Mashina startyorlarining tuzilishi, ishlashi va elektromexanik tavsifnomasi Reja


Download 22.01 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi22.01 Kb.
#1508613
  1   2
Bog'liq
Mashina startyorlarining tuzilishi, ishlashi va elektromexanik tavsifnomasi


Mashina startyorlarining tuzilishi, ishlashi va elektromexanik tavsifnomasi
Reja:
1. St 130-A3 belgili startyor
2. Startyor yakori ariqchalari
3. Startyorning kollektorlari
Avtomobil elektrostartyorlarining uyg'otish va boshqarish usulini, yuritma mexanizmining tun va atrof-muhit ta'siridan himoya qilinganlik darajasi bo'yicha tasniflash mumkin. Startyorlarda uyg'otish uslubiga qarab ketma-ket va aralash uyg'otish tizimli elektrodvigatellar qo'llaniladi. Dvigatelni ishga tushirishda muhim
ahamiyatga ega bo'lgan tortish xususiyatlari ustunligi tufayli ketma-ket uyg'otish tizimli elektrodvigatellar ancha keng tatbiq topgan. Startyorsalt ishlaganda, uning yakori aylanish chastotasini cheklash maqsadida, ba'zan aralash uyg'otish tizimli elektrodvigatellar ham ishlatiladi (masalan, CT.221, 26.3708 belgili startyorlarda). Oxirgi vaqtda ba'zi startyorlarda doimiy magnit yordamida uyg'otiladigan elektro dvigatellar ham ishlatilmoqda. Bu elektro dvigatellaning tuzilishi sodda, uyg'otish chulg'ami bo'lmaganligi tufayli elektro-energiyani nisbatan kam iste'rnol qiladi. Ammo, bu elektro dvigatellar va ichki yonuv dvigatellaning mexanik tavsifnomalari bir-biriga yaxshi mos tushmaydi. Shu sababli, doimiy magnitli elektrodvigatellar kam quvvatli startyorlarda qo'llaniladi.
Barcha turdagi startyorlarning elektrodvigatellari deyarli bir xil tuzilgan bo'lsa, ulardagi yuritma mexanizmlari tuzilish va ishlash bo 'yicha bir-biridan ko'p jihatdan farq qilishi mumkin.
Yuritma mexanizmlarning turi va ishlash prinsipi bo'yichaquyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- yuritma shesternyasini mexanik yoki elektromexanik usulda majburiy ravishda
harakatlantirish;
- shesternyani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxovikning tishli gardishiga ilashtirish va dvigatel ishga tushgandan keyin shesternyani avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish;
-shesternyani inersiya kuchi ta'sirida harakatlantirish;
- shesternyani elektromagnit kuchlar ta'sirida, ya'ni elektrodvigatel yakorining harakatlanishi hisobiga ilashuvga laritish.
Hamdo'stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda, asosan, yuritma shesternyasini elektromexanik usulda majburiy harakatlantirish hisobiga ilashuvga laritish prinsipida ishlaydigan startyorlar qo'llanilgan (2.5-rasm). Bu turdagi startyorlarda dvigatel ishga tushgandan keyin teskari burovchi moment ta'sirida yakor o'zaklari va chulg'amlari sochilib ketmasligi uchun erkin yurish muftasi o’rnatiladi.
Erkin yurish muftasi burovchi momentni bir tomonlama, ya'ni startyor yakoridan shesternya va u orqali dvigatel maxovigiga uzatadi. Dvigatel ishga tushib, shesternya maxovik tomonidan aylantirilganda, erkin yurish muftasi sirg'aladi va teskari. tomonga, ya'ni shesternyadan yakor valiga harakatni uzatmaydi.
Startyorlarning quvvati ortishi bilan erkin yurish muftalarining ishonchlilik darajasi kamayadi. Shuning uchun, quvvati katta bo'lgan va asosan dizel dvigatellariga o'rnatiladigan startyorlarda shesternyani ilashtirish majburiy, dvigatel ishga tushgandan keyin ilashishdan chiqarish avtomatik ravishda amalga oshriladigan yuritma mexanizmlari qo'llaniladi.
Shesternyasi inersiya kuchlari ta'sirida ilashuvga laradigan va undan chiqadigan yuritma mexanizmlar tuzilishi soddaligi, o'lchamlari


Download 22.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling