Mavzu; Aftomatik rostlash usullari. Reja. Avtomatik rostlashning vazifasi


Download 147.97 Kb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi147.97 Kb.
#1763737
  1   2   3
Bog'liq
energiya tejamkorlik mustaqil ishi 2

Mavzu; Aftomatik rostlash usullari.

Reja.

1. Avtomatik rostlashning vazifasi.

2. Avtomatik rostlash tizimlari va ularning elementlarini tahlili.

3.Rostlash qonunlari va avtomatlashtirishning texnik vositalari.

Texnologik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.

Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.

Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi ishlashini nazorat qiladi.

Avtomatik boshqarish - texnologik operasiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob’ektiga nisbatan bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.

Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.

Avtomatik rostlash tizimlari va ularning elementlarini tahlili

Avtomatik rostlash tizimi (ART)ning sifatli ishlashi tizim elementlarining to‘g‘ri tanlanishi va rostlanishiga bog‘liq. Buning uchun, rostlanuvchi ob’ekt va ART lar barcha elemetlarining xarakteristikasini bilish kerak.

Avtomatik rostlash tizimlarining statik va dinamik xossalari tizimdagi tarkibiy elementlarning shu xarakteristikalari orqali aniqlanadi.


Download 147.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling