Matematik tizimlar


Download 16.03 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi16.03 Kb.
#237345
Bog'liq
Fan haqida malumot


O’QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI O’RNI

“Matematik tizimlar” fanini o`qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo`llanilishi nazarda tutilgan.

“Matematik tizimlar” fanining predmeti, rivojlanish tarixi va amaliy ahamiyati, matematik modellar haqida umumiy tushuncha bo`limiga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsiyali va elektron-didaktik texnologiyalardan;

Matematik modellarni tuzish va ularga aniqlik kiritish, oddiy chiziqli differentsial tenglamalar bilan ifodalanadigan matematik modellarga mos masalalarni yechish mavzularida, amaliy mashg`ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalaridan;

MathCad, Maple, MatLab matematik paketlarini o`rganish, ularda turli masalalarni yechish bo`yicha mashg`ulotlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutiladi.

Fanni o’qitishdan maqsad: talabalarga matematik analiz, algebra, differensial tenglamalar, matematik fizika tenglamalari, hisoblash usullari, matematik modellashtirish masalalarini kompyuter yordamida yechishni urgatishdan iborat.

Fanni o’qitishning vazifasi — olingan nazariy bilimlar yordamida muayyan masalalarni yechishga o’rgatishdan iborat.

Fanni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

- olingan bilim va ko’nikmalar natijasida mutaxassislik soxasiga tegishli masalalarni yechishda MathCAD va Maple kabi matematik paketlardan foydalanish bo’yicha tegishli bilimlarga ega bulishlari kerak.



- yangi informatsion texnologiyalarga suyangan holda zamonaviy dasturiy ta’minotdan samarali foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

- kompyuter tarmoqlaridan jumladan, internet muhitidan foydalanish, Windowsning multimedia imkoniyatlaridan xabardor bo’lish, kompyuter grafikasi va ma’lumotlarni kompyuterga kiritishning avtomatik vositalari, tabiatdagi jarayonlarning matematik modellari va ularni matematik paketlar yordamida yechish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Download 16.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling