Mavzu : termodinamika qonunlari


Download 31.51 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi31.51 Kb.
#1557497
  1   2   3
Bog'liq
M.I


MAVZU : TERMODINAMIKA QONUNLARI
Termodinamikaning birinchi qonuni
Termodinamikaning birinchi qonuni juda keng oʻylaydi: u koinotdagi umumiy energiya miqdorini hisobga oladi, xususan, bu umumiy miqdor oʻzgarmasligini aytadi. Boshqacha qilib aytganda, termodinamikaning birinchi qonuniga koʻra, energiyani yaratib ham, yoʻq qilib ham boʻlmaydi. U faqat shaklini oʻzgartirishi yoki bir jismdan boshqasiga oʻtishi mumkin.
Bu qonun mavhum boʻlib koʻrinishi mumkin, ammo biz yon-atrofimizdagi misollarga qarasak, atrofimizda doimiy energiya uzatilishi va energiyaning oʻzgarishi sodir boʻlayotganligiga guvoh boʻlamiz. Misol uchun:

  • Elektr chirogʻi elektr energiyasini yorugʻlik energiyasiga aylantiradi (nurlanish energiyasi).

  • Bir bilyard toʻpi ikkinchisiga urilganda, kinetik energiya uzatadi va ikkinchi toʻpni harakatlantiradi.

  • Oʻsimliklar quyosh nuri energiyasini organik molekulalarda saqlanadigan kimyoviy energiyaga aylantiradi.

  • Yurganingizda, nafas olganingizda yoki ushbu sahifani yuqoridan pastga tushirish uchun barmogʻingiz harakatidan foydalanganingizda, oxirgi tanovulingizdan olgan kimyoviy energiyani kinetik energiyaga aylantirasiz.

Muhimi, ushbu energiya uzatishlarning hech qaysisi mutlaqo samarasiz ketmaydi. Har bir jarayonda boshlangʻich energiyaning baʼzi qismi issiqlik energiyasi sifatida chiqariladi. Boshlangʻich energiyaning bir jismdan ikkinchisiga harakatlanishi natijasida chiqadigan energiya issiqlik energiyasi deb ataladi. Elektr chiroqlari yorugʻlik bilan birgalikda issiqlik ham hosil qiladi, bilyard koptogida esa ishqalanish tufayli issiqlik hosil boʻladi, oʻsimlik va hayvonlardagi kimyoviy energiya almashinuvida ham shunday. Bunday issiqlik hosil boʻlishining nima uchun muhim ekanligini bizga termodinamikaning ikkinchi qonuni tushuntirib beradi

Termodinamikaning ikkinchi qonuni


Bir qarashda termodinamikaning birinchi qonuni ajoyib yangilikdek koʻrinishi mumkin. Agar energiya hech qachon yaratilmasa yoki yoʻq boʻlmasa, demak, energiya qayta va qayta ishlanadi, shunday emasmi?
Xoʻsh... javob ha va yoʻq. Energiyani yaratib ham, yoʻq qilib ham boʻlmaydi, ammo u koʻproq foydali shakllardan kamroq foydali shakllarga oʻzgarishi mumkin. Koʻrinib turibdiki, hayotimizda sodir boʻladigan har bir energiya uzatishida yoki energiya oʻzgarishida energiyaning bir qismi foydalanib boʻlmaydigan (yaroqsiz) shaklga oʻtadi. Koʻp hollarda ushbu foydalanib boʻlmaydigan energiya issiqlik shaklini oladi.
Aslida issiqlikdan muayyan bir sharoitda foydalanish mumkin boʻlsa-da, ammo u hech qachon 100% samaradorlik bilan (ish bajaradigan) boshqa turdagi energiyaga aylana olmaydi. Shunday qilib, har doim energiya uzatilganda, foydali energiyaning maʼlum miqdori foydasiz energiyaga aylanadi.

Download 31.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling