Materialshunoslik va konstruksion materiallar
Download 23.82 Kb.
|
1 mavzu sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar.
1-Ma’ruza. “Materialshunoslik va konstruksion materiallar” fanining predmeti va vazifalari, rivojlanishi va texnologik taraqqiyotdagi o’rni. Fanning mazmuni va uni boshqa fanlar bilan bog’liqligi 2. Fanning vazifalari. konstruksion materiallar texnologiyasi fanining tutgan o’rni. Tayanch so’z va iboralar. Temir rudasi, elektr o’tkazuvchanlik, qotishmalar, cho’yan, po’lat, ferroqotishmalar,bronza. Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiyotda ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlarini bosqichma-bosqich amalga oshirilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash va iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. Barpo etilayotgan ishlab chiqarish korxonalari hozirgi zamon talablariga javob beruvchi, yuqori unumdorlikka ega, kompiyuter texnologiyalari yuqori darajada tadbiq etilgan to‘qimachilik texnologik mashinalari va jihozlar bilan jihozlanishi zarurligini qat’iy ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq. Bunday vazifalarni ishlab chiqarish sohasidagi yuqori malakali muhandis - mutaxassislar hal etishlari kerak bo‘ladi. Bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida” Prezident SH.M.Mirziyoyev farmoni qabul qilingan va uni uchinchi yo‘nalishdagi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan. Unga ko‘ra 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 millard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyixasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. Bu investitsiyalarni salmoqli ulushi sanoatni yanada rivojlantirishga va ilg’or mashinasozlik sanoatiga ega bo’lishdir. Sanoat va xalq xo’jaligini rivojlanishini hamda ularni yangi Техника bilan muntazam ta’minlash darajasi bevosita mashinasozlik rivojlanishini darajasiga bog’liqdir. Hozirgi vaqtda, zamonaviy yuqori unumdorli dastgohlar, asboblar, texnologik jihozlar, mexanizasiyalash va avtomatlashtirish vositalarini qo’llagan holda mahsulot tayyorlash muhimdir. Ular turli sharoitda ishlaydi. Shu sababdan ularni loyihalashda texnik iqtisodiy va ekspluatasion talablarni hisobga olgan holda materiallarni tanlash mexaniklar esa ularni tayyorlash usullarini samarali tanlash lozim. Shundagina talab etilga talablarga javob beradigan sifatli, puxta, belgilangan muddatda, sharoitda ishlaydigan mashina, dastgox, asbob va jihozlarga ega bo’lish mumkin. “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fani talabalarda mashinasozlik materialshunosligi, metallurgiya; rudalar haqida ma’lumotlar, metallarni olinish usullari, po’latlarni olinishi, ishlatilishi va markalanishi haqida xulosa chiqarish; metallarni strukturalarini tekshirish usullaridan foydalanish; po’lat olinadigan pechlarni ishlash to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lishi, po’latlarni tanlash; va pirovardida, detalni tayyorlash va nazorat qilish usullari va vositalarini; detalni olinish usullaridan optimal variantini tanlashi; metallarga termik ishlov berish usullarini tanlash va amalda bajarish, detallarni shakli va materialidan kelib chiqqan holda ularni tayyorlasg usullarini tanlashni va amalda qullashni, detallarni kesib tayyorlashni, quymakorlik usullaridan foydalangan holda tayyorlashni, detallarni bosim ostida tayyorlashni; po’latlardan tayyorlanadigan detallarni va chuyandan tayyorlanadigan letallarni ajrata olichi, materiyallarni payvandlash usullarini to’g’ri tanlashni bilishlari va ajrata olish bo‘yicha ko‘nikmasini shakllantiradi. Shunga ko‘ra, fan ishlab chiqarishda tarmoq texnologik mashinalari va jihozlarini ishlab chiqarish va foydalanish korxonalarida qo‘llaniladigan mashinasozlik maxsulotlarini ishlab chiqarish va uning sifatini ta’minlashdagi axamiyati sababli ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi. Mazkur fan boshqa matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashinasozlik texnologiyasi, mashina detallari; mashina va mexanizmlar nazariyasi) ixtisoslik (tarmoq mashinalarini ta’mirlash, mashinasozlik texnologiyasi va loyihalash asoslari va h.k.) fanlari bilan mustahkam bog‘liqdir. Download 23.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling