Mavzu 2: Biogen elementlar kimyosi d-elementlarni organizmdagi ahamiyati birikmalarini tibbiyotda ishlatilishi. Mis


ZnO—sepma dori (teri namligini o‘ziga tortuvchi), dezinfeksiyalovchi modda sifatida turli teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi. ZnSO4·7H2O


Download 18.95 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi18.95 Kb.
#1446885
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • KMnO4
ZnO—sepma dori (teri namligini o‘ziga tortuvchi), dezinfeksiyalovchi modda sifatida turli teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
ZnSO4·7H2O—antiseptik modda sifatida konyuktivitlarda, surunkali kataral loringitda qo‘llaniladi.
Marganets. Deyarli hamma a`zo va to‘qimalarda uchraydi, boshqa biogen d- elementlar singari qator fermentlar tarkibiga kiradi, oqsil va vitaminlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, Mn2+ leysinaminoekzopeptidaza fermentining faol markazini tashkil qiladi, qon va to‘qima fosfatazalari, qon zardobi peptidazalari, fosfoglyukomutaza va boshqa qator fermentlar uchun esa aktivator vazifasini bajaradi. Marganets qator vitaminlarning almashinuviga ta’sir etadi. Jumladan Mn2+ organizm tomonidan B1 vitaminini o‘zlashtirishda ishtirok etishi mumkin. Mn2+ miqdorining kamayishi B1 bo‘yicha avitaminoz yoki gipovitaminoz holatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Marganets ioni ta’sirida glyukozadan vitamin C sintezlanish jarayonlari kuchayadi. Bu biometallning organizmdagi taqchilligi vitamin E ning miqdorining kamayishiga olib keladi. Marganets ta’sirida insulinning gipoglikemik ta’siri kuchayib qondagi qand miqdorining kamayishi kuzatiladi. Bu element ta’sirida qondagi xolesterin miqdori kamayib, ateroskleroz kasalligining tuzalishi tezlashadi. Bundan tashqari Mn2+ tuzlari qizil qon tanachalari va gemoglobin miqdorining ortishiga olib keladi. Elementlarning bunday xossasi uning eritrotsitlar tarkibiga kirib, porfirinlar sinteziga ta’sir etishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qator yuqumli kasalliklarda marganetsning qondagi miqdori sezilarli darajada ortadi. Bu organizmning ximoya turlaridan biri bo‘lib, Mn2+ boshqa elementlar bilan bir qatorda qondagi zaharli moddalarni kompleks birikmalar holida bog‘laydi. Tibbiyotda uning quyidagi birikmalari ishlatiladi:
KMnO4 — dezinfeksiyalovchi modda sifatida;
MnSO4—ateroskleroz kasalligini davolashda boshqa moddalar bilan birgalikda ishlatiladi.
Temir. Odam organizmidagi temirning umumiy miqdori 4-6 g yoki 50-60 mg/kg ni tashkil etadi Organizmdagi temirning eng ko‘p miqdori (60-75%) qizil qon tanachalarida (gemoglobinda), 15-16% temir oqsilli kompleks tarkibida, 3- 5% mioglobinda, 0,1% ga yaqin fermentlar tarkibida bo‘ladi. Odam organizmidagi temir hosil qiladigan endogen komplekslar o‘z xossalariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi.

Download 18.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling