Mavzu 2: Biogen elementlar kimyosi d-elementlarni organizmdagi ahamiyati birikmalarini tibbiyotda ishlatilishi. Mis
Download 18.95 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
Mavzu 2: Biogen elementlar kimyosi. d-elementlarni organizmdagi ahamiyati birikmalarini tibbiyotda ishlatilishi. Mis. Misning odam organizmidagi umumiy miqdori 100-150 mkg tashkil etadi. Asosiy deposi jigardir. Organizmdagi mis ko‘p hollarda oqsillar (fermentlar) va vitaminlar bilan birikkan bo‘ladi. Shu bilan birga misning o‘ziga xos xususiyatlari oksidlovchi fermentlar, jumladan sitoxromoksidaza va seruloplazminlar tarkibida aniq namoyon bo‘ladi. Mis miqdorining kamayishi sitoxromoksidazalik faollikni normaga qaraganda 8 marotabagacha pasayishiga olib keladi. Mis miqdorining fiziologik qiymatlargacha ortishi esa bu faollikning qayta tiklanishiga sabab bo‘ladi. Qon zardobidagi misning asosiy qismi oqsil moddalari (α-globulinlar) bilan birikkan holda bo‘ladi. Bu kompleks seruloplazmin deb ataladi va u jigarda sintezlanib, shundan so‘ng qon tarkibiga o‘tadi. Mis ionlari qator fermentlar (ishqoriy fosfotaza, so‘lak amilazasi, lipazalar va h.k.) tarkibidagi SH—guruhlari bilan ta’sirlashib kompleks hosil qiladi va ferment faolligini kamayishiga olib keladi. Ozuqa mahsulotlari tarkibida mis mo‘l bo‘lishi ularda B1 vitamin miqdorining ortishiga va organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda organizmdagi misning miqdori ortishi vitamin C ning kamayishiga olib keladi. Bunga asosiy sabab mis askorbinoksidaza fermenti (vitamin C ni oksidlovchi ferment) tarkibiga kirib, uning faolligini orttirib yuborishidir. O‘z navbatida vitamin A ning miqdorini ortishi mis va askorbinoksidazaning faolligini pasayishiga olib keladi. Mis qon hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etadigan elementdir. U eritrotsitlar tarkibiga kirib, ularning yetilishiga va gemoglobin sinteziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda mis ta’sirida temirning almashinish jarayonlarining faollashuvi kuzatiladi. Mis organizmdagi karbon suv almashinuviga ta’sir etadi. Masalan, qand kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga 2,5 mg CuSO4·5H2O berilganda ularning qoni va siydigidagi qand miqdorining kamayishi kuzatiladi. Tibbiyotda CuSO4·5H2O ning 0,25% suvli eritmasi antiseptik modda (kon’yunktivitlarda) sifatida ishlatiladi. Uning 1% li eritmasi kam qonlikda qo‘llaniladi. Ba’zan bu tuz viteligo (pes) kasalligini davolashda qo‘llanilishi mumkin. Rux. Uning turli a`zo va to‘qimalardagi miqdori o‘zaro farqlanadi. Masalan, uning qondagi miqdori 0,8-0,9 mg% ni tashkil qilib, shundan 35% qizil qon tanachalarida (eritrotsitlarda), 12% - qon zardobida, 3% esa oq qon tanachalarida (leykotsitlarda) saqlanadi. Qon zardobidagi rux ionlarining - 34% globulinlar bilan, qolgan miqdori esa oqsillar bilan beqaror birikkan bo‘lib shu holda tashiladi. Organizmga tushgan rux ionlari 3 soat ichida ko‘p miqdorda oshqozon osti bezi, jigar va buyraklarda yig‘iladi va shundan so‘ng boshqa a`zo hamda to‘qimalarga tarqaladi. Ichki sekretsiya bezlarining shu jumladan jinsiy bezlarning faoliyati ko‘p hollarda rux ionlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, gipofizning gonodatrop gormoniga rux ionlarining qo‘shilishi gormon ta’sir effektini 40-50 barobar ortishiga olib keladi. Rux. Rux insulin gormoni tarkibiga kirib, uning gipoglikemik ta’sirini oshiradi. Qand kasalligida siydik orqali organizmdan chiqib ketadigan rux miqdori normadagidan 3-4 barobar ortiq bo‘ladi. Bu biogen elementning ahamiyatli xususiyatlaridan yana biri uning organizmning immunitetni oshirishda ishtirok etishidir. Amaliy tibbiyotda tarkibida rux saqlagan quyidagi moddalardan foydalaniladi: Download 18.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling