Mavzu: 1-dars. Sodda ifodalarni hisoblash dars maqsadi


Download 1.27 Mb.
bet1/67
Sana22.09.2020
Hajmi1.27 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67

Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:1



MAVZU: 1-dars. Sodda ifodalarni hisoblash

DARS MAQSADI:O’quvchilarga Exselda shakillar chizish haqida ma’lumot berish.

TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga elektron jadvallar, ularning imkoniyatlari va vazifalari, inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasiAxborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

TARBIYAVIY MAQSADI: O;quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция

o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.



RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish

DARS USLUBI: Aralash.

DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.

DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.



Dars bosqichlari

Vaqti

Usullar

1

Tashkiliy qism

2 minut




2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut


SJ

M

SJ

K


3

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut


AH


4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut


MY

BST


5

Uyga vazifa

3 minut




Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.Yo'qlama qilish.

3.Uyga vazifani so'rash.

O’quvchilardan 9-sinfda o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi.
Yangi mavzu bayoni

Asosiy tushunchalar:

Elektron jadval, Excel elektron jadvali, kiob, varaq, ustun, satr, arifmetik amallar.



Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Informatikadan mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklanadi. Excel elektron jadvali ishchi holatga keltiriladi.



Mavzuni yoritish:

O’quvchilar EXCEL dasturi bilan 9-sinfdan tanish ekanliklarini hisobga olib qisqacha savol javob o’tkaziladi. MS Excel 2010 elektron jadvalida yangi interfeysi asosida tasma (ingliz tilida “Ribbon”) deb nomlanuvchi va asosiy oynaning yuqori qismida joylashgan ko‘p varaqli soha joylashgan.

MS Excel 2010 ning tasmaning har bir bo‘lagida muayyan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan tugmalar majmuasi jamlangan:

Bosh oynaning yuqori chap burchagida tez-tez ishlatiluvchi murojaatni osonlashtiruvchi panel mavjud bo‘lib, u yerda xotirada saqlash, oxirgi amalni bekor qilish kabi amallarni tez va oson bajarish mumkin.

Ushbu panelga yangi buyruqlar kiritish orqali imkoniyatini oshirish mumkin.

Tasmaning tagida elektron jadvalning ishchi sohasi joylashgan. Jadval ko‘rinishida berilgan fayl Excelda kitob (Книга) deb ataladi. Kitob esa Avvalambor, kalkulyatorning imkoniyatlari va kamchiliklari haqida o‘quvchilarga ma’lumot beriladi.

Insonlarda hisob-kitoblarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi dasturlarga bo‘lgan talab kuchaydi. Odatda, bunday dasturlarni elektron jadvallaryoki jadval protsessorlari deb nomlashadi.

Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Lekin ularning yordamida muxandislik masalalarini yechish, formulalar bo‘yicha hisob-kitoblar bajarish mumkin.

Elektron jadvallar qo‘llanilayotgan sohalar juda ko‘p. Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo‘jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari va hokazolar.

Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo‘lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.

Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar dasturlarning turlariga bo‘g‘liq bo‘lib, asosan, quyidagilardan iborat:


    • ma’lumotlarlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va ko‘rinishini o‘zgartirish;

    • jadval elementlarini formatlash;

    • formulalardan foydalanish(hisob-kitoblarni avtomatlashtirish);

    • katakchalarni avtomatik to‘ldirish;

    • turli xildagi funksiyalar majmuidan foydalanish;

    • ma’lumotlarni qidirish va almashtirish;

    • ma’lumotlar asosida turli ko‘rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;

    • ma’lumotlar ombori hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.

Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc nomi bilan o‘tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning turlari va vazifasiga qarab SuperCalc, Multiplan, Framework, Simphony, Works, 1C-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda.

Dastlabki naqli (versiyasi) 1994 yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilayotgan Excel dasturi hozirgi kunda eng ommalashgan jadval protsessoridir.

1-mashq. B1 katakka 231 ini, B2 katakga 569 ni kiritib, ularning yig‘indisini B3 da hosil qiling.

Bajarish:B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 kiritish rejimiga o‘tadi. So‘ngra sichqonchaning chap tugmasi B1 katak ustida bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo‘ladi. Navbatdagi qadamda + kiritilib, keyin B2 katak ustida yana sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Natijada B3 da B1+B2 yozuvi paydo bo‘ladi. Enter tugmasi bosilgandan so‘ng, bajarilgan amal natijasi B3 da hosil bo‘lib, Formulalar satrida =B1+B2 ifoda yoziladi.




Odatda, tayyorlangan xujjatni diskda fayl ko‘rinishida biror nom bilan saqlab qo‘yish mumkin. Excel dasturi asosida tayyorlangan faylning kengaytmasi .xls (eslang, Wordda -.doc, Bloknotda - .txt, Paintda - .bmp) bo‘ladi.

Elektron jadvallarda jadval bo‘ylab sichqoncha, kursorni boshqarish (yo‘nalish) klavishalari, varaqlash (PgUp va PgDn) klavishalari, Home va End klavishalari yordamida harakatlanish mumkin.

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va interfaol usulda mavzu mustahkamlanadi.Mustahkamlash uchun turli soda topshiriqlardan foydalaniladi.



A1 katakka 1 ni kiriting, B1 ga 2 ni kiriting, C1 da A1+B1 ni hisoblang, D1 katakka 15 ni kiriting, E1 ga 12 ni kiriting, F1 da D1–E1 ni hisoblang va G1 da C1*F1 ni hisoblang;



Uyga vazifa:

  1. Excelda Kitob va varaq hosil qilish uchun bajariladigan amallar ketma-ketligini yozish.

2*.Algebraik ifodalarni Excelda yozilishiga misollar tuzish.

3. Excel elektron jadvali yordamida(a+b)*(c+d) ifoda o‘zgaruvchilarning ixtiyoriy qiymatlarida hisoblang.

O’TIBDO’:_______________________

Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:2



MAVZU: 2-dars. Katakka murojaat. Nisbiy, absolyut va aralash murojaat.

TA’LIMIY MAQSADIO’quvchilarga elektron jadvalda katakka murojaat. Nisbiy, absolyut va aralash murojaat haqida ma’lumot berish.Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi

TARBIYAVIY MAQSADI O;quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.Миллий ва умуммаданий компетенция. Математик саводхонлик, фанватехникаянгиликлариданхабардорбўлишҳамдафойдаланишкомпетенцияси

RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: : O’quvchilargaelektronjadvaldakatakkamurojaat. Nisbiy, absolyut va aralash murojaat bo’yicha misollarni mustaqil ishlay olish ko’nikmasi hosil qilish.

DARS USLUBI: Aralash.

DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.

DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.



Dars bosqichlari

Vaqti

Usullar

1

Tashkiliy qism

2 minut




2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut


SJ

M

SJ

K


3

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut


AH


4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut


MY

BST


5

Uyga vazifa

3 minut




Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.Yo'qlama qilish.

3.Uyga vazifani so'rash.

O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yichaklaster o’tkaziladi.

Yangi mavzu bayoni


Matnli

Sonli

Sanali

Vaqt

Formulalar

Funksiya

Katakcha quyidagi xossalarga ega bo‘lishi mumkin:

  • fon turi va rangi;

  • shrift turi, o‘lchami va rangi;

  • chegara turi, rangi va o‘tkazilish joyi;

  • tekislash turi;

  • matn yo‘nalishi turi;

  • son turi;

  • himoya.

.Shuni yodda tutish kerakki, ustun va satrlarning soni, demak, katakchalar soni dasturlarning imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. SuperCalc4 elektron jadvali varag‘ida satrlar 9999 ta va ustunlar 255 ta bo‘lgani uchun katakchalar soni 9999 * 255= 2549745 ta, Excel elektron jadvali varag‘ida 16384*256 = 4194304 (65536*256=34471936) ta katakcha bo‘ladi.

Elektron jadvallarda ikki xil: nisbiyvaabsolyut murojaat qo‘llaniladi. Shuni yodda tutingki, murojaat boshqa fayl yoki varaqga ham bo‘lishi mumkin.



Nisbiy murojaatda formula nusxasidagi katakchalar adreslari nusxa joylashtirilayotgan katakchaga mos o‘zgaradi.Masalan, A2 katakchadagi A1 + B4 yig‘indining A3 katakchaga nusxasi A2 + B5, A7 katakchaga nusxasi A6 + B9, F17 katakchaga nusxasi D16 + E19 kabi o‘zgarib joylashadi.

Absolyut murojaatda katakcha adresi o‘zgarmaydi.Elektron jadvallarda absolyut adres xususiyatini ifodalash uchun maxsus belgidan (Excelda - $) foydalaniladi. Masalan, A2 katakchadagi A1 + $B$4 yig‘indining F17 katakchaga nusxasi D16 + $B$4, C7 katakchadagi B3 – C$6 ayirmaning F9 katakchaga nusxasi E5 – F$6, L11 katakchadagi D6 * $C3 ko‘paytmaning M14 katakchaga nusxasi E9 * $C6 kabi joylashadi. Bundan ko‘rinadiki, $ belgisi qo‘yilgan ustun yoki satr nusxa ko‘chirilganda o‘zgarmay qolar ekan.

Excelda katakchalarni nomlashva shu nom orqali murojaat qilish mumkin. Buning uchun katakchani belgilab, Joylashtirish menyusining Nom – Berilsin (Имя – Присвоить)... bo‘limi tanlanadi va ixtiyoriy nom kiritiladi. Bu katakchaga murojaat etganda katakcha adresi o‘rniga nomini ko‘rsatish kifoya.

Jadval bilan ishlashda (A-rasm) quyidagilarni bilish lozim:


Katakchaga ma’lumotlar kiritish

Katakchadagi ma’lumotlarni tahrirlash

Katakchadagi ma’lumotlarni o‘chirish

Katakcha belgilanadi

Matn, son yoki formula kiritiladi

Kiritish (Enter) klavishasi bosiladi


Katakcha belgilanadi

F2 (tahrirlash holatiga o‘tish) klavishasi bosiladi

Tahrirlash bajariladi

Kiritish klavishasi bosiladi



Katakcha yoki katakchalar bloki belgilanadi

O‘chirish (Delete) klavishasi bosiladi





Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Son – raqam belgilaridan iborat (birinchi belgisi “─“ bo‘lishi mumkin), orasida faqat bitta “,” (o‘nli kasrning butun va kasr qismlarini ajratuvchi) belgisi bo‘lgan ketma-ketlik. Misollar: 3; -5,1234; 10,01. Kiritilayotgan son katakcha kengligiga sig‘masa, u holda Excel uni turiga qarab eksponensial yoki “########” ko‘rinishda ifodalaydi).


Formula katakchaga kiritilayotgan (tenglik)belgisidan boshlangan ketma-ketlikdir. Formulada sonlar, katakcha adreslari va funksiyalar arifmetik amallar orqali bog‘lanadi. Misollar: = A1 + 7 * B2, = 45 * SIN(B2) – 11/C1 .


Microsoft Excel 2010 elektron jadvallari yordamida arifmetik amallardan tashqari kataklarga turlicha murojaat qilish orqali amaliy masalalarni mazmunan sifatli yechish mumkin.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling