Mavzu: Adabiy norma va nutq madaniyati


Download 63.55 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi63.55 Kb.
#1633628
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`qituvchi nutq madaniyati

Mavzu:Adabiy norma va nutq madaniyati.

Reja:

1.Adabiy til-o’zbek tilining me’yorlashtirilgan oliy shakli.

2. Adabiy til va unga xos bo’lgan xususiyatlar.

3. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakllari.

4.Adabiy til va nutq madaniyati.

Til va nutq.

  • Til va nutq kishilar o’rtasida muloqotni amalga oshirishning asosiy vositasi sanaladi. Mutaxasislar til va nutqni ma’lum xususiyatlari va birliklariga ko’ra farqlaydilar:
  • Til- Umumiylik, Nutq- Xususiylik,
  • Imkoniyat, Voqelik,
  • Mohiyat Hodisa
  • Til birliklari-Fonema, morfema, leksema, so’z birikmasi, gap bo’lsa,
  • Nutq birliklari- Nutq tovushi, qo’shimcha, so’z va qolip sanaladi.
  • Nutq yakka shaxsda monolog, juft shaxslar orasida dialog, bir necha shaxslar orasida polilog tarzida yuzaga keladi. Nutq she’r, hikoya, roman, qissa kabi ko’rinishlarda turli janrlarga bo’linadi.Nutq so’zlovchining saviyasiga,uslubiga,o’rin va mavqeyiga qarab har xil bo’ladi.

Nutqiy faoliyat va uning shakllari.

  • Nutqiy faoliyatning ikki xil shakli mavjud:
  • 1.Og’zaki shakl- bu nutq o’zaro muomala tili bo’lib, undan o’zaro suhbatda,ma’ruzada va kishilarning o’zaro muomalasida foydalanildi.
  • Og’zaki nutq til me’yorlariga amal qilgan holda so’zlashni taqazo etadi.
  • 2. Yozma shakl- bu nutq kishilarini bilvosita ya’ni yozuv, xat, asar vositasida muomalaga kirishtiradi. Yozma shakl uchun zamon va makonning ahamiyati yo’q.

1. Adabiy til- o’zbek tilining me’yorlashtirilgan oliy shakli.

  • Til- ijtimoiy hodisa bo’lib, kishilar o’rtasidagi bevosita aloqa vositasidir.
  • Nutq esa tilning tashqi ifoda shakli bo’lib, borliqdagi ifoda shakli sanaladi.
  • Til qo’llanilishiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi.
  • 1. Milliy til- ma’lum hududda qondoshlik asosida yashaydigan kishilarning umumiy aloqa vositasi. –chegaralanmaydi, qonun-qoidaga bo’ysunmaydi, erkin bo’lib faqat og’zaki shaklga ega bo’ladi.
  • 2. Adabiy til- milliy tilning ishlangan, sayqallashgan va ma’lum normaga solingan shakli.

Milliy til va lahja.

  • Milliy til- umum milliy til dunyoning istagan o’rnida yashaydigan o’zbeklar uchun aloqa vositasi bo’lgan til.
  • Laxja- bir-biriga yaqin shevalar yig’indisi bo’lib, ular ko’pincha til oilalari tarkibidagi qarindosh tillari orasida sodir bo’ladi. Turkiy tillar oilasi uch lahja asosida 36 qarindosh tillarga bo’linadi.
  • Qipchoq laxjasi- “j” lovchi- bu lahjaga qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, yoqut, tatar, xakas, udmurt kabi xalqlar tili kiradi.
  • O’g’uz lahjasi- “g” lovchi, “d” lovchi- bu lahjaga- turkman, ozar va usmonli turk tillari kiradi.
  • Qarluq lahjasi- “o” lovchi “y” lovchi- bu lahjaga – o’zbek va uyg’ur tillari kiradi.

Sheva va adabiy til.

  • Sheva-Ma’lum hududda qo’llanilib faqat shu yerli kishilar uchun tushunarli bo’lgan til shakli.
  • Adabiy til- milliy tilning ishlangan, sayqallashgan va ma’lum normaga solingan shakli- hamma uchun tushunarli, chegaralangan, qoidaga bo’ysunuvchi, ham og’zki ham yozma shakllga ega.

2. Adabiy til va uning xos bo’lgan xususiyatlari.

  • Leksik- semantik normalar
  • Orfoepik (talaffuz) normalari
  • Aksentologik ( ohang va urg’u) normalar
  • Fonetik normalar
  • Gramatik normalar
  • So’z yasalishi normalari
  • Imloviy normalar.
  • Yozuv normalari
  • Punktuatsion normalar
  • Uslubiy normalar.

Savollar.

  • Savollar
  • 1. Adabiy til va milliy til qanday farqlanadi?
  • 2.Milliy tilning o’ziga xosliklari nimada?
  • 3.Lahja va sheva qanday farqlanadi?
  • 4. Turkiy tillar laxjalari qaysilar?
  • 5.Sheva nima?
  • 6.Adabiy til qanday shakllanadi?
  • 7. Adabiy til normalari nima?
  • 8. Adabiy til normalari qanday tasniflanadi?
  • 9.Til normalari va nutq madaniyati munosabati nimada?

Adabiyotlar.

  • 1. Qo’ng’urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari,T. 1992.
  • 2.Rustamov A.So’z xususida so’z. T. 2010.
  • 3.Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T. 1994.
  • 4. Imomxo’jayev S. Notiqlik san’ati asoslari. T. 1982.

Download 63.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling