Mavzu : Umid nihollari sport o'yinlarida qo'l to'pi o'yining o'rni va ahamiyati


Download 382.33 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi382.33 Kb.
#1624953
Bog'liq
Umid nihollari sport o\'yinlarida qo\'l to\'pi o\'yining o\'rni va ahamiyati


Mavzu : Umid nihollari sport o'yinlarida qo'l to'pi o'yining o'rni va ahamiyati
Reja
1. Qo’l to’pi o’yinining tarixi.
2.Qo’l to’pi o’yining paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari.
3.Qo’l to’pi o’yinining mohiyati va tavsifi.

1.1 Gandbol to’garagini tashkil etish mazmuni


O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, sportga qiziqishlarini orttirish, ularni chaqqonlikka, o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishga, bir-birlari bilan hamjihat va do‘stona munosabatda bo‘lishga, shuningdek, qo‘l to‘pi bo‘yicha bo‘lajak sportchini tayyorlash maqsadida to‘garaklar tashkil qilinadi. Gandbol – qiziqarli, maroqli va jo‘shqinlik o‘yini. Gandbol bilan shug‘ullanish organizmning umumiy jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi, ichki organlarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi, modda almashinuvini yaxshilaydi va harakat kordinatsiyasini rivojlantiradi.
Gandbol to‘garagi - o‘quvchilarni muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishiga jalb qiladi, ularni “Alpomish” va “Barchinoy” nazorat meyorlarini topshirishga, sport razryadlarini bajarishga tayyorlaydi, organizmni chiniqtirishga, jismoniy to‘g‘ri rivojlanishga ko‘maklashadi.

YOsh avlodni Vatanimiz sha’nini himoya qilish, intizomli, botir, irodali bo‘lish ruhida tarbiyalaydi.


To‘garak rahbarining majburiyati - maktabda o‘quvchilarning intizomi, mashg‘ulotlarni qay darajada o‘zlashtirishini kuzatishi, zaruriyat tug‘ilganda sinf rahbari va ota-onalar bilan uchrashib suhbatlashishi lozim.
“Gandbol” to‘garagini tashkil etish mazmuni
Dasturning barcha o‘quv materiali - guruhlarni to‘ldirishda yoshiga mos ravishda taqsimlanadi, nazariy bilimlarini, amaliy malaka va harakatlarning sekin-asta hamda ketma-ketligi nazarda tutiladi.
Har bir yosh guruhida dastur materialini o‘rgatish ikki yilga mo‘ljallangan.
Gandbol mashg‘ulotida shug‘ullanish uchun - o‘quv guruhi shug‘ullanuvchilarining umumiy jismoniy tayyorgarligi va sport darajasi, jinsi hamda yoshi hisobga olinishi zarur.
Jumladan:
Boshlang‘ich tayyorlov guruhi (11-12 yosh), o‘smirlar (13-14 yosh), kichik o‘spirin yoshlar (15-16 yosh).
Bunda barcha bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va tibbiyot xodimining xulosasini olishi lozim. Ayrim holatlarda kichik guruhga 11 yoshga etmagan, ya’ni jismoniy tomondan yaxshi rivojlangan va mashg‘ulotga tibbiy xodim tomonidan ruxsat etilgan o‘quvchilar ham qabul qilinadi.
O‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida o‘quv guruhlari tashkil qilinadi. Boshlang‘ich tayyorlov guruhi va o‘smirlar guruhlarida shug‘ullanuvchilarning soni 20 nafar, o‘smirlar guruhida 16 nafar o‘quvchi bo‘ladi. Har bir guruhga sardor saylanadi.
Boshlang‘ich tayyorlov guruhi va o‘smirlar guruhi uchun dastur 136 soat, kichik o‘spirinlar guruhi uchun 216 soatga mo‘ljallanadi.
Mashg‘ulot haftasiga 2 marta o‘tkaziladi. Uning davom etishi kichik va o‘smirlar guruhida 2 soat, kichik yoshlar guruhida 2,5-3 soat bo‘ladi.
Har bir yosh guruhi o‘z to‘garagining umumiy vazifalari bilan bir qatorda, o‘ziga xos xususiyatiga egadir.
Boshlang‘ich tayyorlov guruhi – salomatlikni mustahkamlaydi, tezlikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni rivojlantiradi, gandbol o‘yinining texnika va taktika asoslarini ega bo‘ladi.
O‘smirlar guruhi - salomatlikni mustahkamlaydi, tezlikni, chaqqonlikni, kuchni rivojlantiradi, gandbol o‘yinida ko‘proq murakkab texnik usullarni va taktik harakatlarni o‘rganish hamda jamoada o‘yin joyini tanlash, uni o‘yinda qo‘llay bilish usullarini egallaydi.
Kichik o‘spirinlar guruhi - mashg‘ulot yuklamasining hajmini oshirish yo‘li bilan har tomonlama jismoniy rivojlantirish, o‘yin texnikasi va taktikasini takomillashtirish, musobaqalarda qatnashish, jamoatchi hakam va instruktorlarni tayyorlash, o‘quv mashg‘ulotining asosiy uslubiyoti bilan tanishtirish kabi malakalarni egallaydi.
Amaliy mashg‘ulot uch qismga bo‘linadi: Tayyorlov, asosiy va yakuniy.
Tayyorlov qismi - gruhni safga turg‘izish, axborot berish, vazifani tushuntirish, saf mashqlari, mushak va bo‘g‘inning alohida qismlari uchun mashqlardan tashkil topadi.
Asosiy qismda - harakat malakalari shakllantiriladi, taktik harakat va o‘yin usullarining texnikasi takomillashtiriladi, ikki tomonlama o‘quv o‘yinlar o‘tkaziladi.
YAkuniy qismda – nafas rostlovchi mashqlar beriladi, mashg‘ulotga yakun yasaladi va o‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti tahlil qilinadi.
Gandbol bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotida - turli xildagi harakatli o‘yinlar, estafetalar, musobaqa elementlari kiritilishini va ularni kengroq qo‘llash tavsiya qilinadi.
Har bir o‘yin oldidan murabbiy uni olib borish uchun ko‘rsatma berishi kerak, o‘yindan so‘ng, o‘yin muhokama qilinadi.
O‘yinga ko‘rsatma oldindan berilishi kerak, chunki o‘yinchilar o‘yin rejasi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. O‘ynalgan o‘yinning muhokama yoki tahlilini mashg‘ulotdan oldin o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Gandbol to‘garagida - o‘quv yili tugagandan keyin jismoniy va texnik tayyorgarlik bo‘yicha nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlari” haqidagi qarori.
Jismoniy tarbiya va sportning odam organizmiga ta’siri. “Alpomish” va “Barchinoy” nazorat me’yorlari. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish. “Gandbol” to‘garagida shug‘ullanuvchilarga qo‘yiladigan talablar.
O‘zbekistonda gandbolning rivojlanishi.
Gandbol o‘yiniga qisqacha ta’rif. Jismoniy rivojlanish va salomatlikni mustahkamlash uchun Gandbol o‘yinining ahamiyati. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida Gandbol o‘yinining rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumot. Mini gandbolning rivojlanishi.
Gigienik bilim va malaka.
SHaxsiy gigiena: terini, sochni, tirnoqni, og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish. CHiniqish, tabiatning tabiiy omillaridan foydalanish (quyosh, havo, suv). Badanni ho‘l latta bilan artish, ustidan suv quyish va gigienik chiniqish muolajasi sifatida oyoq vannasi. Suv muolajasi, umumiy kun tartibi. YOsh gandbol o‘yinchi sining kun tartibi.
Gandbol o‘yini qoidasi
Asosiy musobaqa qoidalarini o‘rganish va tahlil qilish. Mini gandbol o‘yinining qoidasi. Komanda sardori va o‘yinchilarning vazifalari, huquqi va musobaqa turlari.
Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, asbob-anjomlar va jihozlar
Gandbol o‘yini uchun maydoncha, uni jihozlash, belgilash, musobaqa va mashg‘ulot uchun tayyorlash. Aylanib o‘tish uchun ustunlar, himoyachilar-taqlidchilar, nishonga tashlash uchun belgi va shtatlar. Darvozabon uchun paralon to‘shak.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati. “Alpomish” va “Barchinoy” nazorat me’yorlarini topshirishga tayyorlash.
Amaliy mashg‘ulot
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar. Ikki kishi bo‘lib qarshilik ko‘rsatish, kuch, aniqlik bilan bajariladigan mashqlar. Arg‘amchi, gimnastik tayyoqcha, 1-2 kg to‘ldirma to‘p, gantellar va boshqa tortilish bilan bajariladigan mashqlar.
Saf mashqlari
Turgan joyida va harakatda bajariladigan saf mashqlari: safni to‘g‘rilash, burilishlar, safga, ikkita, uchta, to‘rtta qatorga qayta saflanish. YOyilish va birlashish. SHaxdam qadam tashlash, safda yurish, harakatda tezlikni o‘zgartirish. Safda yugurish, oldinga, orqa bilan yugurish, o‘ng, chap, yonbosh bilan yugurish, harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, to‘xtash.

Gimnastik mashqlar.


Qo‘l, elka kamarini, bo‘yin, orqa, oyoq mushaklarini rivojlantirish uchun mashqlar. “Alpomish” va “Barchinoy” nazorat me’yorlari talablariga mos ravishda keladigan ertalabki gigienik gimnastika. Gimnastika asbob-anjomlarida bajariladigan mashqlar (arqon, yakka cho‘pda turish, gimnastik devorchada). Harkat koordinatsiyasi uchun beriladigan mashqlar va bo‘shashish.
Akrabatika mashqlari
Umbaloq oshish, tik turish, sakrash, dumalash, to‘ntarishlar.
Engil atletika mashqlari
Qisqa masofaga yugurish (30, 60, 100m). Har xil to‘siqlarni oshib o‘tish bilan o‘nqir-cho‘nqir yoki past-baland joy bo‘ylab (kross) yugurish. Turgan joydan va yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash. Koptokka (gandbol va tennis koptogini) uzoqqa uloqtirish. Nayzani uloqtirish.
Harakatli o‘yinlar va estafetalar. To‘psiz o‘yinlar: “Kun va tun”, “Anqayib turma”, “Quvlashmachoq”, “Qopqon”, “Qarmoqcha”, “Uysiz quyon”, “YUgurish va sakrash bilan bog‘liq estafetalar”.
To‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlar. “To‘p uchun kurash”, “Qal’a himoyasi”, “To‘rt tomondan to‘p tashlash”, “Ovchilar va o‘rdaklar”, “To‘p kapitanga”, to‘p bilan va to‘psiz, to‘pni olib yurish, to‘pni uzatish bilan estafetalar va boshqalar.
Suzish (vaqtni hisobga olmagan holda) 25, 50, 100 metrga erkin usulda suzish. Sport va buralishlarning texnikasini o‘rganish. Suvda to‘p bilan o‘ynash (suvning past joyida).
Maxsus mashqlar
Gandbol o‘yinlari elementlaridan iborat bo‘lgan mashqlar. Himoyada oyoq bilan ishlash, siljish, sakrash, to‘xtashlar, burilishlar, siltanib chiqish, aylantirib chiqish, aylanib o‘tish, to‘pni uzatish va ilib olish, to‘pni olib yurish va otish.
Tezlikni rivojlantirish uchun beriladigan mashqlar
Turgan joyda va oldiga siljish, tizzani baland ko‘tarish bilan yugurish. Tezlikni oshirish bilan yugurish, sekin-asta me’yordan tez yugurishga o‘tish, oxirida-maksimal tezlikda 15-20 metrga siljitib chiqish (60 metr masofaga). Tezlikni o‘zgartirish bilan yugurish, 60 metr yo‘lakda takroriy yugurish. Past va yuqori startdan yugurish. Orqa bilan oldinga, o‘ng va chap yonbosh bilan yugurish, marra, 5x30metrga yugurish. Siljitish bilan birga qo‘shib yugurish, 20-30metr masofaga yo‘nalishini o‘zgartirish bilan va to‘g‘riga to‘pni olib yurish. 10-12metr masofaga oldinga chiqish bilan siltanib chiqish, orqaga qaytish.
Download 382.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling