Mavzu №6 Demografiya, uning tibbiy-ijtimoiy kirralari


Download 46.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.07.2017
Hajmi46.85 Kb.
#11666

    Mavzu № 6 

 

Demografiya, uning tibbiy-ijtimoiy 

kirralari  

Demografiya – (yunoncha demos – aholi, grafiya – o'rganaman) aholi 

va uning rivajlanishi haqidagi fan. 

 

Demografik statistika aholining soni, tarkibi, tug'ilishi, o'limi, 



ko'payishi, harakati haqidagi asosiy qonuniyatlarni o'rganadi. 

Demografik ma'lumotlar aholining tibbiy yordamga bo'lgan ehtiyojini 

qondirish uchun, uni rejalashtirishda katta ahamiyatga ega (muqim 

shifoxonadagi o'rinlar soni, poliklinikadagi lavozimlar, shtatlar, yasli, 

sanatoriyalardagi o'rinlar soni, vrachlar va o'rta tibbiyot xodimlarining, 

dorixonalarning soni va boshqalar). Aholi, sog'liqni saqlash muassasalar 

uchun bevosita sog'lomlashtirish ishlari olib boriladigan ob'yekt 

hisoblanadi. 



Demografiya ikkita asosiy  qismdan iborat: 

1. Aholini statikasi, boshqacha qilib aytganda aholining 

ma'lum bir vaqtda olingan soni, tarkibi ( jinsi, yoshi, 

kasbi, mashg'uloti, oilaviy ahvoli, millati, tili, ma'lumoti), 

turar joyi, geografik  joylanishi, zichligi haqidagi 

ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. 


2. Aholi dinamikasi (harakati) - aholi sonining 

o'zgarashi. U o'z navbatida ikki xil bo'ladi:  

   a) mexanik  harakat; 

   b) tabiiy harakat (tug'ilish va o'lim natijasida).

  


Aholi statikasi haqidagi ma'lumotlarni olish uchun asosiy 

manba bo'lib davlat tomonidan davriy ravishda 

o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olish hisoblanadi. Chor 

Rossiyasi davrida birinchi marta aholini ro'yxatga olish 1897 

yilda o'tkazilgan. Sobiq Ittifoq davrida 1920y., 1926y., 

1936y., 1959y., 1970y. va 1989 yillarda davlat tomonidan 

umumaholi ro'yxati o'tkazilgan. Oxirgi aholi ro'yxati 1989 yil 

12 yanavarda o'tkazilgan. Aholi statikasi haqidagi 

ma'lumotlarni olish uchun asosiy manba bo'lib davlat 

tomonidan davriy ravishda o'tkaziladigan aholini ro'yxatga 

olish hisoblanadi.  


Aholi  ro'yxati lahzalik prinsipiga asoslangan 

bo'lib, u aniq  bir kun va soatda,  aholi eng kam 

harakat qiladigan payti, qish faslining dekabr 

yoki yanvarida o'tkaziladi va u barcha aholini 

ro'yxatdan o'tkazishga asoslangan. Aholini 

ro'yxatdan o'tkazish barcha territoriya bo'yicha 

bir xil dastur va reja asosida bevosita so'rov     

usullari orqali amalga oshiriladi.  



Aholini ro'yxatdan o'tkazish juda katta mehnat,  kuch, mablag'ni 

talab qilganligi uchun ham odatda 10 yilda bir marta o'tkaziladi. 

1.01.1999 yilga jahon aholisi 5 milliard 961 million 628ming 

kishini tashkil etgan bo'lsa, shundan Xitoy aholisi 1 milliard 273 

million  640 ming kishini (jahon aholisining 21,3% tashkil etdi), 

Hindiston aholisi 276 million 218 ming, Braziliya- 167million 

988ming, Rossiya aholisi 147 million 196 ming kishini tashkil etdi. 

2003 yil 1 yanvarga O'zbekiston aholisi 25,4 mln kishini tashkil 

etgan holda, undan ayollar 50,1 %, erkaklar 49,9 % ni tashkil etdi. 

O'zbekiston aholisining 36,7 % aholisi 15 yoshgacha bolalarga 

to'g'ri keldi. Qishloq aholisining soni esa 63,3 % ni tashkil etdi.  


Aholi zichligi – 1 km2  maydonga 

to'g'ri  kelgan aholi soni.  



Aholi dinamikasi (harakati).  

Aholining ichida tabiiy va mexanik (migratsiya 

jarayonlari) harakat farqlanadi. Aholining tabiiy 

harakati deganda, asosiy demografik jarayon 

tug'ilish va o'limning natijasida ma'lum bir 

territoriyada aholi sonining o'zgarishi 

tushuniladi. 


Migratsiya  

Migratsiya deganda esa aholining bir davlat ichida yoki 

bir davlatdan ikkinchi davlatga mexanik ravishdagi 

harakati tushuniladi. Migratsiyaning har xil formalari 

bo'lib birinchi navbatda tashqi migratsiya – davlatlararo 

va ichki migratsiya – bir davlatning ichidagi harakat 

tushuniladi. Ichki migratsiya ham ikki xil bo'ladi. 

Masalan: doimiy yashash joyini o'zgartirish natijasidagi 

harakat va mavsumiy migratsiya – aholining ma'lum bir 

vaqtdagi (mavsumdagi) harakati va boshqalar.  



Migratsiya jarayonlari katta ijtimoiy 

- gigiyenik va  epidemiologik  

ahamiyatga ega:  


a)

 aholining mexanik harakati ma'lum bir 

territoriyada aholining son jihatdan 

ko'payishiga, boshqa bir territoriyada esa 

kamayishiga, aholining yoshi, jinsi, kasbi 

bo'yicha tarkibini o'zgarishiga olib keladi. 

Bu esa o'z navbatida sog'liqni saqlash   

muassasalarining faoliyatini  ko'rib chiqishni 

talab etadi; 


b)

 aholining mexanik harakati, 

ayniqsa davlatlararo migratsiyasi 

natijasida u yoki bu davlatda 

yuqumli kasalliklarni kelib 

chiqishiga olib keladi. 



Aholining tabiiy harakati  

1.Tug'ilish ko'rsatkichlari  

2. O'lim  ko'rsatkichlari  

3. Aholining tabiiy o'sish         

 

ko'rsatkichi  



Demografik ko'rsatkichlarni taxlili  

Aholi soni  

Aholi soni esa yilning oxiriga yoki boshiga 

olingan bo'ladi. Shuning uchun ham  demografik 

ko'rsatkichlarni taqqoslash imkoniyatiga ega 

bo'lish uchun birinchi navbatda o'rtacha aholi 

sonini keltirib chiqarish kerak. Ko'pincha 

aholining o'rtacha soni sifatida uning yil 

boshidagi (1.01) va yil oxiridagi (31.12) sonining 

yig'indisini yarmi olinadi.  


Aholining yillik o'rtacha soni 

aniqlangandan so'ng tuman, viloyat, 

shahar, respublika bo'yicha aholining 

tabiiy harakatini tashkil etuvchi asosiy 

tibbiy - demografik  ko'rsatkichlar 

hisoblanadi: 

1.Tug'ilish ko'rsatkichlari  

a)  umumiy tug'ilish ko'rsatkichi 

 =    

 tirik  tug'ilganlar  soni x 1000 



aholining yillik o'rtacha soni 

b) umumiy serpushtlik  ko'rsatkichi  

 =   


 

tirik  tug'ilganlar soni x 1000 

 15-49 yoshli ayollar soni 

 


v)

 

nikohdagi ayollarning 



serpushtlik ko'rsatkichi  

 nikoxdagi ayollardan tirik  tug'ilgan 



bolalar soni x1000 

 15-49 yoshli nikoxdagi ayollar soni 

 


g)

 Ayollar yoshlari bo'yicha tug'ilish ko'rsatkichi – bu 

ko'rsatkich 15-49 yoshli ayollarda bir  yoki  besh yillik  

intervallarda o'rganiladi. Masalan: 20 dan 24 yoshgacha 

bo'lgan  ayollar orasidagi tug'ilish ko'rsatkichi quyidagicha 

hisoblanadi: 

20-24 yoshli ayollardan tirik   

tug'ilgan   bolalar soni x1000 

  20-24 yoshli ayollar soni 


2. O'lim  ko'rsatkichlari 

a) umumiy o'lim ko'rsatkichi      =      

  o'limlar soni x 1000 

aholining yillik o'rtacha soni 



b)

 ayrim yoshlar bo'yicha o'lim  ko'rsatkichi   

  

ma'lum masalan 20-24 yoshda o'lganlar soni x 1000  



 shu yoshdagi (20-24 yosh) aholining o'rtacha yillik  soni 

v)

 alohida kasalliklar bo'yicha 

o'lim ko'rsatkichi  

alohida olingan kasallikdan 



o'lganlar soni x 1000 

   aholining yillik o'rtacha soni  



g)

 o'lim sabablarining  tarkibi  

=  

aloxida olingan kasallikdan o'lganlar 



soni x 100 

ja'mi o'lganlar soni 



3. Aholining tabiiy o'sish  

ko'rsatkichi  

Aholining tabiiy o'sish  ko'rsatkichi 

 = 


 umumiy tug'ilash ko'rsatkichi  

– 

 umumiy o'lim ko'rsatkichi. 



Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limini ko'rsatkichlarini 

hisoblash usullari

  

Bir yoshgacha  bo'lgan  bolalar o'limi ko'rsatkichi 



 = 

Joriy yilda 1 yoshgacha o'lgan bolalar soni x1000 

Joriy yilda tirik  tug'ilgan   bolalar soni 


Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi 

quyidagi davrlarga bo'lib 

o'rganiladi. 


1. 

Neonatal o'lim

 - 1 oygacha bo'lgan bolalar 

o'limi,aniqrog'i birinchi 28 kunlik hayotidagi o'lim ( 

0-27 kun 11 soat). 

Neonatal o'lim ko'rsatkichi 

 =    

0-27 kunlik  davrda o'lgan chaqaloqlar x 1000



  

tirik  tug'ilgan  bolalar soni 



a) 

Erta neonatal o'lim ko'rsatkichi

  

Erta neonatal o'lim ko'rsatkichi  



0-6 kunlik  (168 soat) davrda o'lgan chaqaloqlar x 1000 

 tirik  tug'ilganlar soni 


b) 

Kech neonatal o'lim ko'rsatkichi

  

Kech neonatal o'lim ko'rsatkichi 



 = 

2-4 xaftalik  davrda  o'lgan bolalar x 1000 

tirik  tug'ilganlar soni 


2. 

Postneonatal o'limga bir oylikdan bir 

yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi   kiradi. 

Postneonatal o'lim ko'rsatkichi  

=                     

           1-12 oylikda o'lgan bolalar soni x 1000 

            tirik  tug'ilgan   bolalar – bir oylik   

           bo'lguncha (0-27 kun) o'lgan bolalar soni 



Perinatal o'lim ko'rsatkichi  

o'lik  tug'ilganlik ko'rsatkichi va barvaqt o'lim   

ko'rsatkichlarning oddiy yig'indisidan iborat emas, 

chunki bu ko'rsatkichlarni hisoblash uchun bir-biridan 

farq qiladigan asoslar olinadi. 

Perinatal davrga homiladorlikning 28 haftasidan boshlab 

to chaqaloq  7  kunlik  bo'lgancha bo'lgan davr kiradi.  


Perinatal o'lim ko'rsatkichi   

  =   


 

o'lik  tug'ilganlar bilan, bir hafta 

 ichida o'lganlar sonining yig'indisi  x  1000  

tirik  va o'lik  tug'ilganlar soni

  


Nazorat savollari. 

1. Axoli statikasi nimani o'rganadi; 

2. Migratsiyaning qaysi formalarini bilasiz; 

3. Migratsiya jarayonlari qanday axamiyatga ega; 

4. Axoli o'limni xisoblash uchun qanday ma'lumotlar zarur; 

5. Bir yoshgacha bolalar o'limini ko'rsatkichlarini xisoblash uchun qanday 

ma'lumotlar zarur. 

6. Perinatal o'lim o'z ichiga nimalarni qamrab oladi. 

7. Perinatal o'lim ko'rsatkichini xisoblash uchun qanday ma'lumotlar zarur. 

8. Bir yoshgacha bolalar o'limiga sabab o'luvchi yetakchi 5 ta omillar 

nimalardan iborat 

9. Umrning o'rtacha uzunligi deganda nimani tushuniladi 



10. O'lim (yashash) jadvali deb nimaga aytiladi. 

Download 46.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling