1-amaliy mashguloti: Mavzu: Sportchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish usullari.
Ishning maysadi: Talabalarga sportchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish usullari to‘g‘risida ma’lumot berish.
Identiv o‘yuv maysadlari:
1. Pul’sni sanashni tushuntirib beradi.
2. Nafas olishni sanashni tushuntirib beradi.
3. Qon bosimini o‘lchashni tushuntirib beradi.
Kerakli jizozlar va materiallar: 5%yod, 1% li brilliant yashili, bint, paxta.
Ishning bajarilishi:
Nazariy tushuncha: Odamning o‘z-o‘zini tekshirishi, ya’ni sog‘liqini, jismoniy mashqlar jarayonida o‘z organizimidagi reaksiyalarni kuzatib turish demakdir. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tekshirish vrach kuzatuvining o‘rnini bosmaydi, albatta, bu unga zaruriy qo‘shimcha mashg‘ulot bo‘ladi xolos. O‘z-o‘zini tekshirish salomatlik holati, jismoniy rivojlanish, mashq qilish rejimining to‘g‘ri tuzilishi haqidagi mavjud kuzatuvlarga baho berishga va yozib borishga odatlantiradi. O‘zo‘zini tekshirish kundaligini tutish trener va vrach uchunsport mashg‘ulotlarining ta’siriga baho berishga, sportchiga esa charchab qolmaslik imkonini beradi. Mashg‘ulotlarni ma’lum bir davrda xatto odam dam olish paytida ham o‘z-o‘zini tekshirib turish zarur. Sportchi o‘zini mustaqil kuzatib boradi, biroq dastlabki paytlarda trener va vrach kundalik tutish uchun unga yordam beradi. Kundalikda quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olib boriladi. Sub’ektiv alomatlar – o‘zini qanday xis qilishi, uyqu, ishtaha, ish qobiliyatini holati, ob’ektiv ko‘rsatkichlar – vazn, tomir urushi, nafas olish, terlash. Ko‘pchilik sportchilar va fizkulturachilar muntazam ravishda o‘zini-o‘zi tekshirish kundaligini tutadilar, o‘zlari kuzatgan ma’lumotlarni o‘rganadilar, bu esa ularning salomatligiga ziyon qilmasdan birmuncha jismoniy mashqlarni samarali bajarishlari uchun imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |