Mavzu-16 O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibining huquqiy asoslari


Download 0.51 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#227907
Bog'liq
16 мавзу


Mavzu-16

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibining huquqiy asoslari

R E J A:

1.O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar.

2.O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda davlat tomonidan himoya qilinishi.

3.O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqaroligiga mansubligini tan olmaslik. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 18 fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2020 yil 28 fevralda ma’qullangan



2020 yil 13 mart, O‘RQ-610-son

Qonun 10 ta bob, 58 ta moddadan iborat

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish

3-bob. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash

4-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tugatish

5-bob. Ota-onasining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda va farzandlikka olinganda bolaning fuqaroligi

6-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish chog‘ida hujjatlarni tayyorlash tartibi

7-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish muddatlari va ko‘rib chiqishni tugatish asoslari

8-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash va fuqaroligini tan olish tartibi

9-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi

10-bob. YAkunlovchi qoidalar

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjat O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir.

Quyidagilar o‘n olti yoshga to‘lmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir:

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bolaning tug‘ilgan joyidan qat’i nazar) — ota-onasidan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjudligini ko‘rsatuvchi pasporti yoki boshqa hujjati ko‘rsatilganda;

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bola O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan taqdirda) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan ota-onaning (yolg‘iz otaning yoki onaning) O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ko‘rsatilganda.



8-modda. Nikohdan o‘tishda va uni bekor qilishda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolish

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohdan o‘tishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er-xotinning fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

Er-xotindan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi o‘zgarishi ikkinchisining fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

Nikohning bekor qilinishi ushbu nikohda tug‘ilgan yoki nikoh bekor qilinguniga qadar farzandlikka olingan bolaning fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.



9-modda. Xorijda yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining saqlab qolinishi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijda yashashi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishiga sabab bo‘lmaydi.

a qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi.

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda davlat tomonidan himoya qilinishi

Xorijda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligi ostida bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi va chet davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda o‘ziga berilgan barcha huquqlardan,



xalqaro huquqning umum tan olingan normalaridan, xalqaro urf-odatlardan to‘laqonli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun choralar ko‘rishi shart. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi) ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoy

O`zbekiston Respublikasining 16 yoshga to`lmagan fuqarosi guvohnomasi chet еlda O`zbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Guvohnoma O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida qalbakilashtirishdan himoya qilish еlementlari bo`lgan maxsus qog`ozda 86mm x 125mm kattalikda 16 betdan iborat qilib tayyorlanadi.


Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish hujjatlarini ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish tartibini o‘qib, konspeklashtirish.
  • 11,12- moddalarni o’qib daftarga konspeklashtirish.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling