Mavzu: internet va uning tarixchi uchun imkoniyatlari. Tarixiy tadqiqotlarda qidiruv tizimidan foydalanish


Download 111.77 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi111.77 Kb.
#1509963
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Raqamli tarix


MAVZU: INTERNET VA UNING TARIXCHI UCHUN IMKONIYATLARI. TARIXIY TADQIQOTLARDA QIDIRUV TIZIMIDAN FOYDALANISH.


REJA:

  1. Internet vujudga kelishi va shakllanishi. Internet ma’lumotlaridan ilmiy tadqiqotda foydalanish muammolari.

  2. Internet ma’lumotlarining bibliografik tavsifi. Tarixchi mutaxassislar uchun internet axborot resurslari.

  3. Global tarmoq imkoniyatlari. Kutubxona kataloglari bilan ishlash. Elektron pochta. Web-sayt. Gipermatn.

  4. Qidiruv tizimlari. Google, Yandex, Rambler, Yahoo. Elektron lug’atlar, tarjimonlar va ensiklopediyalar va ularning tarixchi uchun ahamiyatli jihatlari.


Internet – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
Internet [lot. inter – aro va net (work) – tarmoq] – katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi XX asrning 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi.
XX asrning 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.
XX asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.
Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. XX asrning 70-yillari oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: hukumat, universitetlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).
XX asrning 80-yillarida Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi"oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Macalan, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. XX asrning 80-yillari oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoqlariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. XX asrning 90-yillarida Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha stan 1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. Hozirda internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.
Internet – bu jahon kompyuter tarmoqlari majmuidir. Internet ko‘pgina imkoniyatlarga ega. Internet imkoniyatlari bilan to`laroq tanishish maqsadida uning tarixiga sayohat qilamiz.
1960 – yillari Karib mojarosidan so`ng, AQSHning ilmiy markazlaridan biri bo`lgan RAND CORPORATION korxonasi, birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmagan kompyuter tarmog`ini yaratishni taklif qildi. Bu loyihani amalga oshirishdan maqsad harbiy muassasalar, ilmiy va o`quv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli hujumida ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan chiqqan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan sistemani yaratish edi. Bunday sistemani tarmoqlar soni ko`p bo`lgandagina amalga oshirsa bo`lar edi. Shunday qilib, Internet asos solindi.
1964 – yili 4 tarmoqdan iborat AQSHning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan ARPANET tarmog`i yaratildi. Boshida olimlarnnig tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylandi. Ammo shunday tarmoq yaratishning o`zi katta muvaffiqiyat edi. XX asrning 70 – yillarida tarmoq ancha o`sdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xoxlagan kompyuterni ulash imkoniyatini beradi. Keyinchalik 1974 – yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP / IP protokoli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga turtki bo`ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo`ldi. 1983 – yilda ARPANET INTERNET deb atala boshlandi va u juda kuchli, bir - biri bilan bog`langan kompyuterlar va tarmoqlar to`plamidan iborat sistemaga aylandi. 1980 – yillar INTERNET ning keskin o‘sish davri bo`ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog`i bilan bog`lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog`iga ulanishga rozi bo`lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning qo`shilishi hisobiga bo`ldi:
• EUNet - Evropadagi UNIX mashinalari tarmog`i (1982 yil)
• EARN - O`quv va ilmiy - tekshirish muassasalarining tarmog`i (1983 yil)
• JUNET - Yaponiyadagi UNIX mashinalarining tarmog`i (1984 yil)
• JANET - Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog`i (1984 yil)
1980-yillar davomida AQSH ning eng tanilgan korxonalari NSFNET Prinston, Pittsburg, Kaliforniyaning Santa – Barbara universiteti va Kornell universitetida beshta superkompyuter markazlarini tashkil etishdi. Bu besh markazni AQSHda "Internet Backbone" (Internet asosi) deb atashadi. NSFNET 56 kbayt/s oshishiga sababchi bo`ldi. 1987 - yili Internetga ulangan kompyuterlar soni 10000 ta bo`lsa, 1989 - yili 100000 taga etdi.
XX asrning 90-yillari Internetda xizmat tarmoqlari tashkil qilingan davr bo`ldi. 1990-yili Bill Xilan, Elan Emtij va Piter Deych Archie programmasini ishlab chiqishdi. 1991 - yili NSFNET tarmog`i takomillashtirildi va uzatish tezligi 44.736 mbayt/s ga etdi. Shu yili Bryuster Kaale WAIS programmasini tuzdi, Minnesota unversitetida Pol Lindner va Mark Mak – Kayl tomonidan Gopher –programmasi tuzildi. Bu voqealardan keyin 1992-yili Nevada shtati universitetida yaratilgan Veronica sistemasi ishga tushirildi. Shu sababli 1992-yili tarmoqdagi kompyuterlar soni milliondan oshib ketdi.
Internetning 1990-yillardagi rivojlanishiga asosiy World Wide Webning (Butun Dunyo Tarmoqg`i) tuzlishi bo`ldi. 1990-yil noyabrdaYevropa atomni tekshirish markazi (CERN) xodimi Tim Berns - Li WWW tarmog`ining birinchi nusxasini yaratdi, lekin u 1992-yilgacha ishga tushirilmadi. 1993-fevralida NCSA (Nationol Center for Supercomputer Applications, Super kompyuterli Xisoblash Markazi) Mosaic programmasining alfa – versiyani tuzdi. 1993-yil sentyabrida birinchi ishlovchi Mosaic versiyasi ishlab chiqildi va axborot oqimi WWW bo`yicha 1% ni tashkil qildi. 1993-yil oktiyabrida 200 ta WWW – server ishga tushirildi. Keyingi yillar Internet va WWW ning rivojlanishi yanada tezroq suratda bo`ldi. WWW serveri va tarmoqdagi kompyuterlarning aksariyati AQSHda joylashgan.
ILK E-MAIL HAQIDA………
1844-yil 24-may sanasida Semuel Morze ilk telegrammani yuborishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda aynan shu kuni u tarixda muhrlanib qoladigan ishga qo‘l urayotganini bilardi.
Shuning uchun Morze kodi bilan uzatilgan ilk xabar juda ham havoyi “WHAT HATH GOD WROUGHT” ya’ni “XUDONI LARZAGA KELTIRUVCHI” iborasidan iborat edi. Birinchi elektron maktub muallifi Rey Tomlinson ilk e-mailni 1971-yil yuborgan. -@- belgisini ham birinchi marta Rey Tomlinson qo‘llagan.
Internet standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir.
Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan.
Texnik masalalar esa «Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi.
Internet tarmog’idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan biror ma'lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Internet - bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to'liq axborot olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi. Internet tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan veb-saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi. Axborotlarni qidirish. Internet tarmog’i shunday bir muhitki u o‘zida turli ko‘rinishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo‘ladi.
Internet tarmog’ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o‘zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan so‘rovlardan foydalanadi. Ya'ni ma'lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so‘zlar va jumlalar bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma'lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng qidiruv tizimi foydalanuvchiga o‘zi tomonidan kiritilgan so‘z yoki jumlaga mos keluvchi ma'lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning ro‘yxatini hosil qiladi. Va nihoyat ro‘yxatdagi ma'lumotlarni ketma-ket ko‘rib chiqilib kerakli bo‘lganlari kompyuterga saqlab olinadi.
Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish. Ko‘rib o‘tilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog’i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin, lekin Internet tarmog’ida ma'lumotlar shunchalik ko‘pki, ta'kidlab o‘tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:

  • ma'lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo‘yicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni xavfsiz qidiruv.


Download 111.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling