Mavzu №6 Demografiya, uning tibbiy-ijtimoiy kirralari
Download 46.85 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining yillik ortacha soni aniqlangandan song tuman, viloyat, shahar, respublika boyicha aholining
- Postneonatal olim korsatkichi =
Mavzu № 6 Demografiya, uning tibbiy-ijtimoiy kirralari Demografiya – (yunoncha demos – aholi, grafiya – o'rganaman) aholi va uning rivajlanishi haqidagi fan.
Demografik statistika aholining soni, tarkibi, tug'ilishi, o'limi, ko'payishi, harakati haqidagi asosiy qonuniyatlarni o'rganadi. Demografik ma'lumotlar aholining tibbiy yordamga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun, uni rejalashtirishda katta ahamiyatga ega (muqim shifoxonadagi o'rinlar soni, poliklinikadagi lavozimlar, shtatlar, yasli, sanatoriyalardagi o'rinlar soni, vrachlar va o'rta tibbiyot xodimlarining, dorixonalarning soni va boshqalar). Aholi, sog'liqni saqlash muassasalar uchun bevosita sog'lomlashtirish ishlari olib boriladigan ob'yekt hisoblanadi. Demografiya ikkita asosiy qismdan iborat: 1. Aholini statikasi, boshqacha qilib aytganda aholining ma'lum bir vaqtda olingan soni, tarkibi ( jinsi, yoshi, kasbi, mashg'uloti, oilaviy ahvoli, millati, tili, ma'lumoti), turar joyi, geografik joylanishi, zichligi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
2. Aholi dinamikasi (harakati) - aholi sonining o'zgarashi. U o'z navbatida ikki xil bo'ladi: a) mexanik harakat; b) tabiiy harakat (tug'ilish va o'lim natijasida).
Aholi statikasi haqidagi ma'lumotlarni olish uchun asosiy manba bo'lib davlat tomonidan davriy ravishda o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olish hisoblanadi. Chor Rossiyasi davrida birinchi marta aholini ro'yxatga olish 1897 yilda o'tkazilgan. Sobiq Ittifoq davrida 1920y., 1926y., 1936y., 1959y., 1970y. va 1989 yillarda davlat tomonidan umumaholi ro'yxati o'tkazilgan. Oxirgi aholi ro'yxati 1989 yil 12 yanavarda o'tkazilgan. Aholi statikasi haqidagi ma'lumotlarni olish uchun asosiy manba bo'lib davlat tomonidan davriy ravishda o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olish hisoblanadi.
Aholi ro'yxati lahzalik prinsipiga asoslangan bo'lib, u aniq bir kun va soatda, aholi eng kam harakat qiladigan payti, qish faslining dekabr yoki yanvarida o'tkaziladi va u barcha aholini ro'yxatdan o'tkazishga asoslangan. Aholini ro'yxatdan o'tkazish barcha territoriya bo'yicha bir xil dastur va reja asosida bevosita so'rov usullari orqali amalga oshiriladi. Aholini ro'yxatdan o'tkazish juda katta mehnat, kuch, mablag'ni talab qilganligi uchun ham odatda 10 yilda bir marta o'tkaziladi. 1.01.1999 yilga jahon aholisi 5 milliard 961 million 628ming kishini tashkil etgan bo'lsa, shundan Xitoy aholisi 1 milliard 273 million 640 ming kishini (jahon aholisining 21,3% tashkil etdi), Hindiston aholisi 276 million 218 ming, Braziliya- 167million 988ming, Rossiya aholisi 147 million 196 ming kishini tashkil etdi. 2003 yil 1 yanvarga O'zbekiston aholisi 25,4 mln kishini tashkil etgan holda, undan ayollar 50,1 %, erkaklar 49,9 % ni tashkil etdi. O'zbekiston aholisining 36,7 % aholisi 15 yoshgacha bolalarga to'g'ri keldi. Qishloq aholisining soni esa 63,3 % ni tashkil etdi.
Aholi dinamikasi (harakati). Aholining ichida tabiiy va mexanik (migratsiya jarayonlari) harakat farqlanadi. Aholining tabiiy harakati deganda, asosiy demografik jarayon tug'ilish va o'limning natijasida ma'lum bir territoriyada aholi sonining o'zgarishi tushuniladi.
Migratsiya Migratsiya deganda esa aholining bir davlat ichida yoki bir davlatdan ikkinchi davlatga mexanik ravishdagi harakati tushuniladi. Migratsiyaning har xil formalari bo'lib birinchi navbatda tashqi migratsiya – davlatlararo va ichki migratsiya – bir davlatning ichidagi harakat tushuniladi. Ichki migratsiya ham ikki xil bo'ladi. Masalan: doimiy yashash joyini o'zgartirish natijasidagi harakat va mavsumiy migratsiya – aholining ma'lum bir vaqtdagi (mavsumdagi) harakati va boshqalar. Migratsiya jarayonlari katta ijtimoiy - gigiyenik va epidemiologik ahamiyatga ega:
a) aholining mexanik harakati ma'lum bir territoriyada aholining son jihatdan ko'payishiga, boshqa bir territoriyada esa kamayishiga, aholining yoshi, jinsi, kasbi bo'yicha tarkibini o'zgarishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida sog'liqni saqlash muassasalarining faoliyatini ko'rib chiqishni talab etadi;
b) aholining mexanik harakati, ayniqsa davlatlararo migratsiyasi natijasida u yoki bu davlatda yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga olib keladi. Aholining tabiiy harakati 1.Tug'ilish ko'rsatkichlari 2. O'lim ko'rsatkichlari 3. Aholining tabiiy o'sish
ko'rsatkichi Demografik ko'rsatkichlarni taxlili Aholi soni Aholi soni esa yilning oxiriga yoki boshiga olingan bo'ladi. Shuning uchun ham demografik ko'rsatkichlarni taqqoslash imkoniyatiga ega bo'lish uchun birinchi navbatda o'rtacha aholi sonini keltirib chiqarish kerak. Ko'pincha aholining o'rtacha soni sifatida uning yil boshidagi (1.01) va yil oxiridagi (31.12) sonining yig'indisini yarmi olinadi.
Aholining yillik o'rtacha soni aniqlangandan so'ng tuman, viloyat, shahar, respublika bo'yicha aholining tabiiy harakatini tashkil etuvchi asosiy tibbiy - demografik ko'rsatkichlar hisoblanadi: 1.Tug'ilish ko'rsatkichlari a) umumiy tug'ilish ko'rsatkichi = tirik tug'ilganlar soni x 1000 aholining yillik o'rtacha soni b) umumiy serpushtlik ko'rsatkichi =
tirik tug'ilganlar soni x 1000 15-49 yoshli ayollar soni
v)
nikohdagi ayollarning serpushtlik ko'rsatkichi = nikoxdagi ayollardan tirik tug'ilgan bolalar soni x1000 15-49 yoshli nikoxdagi ayollar soni
g) Ayollar yoshlari bo'yicha tug'ilish ko'rsatkichi – bu ko'rsatkich 15-49 yoshli ayollarda bir yoki besh yillik intervallarda o'rganiladi. Masalan: 20 dan 24 yoshgacha bo'lgan ayollar orasidagi tug'ilish ko'rsatkichi quyidagicha hisoblanadi: 20-24 yoshli ayollardan tirik tug'ilgan bolalar soni x1000 20-24 yoshli ayollar soni
2. O'lim ko'rsatkichlari a) umumiy o'lim ko'rsatkichi = o'limlar soni x 1000 aholining yillik o'rtacha soni b) ayrim yoshlar bo'yicha o'lim ko'rsatkichi =
shu yoshdagi (20-24 yosh) aholining o'rtacha yillik soni v) alohida kasalliklar bo'yicha o'lim ko'rsatkichi = alohida olingan kasallikdan o'lganlar soni x 1000 aholining yillik o'rtacha soni g) o'lim sabablarining tarkibi = aloxida olingan kasallikdan o'lganlar soni x 100 ja'mi o'lganlar soni 3. Aholining tabiiy o'sish ko'rsatkichi Aholining tabiiy o'sish ko'rsatkichi =
umumiy tug'ilash ko'rsatkichi – umumiy o'lim ko'rsatkichi. Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limini ko'rsatkichlarini hisoblash usullari
Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi ko'rsatkichi = Joriy yilda 1 yoshgacha o'lgan bolalar soni x1000 Joriy yilda tirik tug'ilgan bolalar soni
Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi quyidagi davrlarga bo'lib o'rganiladi.
1. Neonatal o'lim - 1 oygacha bo'lgan bolalar o'limi,aniqrog'i birinchi 28 kunlik hayotidagi o'lim ( 0-27 kun 11 soat). Neonatal o'lim ko'rsatkichi = 0-27 kunlik davrda o'lgan chaqaloqlar x 1000 tirik tug'ilgan bolalar soni a) Erta neonatal o'lim ko'rsatkichi
Erta neonatal o'lim ko'rsatkichi = 0-6 kunlik (168 soat) davrda o'lgan chaqaloqlar x 1000 tirik tug'ilganlar soni
b) Kech neonatal o'lim ko'rsatkichi
Kech neonatal o'lim ko'rsatkichi = 2-4 xaftalik davrda o'lgan bolalar x 1000 tirik tug'ilganlar soni
2. Postneonatal o'limga bir oylikdan bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi kiradi.
1-12 oylikda o'lgan bolalar soni x 1000 tirik tug'ilgan bolalar – bir oylik bo'lguncha (0-27 kun) o'lgan bolalar soni Perinatal o'lim ko'rsatkichi o'lik tug'ilganlik ko'rsatkichi va barvaqt o'lim ko'rsatkichlarning oddiy yig'indisidan iborat emas, chunki bu ko'rsatkichlarni hisoblash uchun bir-biridan farq qiladigan asoslar olinadi. Perinatal davrga homiladorlikning 28 haftasidan boshlab to chaqaloq 7 kunlik bo'lgancha bo'lgan davr kiradi.
Perinatal o'lim ko'rsatkichi =
o'lik tug'ilganlar bilan, bir hafta ichida o'lganlar sonining yig'indisi x 1000 tirik va o'lik tug'ilganlar soni
Nazorat savollari. 1. Axoli statikasi nimani o'rganadi; 2. Migratsiyaning qaysi formalarini bilasiz; 3. Migratsiya jarayonlari qanday axamiyatga ega; 4. Axoli o'limni xisoblash uchun qanday ma'lumotlar zarur; 5. Bir yoshgacha bolalar o'limini ko'rsatkichlarini xisoblash uchun qanday ma'lumotlar zarur. 6. Perinatal o'lim o'z ichiga nimalarni qamrab oladi. 7. Perinatal o'lim ko'rsatkichini xisoblash uchun qanday ma'lumotlar zarur. 8. Bir yoshgacha bolalar o'limiga sabab o'luvchi yetakchi 5 ta omillar nimalardan iborat 9. Umrning o'rtacha uzunligi deganda nimani tushuniladi 10. O'lim (yashash) jadvali deb nimaga aytiladi. Download 46.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling