Mavzu: Abu Rayhon Beruniyning milliy merosi


Download 31.18 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi31.18 Kb.
#1023089
Bog'liq
QO\'QON DAVLAT P-WPS Office


QO'QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI

MILLIY G'OYA MANAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TALIMI yo'nalishi

Mavzu: Abu Rayhon Beruniyning milliy merosi

Bajaruvchi:


02/19 guruh talabasi Maxmudov Sh.

Ilmiy rahbar: Oripov E
MUNDARIJA

Kirish…………………………………………………...….…………………….…………..3 


І BOB. Beruniyning ilmiy izlanishlari……………………………………………..…...6 
1.1 
Abu Rayhon Beruniyning manavi-ma`rifiy qarashlari…………………...…….…………..….6 
1.2 
Abu RayhomBeruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari………………………...……………..……12
ІІ BOB. Abu Rayhon Beruniy inson kamoloti tarbiyasi masalasida……………..…..……….….…..13 
2.1 Abu RayhonBeruniy odob-axloq haqida……………………………………………………………13 
2.2 Abu Rayhon Beruniyning didaktik g`oyalari………………………………………….……………..18
Xulosa……………………………………………………………………………..………27
Foydalanilgan adabiyotlar……………………....................................................................29
KIRISH
Mavzuning maqsadi. 

Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi zamon fani uchun ham katta qiziqish uyg’otadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta egallagan olim edi. Ana shu yo’sinda har xil fanlarning haqiqatlarini tasdiqlash va tеkshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning olim va mashhur tabiatshunos sifatidagi asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning tabiiyilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan Beruniyning merosini tadqiq qiluvchi ko’pgina olimlarning 


e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi bo’lgan. Bizning o`z oldimizga qo`ygan maqsadimiz esa, bunday ulug` zotlarning hayot yo`li va qoldirgan merosini to`liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyondalari timsolida ma`rifat, ilmu-fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o`zida uyg`unlashtirgan xalqimizning ma`naviy olami naqadar boy va rang barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir.
Mavzuning vazifalari. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun oldimizga quyidagi 
vazifalarni quydik.
1. Beruniyning ilmiy izlanish davrini o`rganish.
2. Abu Rayhon Beruniyning ma`rifiy qarashlarini ilmiy tadbiq etish 
3. Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini ta`lim jarayonida qo`llash 
4. Beruniy inson kamoloti tarbiyasi masalasida aytilgan o`gitlarini yoshlar qalbiga 
singdirish 
5. Beruniy odob-axloq haqida yozgan kitob va qo`llanmalaridan unumli foydalanish 
6. Beruniyning didaktik g`oyalaridan ta`lim jarayonida foydalanish 
7. Fan va texnikadagi yutuqlarini ilmiy asoslangan holda ta`limga tadbiq etish. 

І BOB. ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY IZLANISH DAVRI

1.1 
Аbu Rayhon Beruniyning m`rifiy qarashlari 

O`rta asrning buyuk qomusiy olimi, beqiyos aql-zakovat sohibi Beruniy fanlarning va 


ijtimoiy hayotning juda ko`p jiddiy muammolarini to`g`ri hal qilib, shular asosida ko`plab ilmiy asarlar yaratgan ulkan donishmanddir. U falsafa, ijtimoiyot, tarix va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo`shgan. Аbu Rayhon ibn Ahmad Beruniy 973yilda O`rta Osiyoning yirik madaniyat markazi ― Xorazmning Kot (hozirgi Beruniy shahri) atrofida tug`ildi. U o`z yurtida tahsil ko`rgan. Bir necha tillarni va falsafa, falakiyot ilmi, matematika fanlarini mukamma o`rgangan, botanika, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlarga ham qiziqqan. Beruniy Markaziy osiyolik buyuk matematik va falakiyotshunos olim Abu Nasr Ibn Iroqni ustoz deb bilgan. U yoshlik chog`idanoq fanda, ayniqsa, falakiyot ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Masalan, 16 yoshida mustaqil holda falakiyotshunoslikka oid kuzatishlar oli brogan va ma`lum natijaga erishgan. 21 yoshida esa o`zi yasagan asbob yordamida ekliztikaning ekvatorga og`ish burchagini aniqlagan. Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, sug’d, fors, suryoniy, yunon ibroniy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o’rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, falsafa, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi. Beruniy yirik olim Abu Nasr ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta`limotlaridan dars olgan. Bundan tashqari, o’zidan oldin o’tgan Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, Ahmad Farg’oniy, Marvaziy, Javhariy, Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy, seyistonlik Abu Said asSijiy, Abu Muhammad Hamid Xo’jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o’rganadi. 995yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo`lib globus yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar). O’sha davrda Kaspiy bo’yi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrixohlik ko’rsatadi. «Shamsalmaoliy» («Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo`lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy «Qаdimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O’rta Sharqqa mashhur qildi. Beruniy bu yerda «Xorazmning mashhur kishilari», «Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash» аsarini yaratdi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda paleontologik kuzatishlar 
natijalari ham bayon qilingan. 995-yilda Kot shahri Gurgonj amiri Ma`mun І tomonidan bosib olindi. Xorazmda hukmronlik qilayotgan afrig`iylar sulolasi qulatilib, shahar vayron qilindi. Bunday sharoit 
Beruniyni vatanini tashlab ketishga majbur etgan. U panoh qidirib avval Rayga (hozirgi Tehron tarkibida),so`ngra Jurdonga boradi. Jurdon hokimi Qobus ibn Vushmagir Beruniyni olim sifatida g`oyat qadrlagan. Bir rivoyatga ko`ra, u Beruniyni katta mansabga taklif qilganida Beruniy bu mansab o`zini ilmfandan chetlab qo`yishini aytib, taklifni qabul qilmagan. 1004yili Beruniy Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi etib taynlanadi. Ma'mun davrida Urganchda «Majlisi ulamo» «Ma'mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Shаrqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadilar. Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tаdqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi.1017-1018-yillari yana taxt va hokimiyat uchun kurash boshlanib, Movarounnahrda Qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xurosonda Mahmud G’aznaviy (998-1030) hukmronligi o’rnatilib, qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xorazm Mahmud G’aznaviy 
davlatiga tobe bo’ladi. Ma'mun akademiyasidagi ko’plab olimlar qatori Beruniy ham G’aznaga olib ketiladi va u yerda ijodini davom ettiradi. Jurjonda Beruniy o`zining mashhur “Alosorul boqiya an il qurun ul holiya” nomli (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik”) asarini yozadi. Unda yunonlar, forslar, arablar,so`g`diylar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning taqvim tizimi mufassal bayon qilingan. Shuningdek falakiyot va matematikaga oid masalalarga ham katta e`tibor berilgan. O`rta Osiyoning tarixi va madaniyati haqida qiziqarli ma`lumotlar keltirilgan. 1004yilda Beruniy o`z vataniga qaytib, Urganchda ilmfanga homiylik qilayotgan Xorazmshoh Ma`mun ІІ (1009―1017) atrofida mashhur olimlar, jumladan, Sino, Beruniyning ustozi Аbu Nasr ibn Iroq, tabib Аbu Sahl Masixiylar safiga qo`shiladi. Ulаr fanning turli sohalarida ish olib boradilar. Beruniy ana shu ilmiy doirada muhim rol o`ynagan. 1017yilda Xorazm Ibn Mаhmud G`аznaviy tomonidan bosib olindi. U qurol kuchi bilan yirik saltanat barpo qiladi, o`z poytaxti G`aznaga Xorazmshoh saroyidagi olimlar bilan birga Beruniyni ham olib ketadi. To`xtovsiz urushlar natijasida Mahmud G`aznaviy Shimoliy Hindistonni bosib olib, uning aholisini qirg`in qildi. Beruniy bu harbiy yurishlarda sultonga hamrohlik qilishga majbur bo`ldi. Buyuk olim o`n uch yil davomida Hindistonda bo`lib, uning tarixi, madaniyati va fanini o`rgandi. U qadimiy hind tili ― sanskritni o`zlashtirib, shu tilga bir necha qadimgi yunon mumtoz asarlarini, shu jumladan, Evklidning “Negizlar”i va Ptolomeyning “Аlmagesta”, o`zining astrolyabiy haqidagi risolasini tarjima qilgan. Beruniy hindlarning hayotini sinchkovlik bilan kuzatdi va ularning adabiyotini, madaniy boyligini mukammal o`rganib, “Hindiston” asarini yaratdi. Undа shu mamlakatning falsafasi, tarixi, geografiyasi, aholisining etnik tarkibi, urfodati, e`tiqodlari haqida boy ma`lumotla 
to`plangan. “Hindiston” butun o`rta asr fanidagi mislsiz asardir. Shu asar orqali Beruniy ko`z oldimizda faqat tarixchi, geograf, falakiyotshunos, lingvist va faylasuf 
olim sifatidagina emas, buyuk insonparvar pedagog irqiy va diniy xurofotlarga qarshi kurashgan ma`rifatparvar sifatida ham gavdalanadi. Beruniyning yana bir muhim 
asari «Munajjimlik san'atidan boshlang’ich 
tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushunchalar, ma`lumotlar bergan. Mahmud G’aznaviyning Hindistonga yurishlarining birida Beruniy ham hamroh bo’lib boradi. U sanskritni bilganligi uchun hind xalqi madaniyati, adabiyoti va san'ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi .

Kitobning to’liq nomi «Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan talimotlarini 


aniqlash kitobi» bo’lib, aytishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha «Hindistonga oid tadqiqlar» yoki «Hindiston» deb yuritiladi. 
Akademik V.R.Rozen asarni «Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun 
ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo'q», deb baholaydi. Hindiston olimi Hamid Rizo esa, olim haqida gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini bironbir o’rta asr yoki hozirgi zamon muallifi Abu Rayhon Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib yetmagan. Uning«Hindiston» asari qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik namunasi bo’lib qoladi», deydi. Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o’z ifodasini topgan. 1030yili Mahmud G’aznaviy vafot etadi. Uning kichik o’g’li Muhammad voris 
sifatida taxtga o’tirgan bo’lsada, ko’p o’tmay Mahmudning katta o’g’li Mas'ud (1030-1041) ukasini taxtdan ag’darib, o’zi hokimiyatni qo’lga oladi. Bilimdon va zukko, ilm ahliniqadrlovchi Mas'ud Beruniyni o’z himoyasiga olib, uning ijod qilishiga sharoit yaratib beradi. Beruniy astronomiyaga oid «al-Qonun alMas'udiy» («Mas'ud qonuni») nomli yirik asarini shox Mas'udga bag’ishlaydi. Olimlar bu asarni matematika va astronomiyaga oid ungacha yozilgan barcha asarlardan yuqori qo’yadilar. Arab olimlaridan Yoqutning yozishicha: «Mаs'ud qonuni» kitobi matematika va astronomiya bo’yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o’chirib yuborgan». Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.
O’quvchiga bilim berishda:
- o’quvchini zeriktirmaslik; 
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; 
- uzviylik, izchillik; 
- tahlil qilish va taqqoslash; 
- ma`lumdan noma'lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish; 
- takrorlash; 
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etishga e'tibor berish kerakligio’qtiriladi.Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barchaboyliklarni qunt bilan o’rganishga da'vat etadi. Abu Rayhon Beruniy 1048-yil vafot etdi. U o`zidan keyingi avlodlarga g`oyat boy ilmiy meros qoldirdi. O`rta asr arab tarixchisi va geografi Yoqut Hamaviyning (XIII asr) yozishicha, Beruniy falakiyotshunoslik, mantiq, falsafa va boshqa fanlar bo`yicha yozgan asarlari nomlarining o`zi oltmish sahifani tashkil qilgan. Uning turli hajmdagi 150 ta asarlari hozirgi kunda aniqlangan, lekin shulardan 30 tasigina bizgacha yetib kelgan. Ulug` olimning turli fanlarga doir asarlari orasida uning ijtimoiy ta`limotlari, dunyoqarashi ifodalangan asarlari alohida o`rin tutadi. Masalan, “Kitob fi axborotil mubayyizot vilqaromita” (“Oq kiyimliklar va karomatiylar xabarlari haqida kitob”), “Kitobul maqolot 
valarz vaddiyonot” (“Maqolalar, e`tiqodlar va dinlar haqida kitob”), “Geodeziya”, 
“Mineralogiya” asarlari ana shular jumlasidandir. 
1.2 

Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari 


Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muayyan diniy cheklanishlariga qaramay, o`sha paytdagi hukmron islom aqidalaridan birmuncha yuqori turardi.U fanning qaysi sohasiga murojaat etsa, uning mustaqil mavjudligini tushunishdan kelib chiqdi. Olim“Minerologiya” nomli asarida inson yer yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda mas`uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: “Inson tabiatning eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi… Insonga katta sharaf ko`rsatilgan ― unga aqlzakovat va kuch armug`on etilgan. Shu sababdan, insonning 
ma`naviy qiyofasi uning oldiga qo`yilgan vazifalarga mos bo`lishi uchun u yuksak axloqli, bilimli, ma`rifatli bo`lmog`i darkor”.
Beruniyning ijtimoiyfalsafiy qarashida odam tanasidagi a`zolarning birbiriga zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman xattiharakat va fe`latrof mavjudligi asoslangan. “Odam, ― deydi Beruniy, ― tabiati jihatidan bir-biriga zid a`zolar 
qo`shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va shuning uchun uning holati o`z fe`l-atvofiga ko`ra xilma
xil bo`ladi. Beruniyning fikricha, odamlarning qiyofasi birbiriga o`xshasada, ular ayni chog`da birbiridan farq qiladi. Bu farq ularning mijozi, fe`latvori va tabiiy xususiyatlarida namoyon bo`ladi”. Beruniy irqiy tafovutlaridan qat’iy nazar, odamlar o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikning kuchi insoniyat baxtsaodatining poydevori deb hisoblanadi. U jamoatchilik, axloqodob, go`zallik qoidalariga rioya qilish har bir odamning burchi ekanini ta`kidladi. Beruniy o`z asarlarida ta`limning ko`rgazmaliligi, izchil, maqsadga muvofiq bo`lishi kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o`rtasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan. Beruniy o`z dunyoqarashida Xudoga ishonish har bir musulmonning vazifasi deb tushungan va oliyjanob insonning burchi islom qonun-qoidalariga rioya etishdangina iborat emas, balki yaxshilik qilishdan ham iboratligini uqtirgan. “Yaxshilik qilish, ― degan edi Beruniy, ― umuman hammaga va xususan o`z qarindoshlariga zaiflik chog`ida ― yaxshi istak bilan, iloji bo`lganda esa amaliy ish bilan yaxshilik tilashdir”.
Beruniyning ijtimoiyfalsafiy qarashlarida
nafsini tiyish haqidagi g`oyalar alohida o`rin olgan. Beruniy ilmfanning muxlisi va buyuk homiysi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilmfanning gullashiga bog`liq, odamlarning baxti esa uning ma`rifatida deb bilgan. Ma`rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bo`lgan. 

II BOB. ABU RAYHON BERUNIY INSON KAMOLOTI TARBIYASI MASALASIDA 

2.1 Beruniy odob-axloq haqida 
Inson kamoloti tarbiyasi masalasi o`tmishdagi faylasufmutafakkirlar ijodida ma`lum darajada ifodalangan bo`lsada Beruniy uni yanada rivojlantirgan va to`g`ri asoslagan. Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog’laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir. 
Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbyaning muhim o’rnini ta'kidlashini uning 
yuqorida qayd etilgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», 
«Mineralogiya», «Kitob as-Saydana», «al-Qonuni alMas'udiy», «Giodeziya» va boshqa asarlarida ko’ramiz. Beruniy fikricha, axloqlilik insonning eng asosiy sifati bo’lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o’zaro muloqoti, ijtimoiy muhit jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi. 

Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda ta'rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi kurash natijasida namoyon bo`ladi va tarkib topadi, deydi u. Yaxshilik va yomonlik insonning xulqatvorini belgilaydigan mezondir. Insonning axloqiy kamolg yetishi muammosi ta`limtarbiyada markaziy masala bo’lib kelgan. Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka yetishga to’sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg’onchilik, munofiqlik, manmanlik, takabburlik kabi nuqsonlarni qoralaydi, boylikka ruju qo`yish va ta'magirlik, g’azab va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi. Mutafakkir jamiyatda adolat o’rnatish, uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli hukmdor 


bo’lishi kerak, deydi. Beruniy insonning kamolotga erishuvi tajribaga tayanuvchi aq-idrokka amal qilishdan boshlanishini, inson tashqi dunyoni bilishga qobilligini, shu asosda bilim olishni, haqiqatni izlashini, haqiqat esa uning to`gri his tuyg`ularini taqozo etishini va shularning hammasi inson shaxsi kamol topishining bosh yo`li ekanini bayon qilgan. Shuningdek, inson katta nuqsonlardan doimo yiroq bo`lishi zarurligini, bunday nuqsonlar bilimsizlik, yolg`onchilik,molu dunyoga hirs qo`yish, munofiqlik, xushomadgo`ylik, nafsni tiymaslikdan iboratligini uqtirgan. Olim inson axloqini shakllantiruvchi vosita mehnat, deb hisoblaydi. Uning fikricha, aqlidrok va mehnatning jamlanishigina kishilarning to`g`ri hayoti va pok axloqini belgilab beradi. U o`zining “Metereologiya”, “Feruza”, “100 hikmat”, “Ayol makri” va bir qator yozgan hikmatlar, naqllar va she`rlarida axloqiy tarbiyaning bosh mezoni mehnat tarbiyasi ekanini asoslab berdi. Mehnat inson qalbida muruvvat hissini uyg`otadi. Beruniyning muruvvat haqidagi g`oyasida xayrixoh bo`lishlik, halol, haqgo`y va boylik orttirishga intilmaydigan o`z mehnati hamda o`zgalarning mehnatini hurmatlaydigan sifatlarni nazarda tutgan edi. Beruniy bolalarni axloqiy barkamolligi va yomon fazilatlardan saqlashda quyidagi tarbiya usullarini olg`a surgan edi: 
1. O`rnak olish. Donishmand va olimlar xulqlaridan o`rnak olish yaxshi xulqni 
rivojlantiradi, yomon odatlarni yo`q qiladi U ko`proq otaonalarni farzandlariga o`rnak bo`lishga chorlaydi. 
2.Pand va nasihat. Beruniy pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni anglatish zarur, deb hisobladi va u quyidagi fikrlarni bayon qildi: “Odamlar o`rgangan, odatlangan va ko`pchilikka ma`qu bo`lgan narsaga qarshilik ko`rsatmasdan o`rganish kerak”. Yaxshi xulqlar yaxshilik alomatidir, yomon xulqlardan bolalarni saqlamoq lozim. Ayniqsa, maqtanish, buzuq niyatlilik, chaqimchilik, besabrlik, nafs balosi, yolg`onchilik va boshqalar. Beruniy yolg`on doim rostdan yengiladi, degan edi. Shuning uchun rostgo`ylik fazilatini hamma o`ziga mujassam qilishni orzu qilgan. Lekin u o`zini naqllaridan birida shunday yozgan edi: yolg`onchilikkka shu qadar o`rganganlar borki, ulardan nogahon: ―Ros gapirib qo`yishdan qo`rqmasam yo`q de edim, ― degan javob eshitasiz. Bunday 
kishilar adolatdan chetga chiqib, o`zlarin xafvga tashlagan bo`ladilar. Rostgo`ylik 
barkamol insonning yuksak fazilatidir. 

2.2 Beruniyning didaktik g`oyalari 

Nihoyatda keng bilimli va o`tkir mushohadali, ilmning turli sohalarini mukammal 
egallagan Beruniy yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash masalalariga ham jiddiy e`tibor bergan. U pedagogika bo`yicha maxsus asar yozmagan bo`lsada, falsafa, psixologiya, ijtimoiy masalalarni tahlil qilishda ta`lim-tarbiya, ilm-ma`rifat va odob-axloq haqidagi fikrlarini asosli ravishda bayon etgan. U eng avval, insonning baxti va fazilati ilmdadir, degan g`oyani ilgari surgan. Beruniy ilmlar insonning ehtiyojidan paydo bo`lganini aytib, ularni quyidagicha ta`riflagan: “Musiqa ― insonga kuchli ta`sir etib, yoqimli kayfiyat bag`ishlaydi; til― nutqning tarozisi va muomala qurolidir; geodeziya ― harakatsiz yulduz va quyosh orqali shaharlarning joylashishini mukammal o`rgatadi; geologiya, geografiya va gidrologiya ― yer haqidagi fanlardir; geometriya ― jismlarning shakllarini; falakiyot ― koinot sirlarini; minerologiya ― javohir va la`llarni o`rgatadi; dorishunoslik ― tibbiyot ilmlaridan xabardor qiladi. Beruniy fanlarni ta`riflash bilan birga ularni o`qitishning quyidagi muammolarini bayon etgan: Ta`limda o`qituvchini zeriktirmaslik uchun o`rganiladigan fanlarni almashtirib turish kerak. O`quvchi fandan fanga o`tib tursa turli bog`larda yurganga o`xshaydi. Birini ko`rib 
ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u “Harbir narsada o`ziga o`ziga yarasha lazzat bor” deyilganidek, ularga qiziqadi va o`qishni istaydi. Bir narsaning bayoni bolani charchatadi va xotirasida hech nimani saqlay olmaydi. Beruniy ilmni quyidagi uch yo`l bilan hosil bo`lishini alohida uqtirgan: 1. Har bir ilm va san`atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shuni to`g`ri 
boshlash zarur. 
2. Ilm boshlanish joyiga yaqinlashgan sari to o`ziga borib yetguncha soddalashtirib borish. 
3. Ilm o`rganish va sabrni talab etadi. Shoshilish kerak emas. Beruniy ilm ahlini hurmat qilinsagina, ilmlar yanada rivojlanib ketishini qaytaqayta uqtirgan edi. O`zi esa juda ko`p olim va podsholarga saboq ham bergan. Beruniyning tolmas zakovatidan Sulton Mas`ud ham bahra olgan, ya`ni undan falakiyotshunoslik ilmini o`rgangan. Beruniy tahlilidagi darsliklar g`oyat tushunarli, sodda bo`lib, ilmga cheksiz muhabbat uyg`otgan. Beruniy Sulton Mas`udga bolalar uchun kitob yaratishda quyidagilarga e`tibor berish zarurligini aytgan: 

1. Kitob yozgan muallif uni o`qishli qilib yoza bilishi kerak 


2. Bunday kitoblar ko`p bilimlarni jamlagan va mutolaa uchun qulay, yengil o`qiladigan bo`lishi lozim. 
3. Hozirgi munajjimlarning kitob bitishlarida boshqa usul va iboralarni qo`llash 
zarur. Beruniy “Hindiston” nomli asarida hindlarning urf odatlari bilan birga, ularni
o`qitish usullari haqida ham qimmatli ma`lumotlarni keltirgan. Beruniy ilmsiz kishilarning ko`ngli xurofotga moyil bo`lishini, yolg`on xuddi suv yuzidagi ko`pikdek yo`q bo`lib ketishini ta`kidlab, ana shu fikrlarning to`g`riligini qator asarlarida turli voqea va hodisalarni bayon qilish orqali isbotlagan. Beruniyning fikricha, insonlar hayotidagi zarurat va ehtiyojlar ularda ilm olish uchun talablarni keltirib chiqardi. Shu talablarga ko`ra, ilm har xil tarmoqlarga bo`linadi. Ilm insonga boylik orttirish uchun emas, balki o`zi qiziqqan va zarur narsalarni bilish uchun kerak. 
Beruniy ilmni keyingi avlodlarga yetkazuvchi vosita til, deb hisoblagan va uning 
ahamiyatini asoslab bergan. “Til ― so`zlovchining istagini eshituvchiga yetkazadigan tarjimondir... Agar insondagi so`zlashquvvati hamma joyga shamol singari yoyilmaganda va zamonlarga narsalar singari o`tuvchi xat yozish san`atini keltirib chiqarmaganda o`tmish zamon xabarlarini keyingi avlod qayerdan bilar edi”, deb yozgan. 
Beruniy xat yozish tarixini quyidagicha bayon etgan: Islomshunos allomalar dastlabki paytlarda islom qoidalarini oshlangan terilarga yozganlar. Masalan, haybarli yahudiylar bilan tuzilgan shartnoma, payg`ambarning Eron podshohi Xisravga yozgan maktublari ham shunday terilarga yozilgan. Shunga o`xshash, Qur`on va Tavrot ham kiyik terisiga yozilgan edi. Asl qog`ozni samarqandlik bir asir olingan olim kashf etgan.
Beruniy “Hindiston” asarida kishilarning xatlariga quyidagicha fikrlar bildirgan edi. 
Hindlarning xatlari eskirib unutilgan, hech bir kishi bunga ahamiyat bermagan. Nihoyat, ular savodsiz bo`lib qolganlar. Natijada ular ilmdan uzoqlashganlar. Oqibatda V`yosa ibn Paroshara ular ishlayotgan ellikta harfni ijod etganlar. Ularga “ akshara” deb nom berganlar.Bani Isroilning hukmronlik davriga tog`ri kelgan edi. Keyinroq Komush va Lgenon haligiharflarni yunonlarga olib keldi. Olim Simonides bu harflarga yana 4 harf qo`shdi. Afinaliklar esa 24 ta harfdan foydalanganlar. Hindlarda (alifbeda) harflarning soni ancha ko`pdir. Abu Rayhon Beruniyning fikricha inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin insonning hayvondan tubdan farq qiladigan buxususiyati qanday bo`lganligini tushuntirganda Xudoga murojaat qilib, insonni Xudo azaldan shunday yaratgan deydi. Beruniyning ruhiy va moddiy extiyojlarning roli haqidagi fikri o`sha davr uchun nixoyatda qimmatli fikr edi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning moddiy ehtiyojlari rolini ko`ra oladi. Beruniyning fikricha, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va ijtimoiy holatini belgilaydi. Inson o`z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi deydi. Beruniy kundalik turmush masalalariga ham kata e'tibor bergan. Har bir axloqan barkamol inson o’zining turmush tarzini uyg’un, go’zal eta oladi. Uyg’unlik, go’zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan muhimi ozodlik, tarbiyalilik bo`lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi, deydi. Shuning uchun inson o’z tabiatiga yoqadigan ishlarni bajarishi zarur, deb ko’rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi go’zalligi, turmush tarzidagi go’zallikning uyg’un bo’lishi talab etiladi. Bunga inson kiyadigan kiyimidan kundalik turmushdagi yurishturishi, so’zi, qalbi, qilgan ishi hammasining go’zal bo’lishi ta'kidlangan. Har bir shaxsda sharmhayo, ozodalik, nafis did, iffat, latofat, shirinsuxanlikning tarkib topishi turmushning go’zal bo`lishiga olib keladi. Olimning inson turmushiga xos hulqodob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go’zal bo’lsagina haqiqiy kamolotga erishishi mumkin. U ozodlikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur, deb ta'kidlaydi. Bunda inson o’zini boshqara olishga qodir bo’lishi, har bir etuk inson uchun zarur bo’lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodagaega bo`lishi zarur, deydi. «Minerologiya» asarida bu fikrni quyidagicha ifodalaydi: «Inson o’z ehtiroslariga hukmron, ularni o’zgartirishga qodir, o’z jonutaninitarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagulik narsalarga aylantirishga hamda astasekin,axloq haqidagi kitoblarda ko’rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir» Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb ko’rsatadi. Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga inson sifatida muomala qilishni nazarda tutadi. Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi. Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli olimlar mehnatiga alohida e'tibor berish, hayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma'rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo’shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og’ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag’batlantirib turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga g’amxo’r bo’lishi kerakligini alohida eslatadi. Chunki ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi, deb ta'kidlaydi. Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o’rgatish kerak, deydi.Mehnat tarbiyasida o’sha davr tarbiya an'anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Buni E.To’raqulov va S.Rahimov «Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta'limtarbiya haqida» nomli risolalarida juda yaxshi bayon etganlar. Beruniyning «Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi pedagogika fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida bajarilgani shogirdlarning malakali usta bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo`lgan. Shuning uchun ham o’sha davrda Xuroson va Movarounnahr metallurgiya, konchilik, to’quvchilik, zebziynat buyumlari yasash, qog’oz, oyna ishlab chiqarish va boshqa sohalarda dunyo bozorida nom chiqarganHunarmandchilikning bunday yakka holda o’rgatilishi malakali kasb egalarining yetishib chiqishiga yordam bergan, halol va vijdonan mehnat qilishga yollaganki, bu insonning kamolga yetishiga muhim pog’ona bo’lgan. Zero, qadimdan har bir yetuk inson u shohmi, oddiy fuqaromi hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan. Shunga ko’ra, buyuk shohlar ham, beklar ham, katta molmulk egalari bo’lgan boylar ham, oddiy fuqaro ham o’z farzandini bilimli bo’lish bilan birga, hunarli bo’lishiga ham e'tibor bergan va bu yozilmagan qonunga barcha birdek amal qilgan. Chunki kishilik jamiyati paydo bo’lgandan kishilar o’z mehnati, hunari bilan kun kechirishga majbur bo’lgan va bu hayot taqozosi sifatida qabul qilingan. Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun u ilmli bo’lishi bilan birga, mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak, deydi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi ham e'tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Muayyan bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta'sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o’z zamondoshlari buyukmutafakkirlar Farobiy, ibn Sino kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. Ya'ni u insonning kamolotga yetishida ilmu ma'rifat, san'at va amaliyot asosiy o’rin tutadi, naslnasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega bo’ladi, deydi. Abu Rayhon Beruniy nazarida, inson kamolga yetishining eng muhim omillari ilm-ma'rifatli bo`lish va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta'lim metodlarhaqidagi qarashlari bilan ta'lim nazariyasida o’ziga xos maktab yaratdi. Yoshlarni tarbiyalashda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi, xalqlar o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar katta ahamiyatga egadir. Olim axloqlilikning belgilari sifatida yaxshilik, to’g’rilik, adolat, kamtarlik,saxovat, olijanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat va hunar egallash, poklik, go’zallikka intilish kabilarni ilgari surgan. Bularni barchasini u yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog’lab tushuntirgan. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga 
oid fikrlari faqat o’z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta'lim-tarbiya ishlarini 
takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega. Zero, uning o’zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma'naviy me'ros qoldirdi. 

XULOSA 


Milliy tariximizning yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho 
berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni “Beruniy asri” deb ta`riflaydi. Bundayuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi bo`lmish buyuk vatandoshimizning ilmfan taraqqiyotiga qo`shgan beqiyos hissasi bilan izohlanadi. Shu o`rinda ta`kidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy voqeahodisalarga, o`z zamondoshlariga baho berishda ham o`ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda juda ko`p aziyatlar chekkan, hatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo`lgan, ammo har qanday og`ir vaziyatda ham u sabr – toqat bilan yashagan.

Ma`lumki, ota bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilmu ma`rifat, ta`lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.


Agarki mana shu muqaddas zaminimizda tavallud topib, voyaga yetgan, o`z hayoti va 
faoliyati bilan nafaqat tarixda, ayni vaqtda bashariyatning bugungi taraqqiyot sahi-
falarida ham o`chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkir va allomalarimiz, aziz avliyolarimizni ta`riflashda davom etadigan bo`lsak, o`ylaymanki, bu borada uzoq gapirish mumkin. Xulosa qilib aytganda, hozirgi yoshlar sharq mutafakkirlarini o’rganish bo’lajak o’qituvchilarga talimtarbiya sohasining tarixiy jarayonlarda tutgan o’rni va taraqqiyotining rivojlanish qonuniyatlarini, pedagogik g’oyalar to’g’risida ularga malumot beradi, talabayoshlarda bu haqida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 


1. I. A. Karimov. “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” T.2008 
2. Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari. Darslik. 
3. Muhiddinov A.G. O`quv jarayonida nutq faoliyati.- T.: O`qituvchi 1995
4. Rajabov S. Mutaxassislikka kirish..-T.: O`qituvchi 1991 
5. O. Roziqov, S. Og`ayev, B. Adizov, “Didaktika” o`quv qo`llanma Toshkent 2006 
6. S. Akmalova “Ta`lim nazariyasi, didaktika asoslari” Namangan 1993
7. A. Xoliqov “Pedagogik mahorat” Toshkent 2011 
8. G. Ochilova, G.Musaxonova “Pedagogik mahorat” Toshkent 2007 
9. J. Hasanboyev va boshqalar “Pedagogika” Toshkent 2011 
10. Asqar Zununov. Pedagogika tarixi. T. 2004-y. 
11. K.Hoshimov. Pedagogika tarixi. T. 2005-y. 
12. Asqar Zununov, M.Xayrullayeva, B.to`xtayeva, N.Xotamova, Pedagogika tarixi. T. 2003-y. 
13. Asqar Zununov. O`zbek pedagogikasi tarixi. T. O`qituvchi. 1997-y. 
14. Google. Uz 
Download 31.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling