Mavzu №4. O`xshashlik nazariyasining asoslari. Kimyoviy texnologiya jarayonlarini tadqiq qilish


Download 91.83 Kb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi91.83 Kb.
#1045142
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu 6


Mavzu №4. O`xshashlik nazariyasining asoslari.
Kimyoviy texnologiya jarayonlarini tadqiq qilish
Reja:
1. O’xshashlik nazariyasi asoslari va modellashtirish principlari

    1. 2. Fizik modellashtirish

    2. 3. Matematik modellashtirish


O’xshashlik nazariyasi asoslari va modellashtirish principlari
Jarayonlarni tahli qilish va hisoblash uchun tenglamalarni keltirib chiqarish maqsadida ularni nazariy usulda amalga oshirsa bo’ladi.
Ushbu yo’l eng qulay bo’lib, jarayonlarni iavsiflovchi matematik tenglamalar (ko’pincha differencial) tuzish va ularni echishdan iboratdir.
Bir turdagi butun bir sinfga oid hodisa va voqealarni differencial tenglamalar ifoda etadi. Ushbu sinfdan biror aniq bir hodisa yoki voqeani ajratib olish uchun differencial tenglama qo’shimcha shartlar (bir xillik shartlari) bilan chegaralanadi.
Bir xillik shartlari o’z ichiga quyidagilarni qamrab olgan: geometrik shakl va sistema qurilma o’lchamlarini; jarayonni olib borish shartlari, ya’ni moddalar fizik o’zgarmas kattaliklarini; boshlang’ich shartlari, ya’ni boshlang’ich tezlik, temperatura, koncetraciya va hokazo; sistema chegarasida holatni xarakterlovchi chegaraviy shartlari, masalan, truba devori yaqinida tezlikning nolga tengligi.
Lekin oziq-ovqat texnologiyasining aksariyati juda murakkab va o’zgaruvchi parametrlar ko’pligi bilan xarakterlanadi.shuning uchun, qo’pincha faqat masalaning matematik va bir xillik shartlar ifodasini olish mumkin. Olingan differencial tenglamalarni matematikada ma’lum usullar bilan echib bo’lmaydi.
Turbulent oqimlarda issiqlik va massa almashinish jarayonlarini nazariy o’rganishda ham xuddi shunday qiyinchiliklar bor.
Undan tashqari, xattoki murakkab jarayonlarni ifodalovchi differencial tenglamalar sistemasini ham tuzib bo’lmaydi.
SHunday qilib, qurilmani loyihalash uchun zarur hisoblash tenglamalarini nazariy keltirib chiqarish imkoniyati yo’q. Bunday xolatlarda tajriba o’tkazish yo’li bilan jarayonni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi bog’liqlik aniqlanadi.
Olingan tajriba ma’lumotlari asosida empirik tenglamalar keltirib chiqariladi. Ushbu tenglamalar xususiy xarakterga ega bo’lib, ulardan faqat aniq sharoitlarda foydalanish mumkin. Odatda empirik tenglamalar ma’lum qadr-qiymatga ega va ularni muxandislik hisoblashlarda qo’llaniladi.
Lekin har qanday murakkab jarayonni tadqiqot qilish vaqtida umumiy bo’lgan qonuniyat va tenglamalarni keltirib chiqarish kerak. Ular yordamida biror xususiy tajriba natijalarini boshqa jarayonlarni xam tekshirishga qo’llash imkoniyati bo’lsin. SHu maqsadga tajriba natijalarini qayta ishlashda, o’xshashlik nazariyasi usularini qo’llash orqali erishish mumkin.

Download 91.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling