Mavzu: a + b, a-b ifodaning qiymatini topish. Darsning maqsadi: Ta'limiy


Download 1.37 Mb.
bet1/3
Sana25.05.2020
Hajmi1.37 Mb.
  1   2   3

Mavzu: a + b, a-b ifodaning qiymatini topish.

Darsning maqsadi:

1. Ta'limiy:

a) harfli ifodalar bo’yicha misollar tuzish va uni yechishni o’rgatish, tenglamalar yechish, uch xonali sonlarni bo‘lish va ko’paytirish mavzuni mustahkamlash, misol va masala yechish ko’nikmalarini hosil qilish;

b) masalalar yechish malakalarini rivojlantirish.

2. Tarbiyaviy:

a) o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini oshirish, olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish.

3. Rivojlantiruvchi:

a) mustaqil ishlash ko’nikmasini rivojlantirish, hamkorlikda ishlashga o’rgatish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;

axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;

Dars tipi: bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma hosil qilish, malakalarini shakllantirish.

Dars uslubi: Og'zaki savol-javob, “Limonlarni ter”, “Zinama-zina”, “Kimning uyi qayerda” didaktik o’yinlari.

Dars jihozi: Kompyuter, televizor, turli rasmlar, kartochkalar, darslik.



Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

O’qituvchi: Salom aziz bolalar,

Bog’dagi gul-lolalar.

Bugun hamma sog’lommi,

Darsga barcha tayyormi.



O’quvchilar: Ustoz bizlar sog’lommiz,

Darsga doim tayyormiz.



O’qituvchi: Har narsadan xabarchi,

Sinfda kim navbatchi?



O’quvchi: Har narsadan xabarchi,

Sinfda men navbatchi.

Sinfda ___ o’quvchi bo’lib,

Barchasi darsga tayyor



Bizning shior:

Ko’p o’qigan, ko’p bilar.

O’qituvchi: Rahmat aziz bolalar. Darsning oltin qoidalarini eslab olamiz.O’quvchilar qoidalarni aytadilar.



O’qituvchi: Hozir darsimiz nima?

O’quvchi: Matematika fanlar ichra shohdir,

Aqlli o’quvchi bundan ogohdir.



O’qituvchi: Matematika faniga kim asos solgan?

O’quvchi: Matematika budir mo’jiza,

Al-Xorazmiy bobom asos solgan.

Har qadamda duch kelamiz,

Hisob –kitob shundan qolgan.

Matematika bo’yicha davlat ta’lim standartlari so’raladi. O’quvchilar javob beradilar.

O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.


    1. 1.Topqirlar

    2. 2.Zukkolar

3.Bilimdonlar

“Zamon bilan hamnafas” o’yini orqali oynai jahonda yoritib borilayotgan eng so’nngi habarlar bilan tanishtiradilar.

5 ta tashabbus haqidagi bilimlarini namoyish qiladilar











    1. Download 1.37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling