Mavzu : Minoga va Miksinaning tuzilishi. To'garak og'izlilarning amaliy ahamiyati
Download 40 Kb.
|
Mino Miksina Mullayeva
Mavzu : Minoga va Miksinaning tuzilishi. To'garak og'izlilarning amaliy ahamiyati. Ilgari to’garak og’izlilar sinfiga mansub bo’lgan minoga va miksinalar turkumi, ayni vaqtda alohida sinf hisoblanadi va ushbu ikki sinf to’garak og’izlilar katta sinfiga birlashadi. Minogalar (Petromyzoniformes) — toʻgarak ogizlilar sinfiga mansub umurtqali hayvonlar turkumi (boshqa sistemaga koʻra, kenja sinfi). Gavdasining uz. 15—100 sm, vazni 3 kg gacha, skeleti togʻaydan iborat. Burun teshigi bitta, boshining yuqori qismida joylashgan, halqumi bilan tutashmagan. Orka suzgichlari 1 yoki 2 ta. Jabra teshiklari tanasi ikki yonida 7 tadan joylashgan. Voronkasimon ogʻzini teri disk oʻrab turadi. Koʻzi rivojlangan. Qon aylanish sistemasi tutash. Yuragi 2 kamerali. 1 oila, 7 urugʻ, 20 dan ortiq turi moʻʼtadil iqlim suvlarida tarqalgan. Chuchuk suvlarda va dengizlarda yashaydi. Suv tubidagi in (chuqurcha)ga 800 tadan 200 mingtagacha tuxum qoʻyib, haloq boʻladi. Lichinkasi 3—4 yil daryoda yashaydi. Oʻtkinchi turlari koʻpayish davrida daryolarga koʻtariladi va 5—6 yil hayot kechiradi. Koʻpchilik turlari yirik baliklar (jumladan, losossimonlar)ning ektoparaziti. Tili va ogʻizoldi diskidagi muguz tishchalari yordamida baliq tanasiga yopishib olib, uning qonini soʻradi; muskullari va ichki organlarini yeydi. M. goʻshti isteʼmol qilinadi. Boltiq dengizi havzasida dengiz minogasi va dare minogasi, Kaspiy dengizi havzasida Kaspiy minogasi; Oq dengiz, Barens dengizi, Oxota, Yapon dengizlari havzalarida tinch okean minogasi tarqalgan. Balikchilikka ziyon keltiradi. Oziq-ovqat sifatida katta ahamiyatga ega emas. Oz miqdorda ovlanadi. Miksinalar (Myxiniformes, Myxini) — umurtqali hayvonlar turkumi (boshqa sistemaga koʻra kenja sinfi). Gavdasining uz. 45—70 sm dan 1 m gacha. Burun teshigi boshi orqasida halqum bilan tutashgan. Ogʻzi va burun teshiklari 6—8 ta muskulli moʻylovlar bilan oʻralgan. Orqa suzgichlari boʻlmaydi. Jabra teshiklari 1 — 15 ta.Qon aylanish sistemasi ochiq: bitta asosiy va 3 ta qoʻshimcha yuragi bor. Koʻzi teri bilan toʻsilgan. 20—30 ta yirik tuxumlarini suv ostidagi narsalarga qoʻyadi. Oʻzgarishsiz rivojlanadi. Tutib olingan M. terisidan koʻp miqdorda shilimshiq modda ishlab chiqarish tufayli qoʻldan osonlik bilan chiqib ketadi. M.ning 1 oilaga va 4 urugʻga mansub 20 turi maʼlum. Subtropik va moʻʼtadil suvli dengizlarda tarqalgan. Yevropa miksinasi Barens dengizida uchraydi. Barcha turlari yirtqich, tirik va oʻlik balikdar hamda ular tuxumlari bilan oziqlanadi. Parmaga oʻxshash tilini baliq tanasiga botirib, uning muskullari va ichki organlarini yeydi. Ayrim hududlarda baliqchilikka jiddiy ziyon keltiradi. Ular ozig‘i, asosan baliqlar hisoblanadi. Bdellostomalar Hind va Tinch okeanlarida tarqalgan, baliqchilik xo‘jaligiga katta ziyon yetkazadi. Miksinalar, ayniqsa, to‘rga tushgan baliqlarni yeb baliq oviga katta zarar yetkazadi. Bitta treska balig'ining ichida 123 ta miksinalar parazitlik qilishligi fanga ma’lum. Miksinalarning sanoatda deyarli ahamiyati yo‘q. Ayrim turlari inson tomonidan iste’mol qilinadi. Ammo miksinalar to'rga tushgan baliqlarda parazitlik qilib katta zarar yetkazadi. Ular dengizlarda 20 m dan 500 m gacha, ba’zilari hatto 1000 m gacha bo'lgan chuqurliklarda yashaydi. Minogalar sinfiga ayni vaqtda 18 tur kiradi. Ularning deyarli barchasi ayrim jinsli hayvonlar bo’lib, baliqlarning ektoparaziti hisoblanadi. Ayrimlari ko’payish davridan so’ng halok bo’ladi. Nelson ma’lumotiga ko’ra (2016) ayni vaqtda Miksinalar sinfiga 78 tur kiradi. Vakillari dunyo okeanining tropik va subtropik qismida yashaydi. Miksinlarning ko’payishiga oid ma’lumotlar juda kam. Ayrim jinsli turlarida erkak va urg’ochi individlar nisbati 1:100 ga to’g’ri keladi. Ularda bir xilda tuxumdon va urug’don bo’ladi. Lekin bir vaqtda ulardan faqat bittasi ishlaydi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: organizmdagi tuxumdonlar miksina ma’lum bir yoshga yetguncha yoki alohida bir yashash muhitiga tushib qolmaguncha ishlamaydi. Bu xuddi erkak individ qaysidir yoshga borgach yoki bir suv havzasidan boshqasiga o’tgach urg’ochi individga aylanib qolganga o’xshaydi, lekin aslida vaqt o’tib yoki yangi muhit ta’sirida tuxumdonlar ishga tushgan bo’ladi. Agar ushbu ikki omil birga kuzatilsa miksinadagi biz tilga holat yaqqol namoyon bo’ladi va u uzoq vaqt saqlanib qoladi. Urug’lanish tashqi bo’lib, minogalardan farqli ravishda urug’lanishdan keyin miksinalar halok bo’lmaydi. Ba’zi turlari germofradit hisoblanadi. Ularda bir xilda tuxumdon va urug’don bo’ladi. Lekin bir vaqtda ulardan faqat bittasi ishlaydi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: organizmdagi tuxumdonlar miksina ma’lum bir yoshga yetguncha yoki alohida bir yashash muhitiga tushib qolmaguncha ishlamaydi. Toʻgarak ogʻizlilar (Cyclostomata) — jagʻsizlar katta sinfi ga mansub suvda yashovchi tuban umurtqali hayvonlar sinfi. Ilonbaliqqa oʻxshash tanasi shilimshiq ajratuvchi hujayralarga boy qalin teri bilan qoplangan. Skeleti togʻaydan iborat. Juft suzgich qanotlari yoʻq. Jabra orqali nafas oladi. Voronkasimon ogʻzini (nomi shundan) halqa togʻay tutib turadi; tishi muguzdan iborat; tili parmalovchi. Hid bilish organi xaltasimon. Bosh miyasi barcha umurtqalilarga oʻxshash boʻlimlardan iborat. Ayirish organlari — mezonefros buyraklar. Jinsiy bezlari toq, maxsus yoʻli boʻlmaydi. Tuxumlari suvda urugʻlanadi. Toʻgarak ogʻizlilar — baliqlar yirtqichi yoki ektoparaziti. Toʻgarak ogʻizlilar baliqlar va ularndan yaralgan toʻrtoyoqlilardan farqi: -koʻlami yoʻq; -juft oyoqlarga ega emas; -soʻrgʻich strukturasi va epidermal tishlarga ega, ovalsimon yoki aylana ogʻiz. Download 40 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling