Matnli axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi


Download 135.28 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi135.28 Kb.
#1228335
  1   2   3
Bog'liq
MT ma\'ruza2

MATNLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

O’qituvchi: Rasuleva R

Reja:

  • Zamonaviy matn muharrirrlari.
  • Matn muharrirlari funksiyalari.
  • Maxsus tahrirlovchilarning vazifalari

ZAMONAVIY MATN MUHARRIRRLARI

  • Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma`lumotlarni qayta ishlash, audio ma`lumotlarni qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar misol bo`la oladi.
  • Kompyuter tizimi bilan o’zaro muloqotda bo’lish, ko’nikmalarni hosil qilishda va amaliy dasturiy ta'minot bilan ishlashda, ishni odatda matn redaktorlaridan boshlanadi
  • Matn kiritish dasturlar.
  • Matn kirituvchi dasturlar qisqa hajmdagi matnlarni va ko`p sahifali matnli ma`lumotlarni kiritish uchun mo`ljallangan. Bu dasturlarning mavjudligi shu yo`nalishda ishlaydigan mutaxassislar uchun qulay va ularning ish samaradorligini, hamda uning sifatini oshiradi. Aniqrog`i bir marotaba kiritilgan ma`lumotni kompyuterning xotirasida uzoq muddatda saqlashi, o`zgartirish kiritishi, nusxa olishi va istalgan nusxada chop etib olishi mumkin.

Matnli muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • matnni faylga yozish;
  • qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, qatorlar, matn parchalarini almashtirish;
  • orfografiyani tekshirish;
  • matnni turli shriftlarda bezash;
  • matnni tekislash;
  • boblarni tayyorlash, matnlarni sahifalarga bo’lib tashlash;
  • so’z va jumlalarni izlash va almashtirish; matnga sodda bezaklar kiritish;
  • matnni terib tayyorlash.

Kompyuterda turli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini tayyorlash, tahrir qilish va ularni sahifalashga xizmat qiluvchi vositalar bo’lib, imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • - oddiy matnli ma’lumotlarni, turli formulalarni yozish, tahrir qilish va bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga LUX, Leksikon, PE2, Chiwriter, WD, Multi-Edit kabi dasturlar misol bo’laoladi;
  • - yuqori sifatli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini (reklama varaqalari, blankalar, vizit kartochkalari va h.k.) tayyorlash va ularni bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga WinWord, Word Perfect, Word Star, XYWrite, AmiPro kabi dasturlar misol bo’laoladi;
  • - murakkab nashriyot mahsulotlarini sifatli tayyorlash va ularni sahifalash imkonini beruvchi vositalar. Bularga Corel Wentura, Page Maker, Ventura Publisher, Quark Xpress kabi dasturlar misol bo’la oladi.

Download 135.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling