Maktabga tayyorlov guruhi bolalar taraqiyoti


Download 154.12 Kb.
bet1/11
Sana22.02.2023
Hajmi154.12 Kb.
#1220472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JUMANIYOZOVA ADIBA



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI 208-GURUH TALABASI

JUMANIYOZOVA ADIBANING


MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALAR TARAQIYOTI”.
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:­­­­­­­_________________________
SAMARQAND-2023

MUNDARIJA
Kirish....... 3
I BOB. MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALAR TARAQIYOTI...
1.1 Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari ……5
1.2 Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning metod va usullari.……………………………………………………………………………..10
II BOB. MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI TASVIRIY SANATGA O’RGATISH …..
2.1 . Katta guruhda tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. …………………….……………………………………….................12 2.2 Tayyorlov guruhida tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari. ………………………………………………………………………14
III. XULOSA…. 21
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..... 23


Kirish
Tayyorlov guruhida bolalarda turli binolar haqida tushuncha bo'ladi: ko'p qavatli bino, teatr, vokzal, ertak-uychalar. Pedagog asosan bolalar diqqatini fazoviy joylashtirish, qurilmalarini fazoviy joylashtirishga qaratadi. «Ko'cha, shahar maydonlarini qurish» mavzusini o'tishdan avval pedagog bolalarni shahar bo'ylab ekskursiyaga olib boradi va bolalar diqqatini shaharning qurilishi va estetik tuzilishiga qaratadi. Mashg'ulotda bolalarni guruhchalarga bo'lib, har bir guruhga biror bir maydon, ko'chalar qurish topshiriladi. Bolalar turli binolarni qurayotganlarida, ularda predmetning asosiy qismlarini va tanish bo'lgan geometrik shakllarni ajratish malakasi shakllanib boradi. Kinoteatrga ekskursiyadan so'ng bolalar tomoshabinlar zali, foyega kirish qismi kub, prizma, yarimdoira shakliga ega ekanligini ko'radilar va o'zlari kinoteatr qurganlarida shu narsalarga e'tibor beradilar. Tarbiyachi tomoshabinlar zali va foyening qurilish usulini ko'rsatib beradi. Bolalar jamoa bo'lib, turli mavzularda narsalar quradilar (ko'chalar, temir yo'llar, vokzal, hayvonot bog'lari, kinoteatrlar va hokazo).

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, unda “men”obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.


Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va ahloq subyekti sifatida yaxlit rivojlanishini talab etadi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga hos xususiyatdir.
Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, aksincha ularni tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirishda o‘ziga xos metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarlik bilan ishlash davr taqazosiga aylandi. Chunki maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish keng ma’noli tushuncha bo’lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining holati, tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda bolalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki innavatsion bo‘lishi lozimligini talab etadi.
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida kompentensiyaviy yondashuv jarayonida pedagogik-psixologik, metodik, badiiy adabiyotlar soni va sifati, har bir yosh guruhiga mos va xos adabiyotlar bilan boyitib borish ham muhim masaladir. Bolalarni o‘ynab turib o‘ylashga undovchi muammoli vaziyatlarni o‘yinlarda aks ettiruvchi ta’limiy rivojlantiruvchi o‘yin markazlari tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa shu kabi omillar maktabgacha ta’lim mazmunini oshiradi



Download 154.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling