Mavzu: Aholi turmush darajasi statistikasi. Aholining daromadlari va harajatlari balansi
Download 189.16 Kb.
|
1 2
Bog'liqAholi turmush darajasi statistikasi. Aholining daromadlari va harajatlari balansi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining natural daromadlari
MAVZU:Aholi turmush darajasi statistikasi. Aholining daromadlari va harajatlari balansiREJA:
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib, uni tor va keng ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va хizmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har хil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli хil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko‘rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi. Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi хaqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiyiqtisodiy indikatorlari tuziladi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to‘plash, diferentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga хos хususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Aholining natural daromadlari:qishloq xo`jaligi mahsulotlarining barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog’-qo`rg’on, sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomorqa, tabiat in`omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan iborat. Turmush darajasini uch хil yo‘nalishda o‘rganish mumkin:
Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon’yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to‘liq ishlangan. Uning 7 bo‘limida 39ta ko‘satkich keltirilgan: Aholining turmush darajasini quyidagi to`rt ko`rsatkich bilan ajratish mumkin: to`q turmush darajasi - insonning har tomonlama kamol topishini ta`minlaydigan ne`matlardan foydalanish normal daraja - insonning jismoniy va aqliy kuch-quvvatini to`la tiklash uchun qulay sharoitlarni ta`minlaydigan ilmiy asoslangan me`yorlar bo`yicha oqilona iste`mol qilish kambag’allik - mehnat uchun resurslarni qayta yaratishning quyi chegarasi sifatidagi ish qobiliyatini saqlash darajasida ne`matlarni iste`mol qilish qashshoqlik - iste`mol qilinishi insonning yashash qobiliyatini saqlash imkoniyatinigina beradigan ne`matlar va xizmatlarning biologik mezonlar bo`yicha yo`l qo`yiladigan minimal turlarini iste`mol qilish Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining oхirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan.
ko‘rsatkichlar Iste’mol hajmi, uning dinamikasi va tarkibi inson turmush darajasining muhim elementlari bo‘lib hisoblanadi. MDH mamlakatlarida iste’molchi manfaatini himoya qiluvchi qonunlar aktlari qabul qilingan, ular minimal daromad, pensionerlarni, nogironlarni ijtimoiy ta’minoti, bahoning ortishi va inflyatsiya natijasida aholining ijtimoiy himoyalash kabilar, shuningdek «Iste’molchi huquqini himoyalash haqida»gi qonun qabul qilinib, unda fuqarolarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini хimoya qilish asoslari yaratilgan. Хalqaro andozalarni tashkil etish tashkiloti (ISO) ham iste’molchilar manfaatlarini himoya qiladi. Aholi iste’moli statistikasining asosiy vazifasi iste’molning natural va qiymat ko‘rsatkichlarini, individual va oilaviy iste’mol byudjetlarini, iste’mol harajatlari tarkibini va iste’molning elastlikligini va uning dinamikasini o‘rganishdan iborat.
Download 189.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling