chunki inson yuragi shol bo`lgandan besh mino`tdan so`ng uni asrab qolish mumkin emas.

Agar jarohatlangan kishi balandlikda bo`lsa kuchlanishni o`chirishdan oldin uni yiqilishi xavfsizlikni taminlash kerak. Elektr tokidan shkastlanishning barcha holatlarda jarohatlangan kishini holati qanday bo`lishidan qat`iy nazar vrachga murojaat qilish lozim. Elektr toki ta`siridan inson qo`tqarilgandan so`ng uning holatini aniqlash zarur bo`ladi. Agar jarohatlangan kishi odam xushida bo`lsa uni qulay joyga yotqizish va vrach etib kelguncha uni tinch kuyish va doimiy ravishda nafas olishini va yurak urishini kuzatish talab etiladi.

Agar shikastlangan kishi hushini yo`qotgan holatda bo`lib, lekin nafas olayotgan va yuragi urayotgan bo`lsa uni qulay holatda yotqizilib, yoqa tugmalarini va belidagi qayishini echish kerak hamda bo`rniga nashatir spirtga namlangan paxta to`tish yuziga suv purkash hamda uni tinch kuyish lozim.

Nafas olish va yurak faoliyatini to`xtashi elektr toki ta`sirini eng og`ir oqibati hisoblanadi.

Agar jarohatlangan kishi nafas olmayotgan lekin yuragi urayotgan bo`lsa ungasun`iy nafas berishga kirishish kerak. Agar yurak urishi ham to`xtagan bo`lsa ungasun`iy nafas berish bilan birgalikda yuragini ham tashqi massaj qilishni bajarish talab etiladi.

Sun`iy nafas berishning eng samarali yo`li jarohatlangan kishining og`zidan yoki burnidan og`iz bilan havo puflash hisoblanadi. Bunda jarohatlangan kishi orqasi bilan erga yotqizilib kiyimlari yoki boshqa narsa o`rab qopqoqlari va bo`yni ostiga qo`yilib bo`yni ko`proq orqaga egiltiriladi (6.-rasm) va og`iz bo`shlig`i suvdan tozalanadi va tili chiqariladi.

Jarohatlangan kishini burni qisiladi og`iz va burunga quruq rumolcha yoki doka salfetka qo`yilib yordam berayotgan kishi ikki-uch chuqur nafas olib jarohatlangan kishi og`ziga havo puflaydi. Sun`iy nafas berish chastotasi mino`tiga 12…14 martadan oshmasligi lozim, chunki bu tabiiy nafas olish ritmiga mos keladi. Sun`iy nafas berishni jarohatlangan kishida ritmik nafas olish tiklanguncha davom ettirish lozim.

Sanoatda sun`iy nafas berishning apparatlari chiqarilgan. Bu moslama komplektida niqob va har xil o`lchamdagi (katta yoshdagilar va o`smirlar, bolalar uchun) havo puflagichlar kiradi.

Agar shikastlangan kishida yurak urishi kuzatilmasa yuragi tashqi massaj qilinadi. Buning uchun jarohatlangan kishi orqasi bilan biror bir qattiq tekis yuzaga yotqizilib, old tugmalari echilib ko`kragi ochiladi. YOrdam beruvchi odam bunda bir qo`lini ko`krak qafasining kerakli joyiga kafti bilan, ikkinchi qo`lini esa ko`krakka qo`yilgan qo`l ustiga kafti bilan qo`yilgan holda ko`krakni umurtqa tomonga bosadi (20.8.-rasm, o`ngdan pastdagi).

Bunda ko`krak qafasi faqat tik holatda 3…4 sm gacha chuqurlikka mino`tiga 60 marta chastota bilan bosiladi. Ko`krakdan bunday bosishda yurakdan siqib chiqarilgan qon, qon tomirlarga kiradi.



Yurakni massaj qilishda qovurg`aga zarar bermaslik uchun ehtiyot bo`lish kerak. Massajning samaradorligi katta arteriya qon tomirlarda pulsning paydo bo`lishi bilan baholanadi.

6-rasm. “Og`izdan og`izga” sun`iy nafas berish (chapdan) va yurakni (tik bo`lmagan holda) tashqi massaj qilish (o`ngdan).


Ko`p hollarda jarohatlangan kishilarni yuragini massaj qilish ularga sun`iy nafas berish bilan birga olib boriladi. Bunda sun`iy nafas berishni ko`krak qafasini bosish vaqti oralig`ida bajarish kerak. YAxshisi buni ikki kishi bajargani maqul, bir kishi ko`krak qafasini 4…5 marta bosadi, so`ngra ikkinchi kishi jarohatlangan kishi o`pkasiga havo puflaydi. Bu jarayon shu holatda takrorlanadi.

Meditsina xodimi yurak faoliyatini tiklovchi samarali usul tajribalariga ega bo`ladi. bu maqsad uchun defibrillyator degan maxsus apparatlar qo`llaniladi va ular yordamida yurak orqali yuqori kuchlanishli qisqa elektr zaryadi hosil qilinadi va bu yurak muskullarini umumiy qisqarishiga sabab bo`ladi.



2. Ishlab chiqarish sharoitida zaharlanish organizmga zaharli gazlar suyuqliklar yoki changlarni kirishidan sodir bo`ladi. Uglerod oksidi (is gazi) bilan zaharlanish isitish uskunalaridan noto`g`ri foydalanganda yuz beradi. Ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gaz tarkibida ham ugrerod oksidi ko`p miqdorda bo`ladi.

Uglerod oksidi bilan zaharlanganda bosh og`rig`i, bosh aylanishi, kungil aynishi, hansirash, og`ir holatlarda esa yo`ldan chalg`ish va hushni yo`qotish mumkin. Zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, boshiga sovuq kompress bosish va nashatir spirtni hidlatish kerak. SHikastlangan kishi qayd qilmoqchi bo`lsa uni yoni bilan yotqizish lozim. Agar hushini yo`qotsa zudlik bilan vrachni chaqirish va u kelgunga qadar sun`iy nafas berish kerak.

Zaharli ximikatlar bilan zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishiga zudlik bilan birinchi yordam berish kerak.

Har qanday zaharlanishda avvalo organizmga zaharlarni kirishini to`xtatish tadbirlarini ko`rish kerak. Agar zaharlanish xonada yuz bersa shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, zaharli ximikatlar bilan ifloslangan kiyimlarini echish zarur.



3. Birinchi tibbiy yordam о‘z-о‘ziga va о‘zaro yordam kо‘rinishida kо‘rsatiladi:

1. Xonaga olib kirish, poyafzal, paypoq va qо‘lpaypoqlar yechiladi.

2. Bemorning oyoq va qо‘li 17-180 Sli suv tо‘ldirilgan vannaga solinib, 1 soat davomida suvning haroratini asta-sekin 360 S gacha kо‘tariladi va uqalanadi.

3. Issiq ichimlik ichirilib, о‘rab yotqizib qо‘yiladi.

Organizmning umumiy muzlashi butun tanaga past haroratni uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. Umumiy muzlash yurak va nafas, hayotiy zarur organlarning faoliyatini keskin buzilishi, tana haroratini 30-320 S dan pasayishi bilan xarakterlanadi. Sovuq ta’sirida organizmni boshqarish buziladi, gipoksiya holati rо‘y beradi, natijada bosh miyaning funksiyasi pasayib, hushdan ketish rо‘y beradi, arterial qon bosimi tushib ketadi, nafas keskin buziladi, soxta о‘lim (mnimaya smert) belgilari vujudga keladi. Tana haroratining pasayib borishi yana ham og‘ir qaytarib bо‘lmaydigan о‘zgarishlarga olib keladi.

Birinchi tibbiy yordam:

1. Muzlagan kishini sekin-asta, ehtiyotlik bilan isitiladi.

2. Iliq vannaga 170 S tushirish va suvning haroratini sekinlik bilan 400 gacha kо‘tarish kerak.

3. Ehtiyotlik bilan oyoq-qо‘llarni uqalash.

4. Yurak preparatlari beriladi, sun’iy nafas oldiriladi.

TEST

1.A

2.A

3A

4.D

5.A

MASHG’ULOT: 10

MAVZU:Chang va uning inson organizmiga ta’siri. Changdan himoyalanish. Farmasevtika korxonalarida changlangan havoni tozalash va unda ishlatiladigan qurilmalar.

1.Changlar haqida umumiy tushuncha.

2.Changlarning o’lchamlari, inson organizmiga zararli ta’siri.

3.Changning kelib chiqish sabablari.
1. Chang - bu qattiq moddalarning mayda zarrachalarini havodagi aralashmasidir. Ishlab chiqarishda chang qattiq moddalarni maydalashda, saralashda, sochiluvchan moddalarni aralash-tirishda, transportirovka qilishda hosil bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi chang havo va asbob-uskunalarni iflos qilib statistik zararlarni hosil bo‘lishiga va elektr simlarni qisqa tutashuviga olib keladi. Shu bilan bir qatorda insonni ko‘ziga, quloq va terisiga, nafas olish yo‘llariga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Ko‘pincha mineral changlar nafas olish yo‘li bilan ichki organlarga tushib pnevmokonioz kasalini keltirib chiqarishi mumkin. Chang zarralarining adsorbsion xususiyatlari ba’zida ta’sirlash xususiyatiga ega bo‘lgan zaharli gazsimon moddalarning chang bilan kirishiga sabab bo‘ladi. Havo muhitining changli bo‘lishi, uni mikrob va bakteriyalar bilan ko‘p urug‘lanishiga sabab bo‘ladi.

Tabiiy changlar sirasiga tabiatda inson ta’sirisiz xosil bo‘ladigan changlar kiritiladi. Bunday changlar shamol va qattiq bo‘ronlar ta’sirida qum va tuproqning erroziyalangan qatlamlarining uchishi, o‘simlik va xayvonot dunyosida paydo bo‘ladigan changlar va boshqa xollarda xosil bo‘ladigan changlarni kiritish mumkin. Tabiiy changlarning atmosfera muxitidagi miqdori tabiiy sharoitga xavoning xolatiga yilning fasllariga va aniqlanayotgan zonaning kaysi mintaqaga joylashganligigabog‘liq.

Sun’iy changlar sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonningbevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida xosil bo‘ladigan changlarkiradi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra changlar organik (o‘simlik, yog‘och, torf, ko‘mir, plastmassa) va noorganik changlarga (kvars, asbest, oxak va turli mineral moddalar changlari) bo‘linadi. CHanglarning kimyoviy tarkibi va eruvchanligi, changlarning katta-kichikligi (dispersligi), zarrachalarning shakli, ularning qattiqligi tuzilishi (kristall, amorf), elektr zaryadlanish xossalari organizmga ta’sir qilishida ahamiyatga molikdir.

Changning zararli tasirining xarakteri asosan uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. CHangning asosiy salbiy ta’siri eng avvalo nafas olganda yuzaga keladi, ya’ni o‘pkada biriktiruvchi to‘qimalarda fibrozli o‘zgarishlar vujudga keltiradi. Zaxarli changlar (uran, berilliy, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin, sink, simob, margimush va b) yuqori nafas yo‘llarini shikastlashi bilan birga, organizm umumiy zaxarlanishga olib keladi. Oltingugurt o‘pkalarda kumulyasiya xossasiga ega bo‘lib, natijada saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Anilin bo‘yoqlari changlari quyosh nurlari ta’sirida dermatitlar keltirib chiqarishi mumkin. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollar bo‘lishi va xavodagi gazlar ta’siri changning organizmga zararli ta’sirini yanada kuchaytiradi.

Kremniy (II) oksid (ayniqsa uning kristall turi, ya’ni kvars changi), silikatlar (kremniy kislotasining turlari), ko‘mir, ba’zi bir metallar (alyuminiy va boshqalar)ning changlari hamda xar xil changlar aralashmasi kimyoviy tarkibiga ko‘ra xavfli bo‘ladi. Changning zararli ta’siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi kasb kasalligiga olib keladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarga ajralgan kasalliklarni keltirib chikaradi. Bundan xalloslash, yo‘tal ko‘krakda og‘riq xosil bo‘lishidan xosil bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi chang faqat pnevmokoniozning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmay, balki nafas yo‘lari, teri va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Bularga teri hujayralarining ko‘chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitlar kiradi.

2. Changlar kattaligi, ya’ni dispersligiga ko‘ra uch guruxga bo‘linadi:

1. Kattaligi 10 mkm.dan katta bo‘lgan yirik changlar odatda bunday changlar o‘z gravitatsion og‘irligi tasirida erga qo‘nadi.

2. Kattaligi 10 mkm.dan 0,25 mkm.gacha bo‘lgan changlar. Bu changlar mayda yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi. Bunday changlar juda sekinlik bilan qo‘nadi.

3. Kattaligi 0,25 mkm.dan kichik bo‘lgan changlar bunday changlar ultramikroskopik changlar deb yuritiladi va bu changlar Broun xarakati qoidalariga bo‘ysungan xolda uchib yuradi, uzok muddatda bir-biriga qo‘shilishi natijasida massasi og‘irlashib qo‘nishi mumkin.



Changli havo bilan nafas olganda ancha yirik chang zarralari yuqori nafas yo‘larida ushlanib qoladi, asosan 5 mkm va undan kichik bo‘lgan chang zarralari nafas yo‘larining chuqur bo‘limlariga tushadi. Organizmda ushlanib qolgan changlar miqdori chuqur nafas olganda, masalan, og‘ir ish qilganda, shuningdek, havodagi chang miqdori ortib ketganda ko‘payadi.

3. Ishlab chiqarishda chang qattiq moddalarni maydalashda, saralashda, sochiluvchan moddalarni aralash-tirishda, transportirovka qilishda hosil bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi chang havo va asbob-uskunalarni iflos qilib statistik zararlarni hosil bo‘lishiga va elektr simlarni qisqa tutashuviga olib keladi.

TEST

1.B

2.A

3.B

4.A

5.A
Download 44.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling