Matematika 1-kurs 222-guruh talabasi Nurqob


Download 4.79 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi4.79 Kb.
#1611349
Bog'liq
16-17-20-mavz Qurbonov Elbekning Dasturlash asoslari fanidan tuzgan slaydi 16

Qurbonov Elbekning Dasturlash asoslari fanidan tuzgan slaydi Mavzu;16;17;20

Mavzu: Strukturalar Reja:   1. Strukturalar haqida. 2. Strukturalar va massivlar. 3. Birlashmalar.

O‘zgaruvchilarning qo‘shimcha turlari. Struktura bu turli tipdagi ma’lumotlarning birlashtirilgan tipdir. Struktura har xil tipdagi elementlar-komponentalardan iborat bo‘ladi. Strukturalar quyidagicha ta’riflanishi mumkin: struct struturali_tip_nomi {Elementlar_ta’riflari} Masalan: struct Date { int year; char month, day; }; Dasturda tuzilma turidagi o‘zgaruvchi quyidagi shaklda kiritiladi: Tuzilma_nomi identifikatorlarning_ro‘yxati;

Masalan: Date s1, s2; Misol uchun: struct complex { double real; double imag; } Bu misolda kompleks sonni tasvirlovchi strukturali tip complex kiritilgan bo‘lib, kompleks son xaqiqiy qismini tasvirlovchi real va mavxum qismini tasvirlovchi imag komponentalaridan iboratdir. Konkret strukturalar bu holda quyidagicha tasvirlanadi: complex sigma,alfa;

Quyidagi misolda kasr sonni tasvirlovchi numerator –sur’at va denominator-maxraj komponentalaridan iborat struktura ta’rifi keltirilgan. struct fraction; { int numerator; int denominator; } Bu holda konkret strukturalar quyidagicha tasvirlanishi mumkin: fraction beta; Strukturalar ta’riflanganda konkret strukturalar ro‘yxatini kiritish mumkin: struct struturali_tip_nomi {Elementlar_ta’riflari} Konkret_strukturalar_ro‘yxati.

Misol: struct student { char name[15]; char surname[20]; int year; } student_1, student_2, student_3; Bu holda student strukturali tip bilan birga uchta konkret struktura kiritiladi. Bu strukturalar student ismi (name[15]), familiyasi (surname[20]), tugilgan yilidan (year) iborat. Strukturali tip ta’riflanganda tip nomi ko‘rsatilmay, konkret stьrukturalar ro‘yxati ko‘rsatilishi mumkin: struct {Elementlar_ta’riflari} Konkret_strukturalar_ro‘yxati.

Quyidagi ta’rif yordamida uchta konkret struktura kiritiladi, lekin strukturali tip kiritilmaydi. struct { char processor [10]; int frequency; int memory; int disk; } IBM_486, IBM_386, Compaq; Strukturalarga murojaat. Konkret strukturalar ta’riflanganda massivlar kabi initsializatsiya kilinishi mumkin. Masalan complex sigma ={1.3;12.6}; goods coats={"pidjak",40000,7.5,220, "12.01.97"); Bir xil tipdagi strukturalarga qiymat berish amalini qo‘llash mumkin: Complex alfa; alfa=sigma; Lekin strukturalar uchun solishtirish amallari aniklanmagan. Strukturalar elementlariga quyidagicha murojaat kilish mumkin: Struktura nomi.element_nomi. 'Nuqta amali' struktura elementiga murojaat kilish amali deyiladi. Bu amal qavs amallari bilan birga eng yuqori ustivorlikka egadir

Misol: Complex alfa={1.2,-4.5},betta={5.6,-7.8),sigma; Sigma.real=alfa.real+betta.real; Sigma.imag=alfa.imag+betta.imag; Konkret strukturalar elementlari dasturda aloxida kiritilishi va chiqarilishi zarurdir. Massivlar strukturalar elementlari sifatida. Massivlarni strukturalar elementi sifatida ishlatilishi xech kanday kiyinchilik tug‘dirmaydi. Biz yuqorida simvolli massivlardan foydalanishni ko‘rdik. Strukturalar massivlari. Strukturalar massivlari oddiy masivlar kabi tasvirlanadi. YUqorida kiritilgan strukturali tiplar asosida quyidagi strukturalar massivlarini kiritish mumkin: Struct goods list[100]; complex set [80];


Download 4.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling