Mavzu: Reja: - Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
- Aholini ish bilan ta`minlashni tartibga solish.
- O`zbekiston Respublikasida aholini ish bilan bandlik siyosati.
Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. - Aholini ish bilan bandligi inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bo`lib, u mehnat masalalari bilan bog’liq muammolarni hamda mehnatga bo`lgan talab va takliflarni qondirish yo`llarini ochib beradi. Ish bilan bandlik kishilarning ish joylari qaerdaligidan qat`iy nazar, ijtimoiy foydali mehnatga qatnashishi yuzasidan o`zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli kishilarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko`rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichdir. Aholini ish bilan bandligi toifasi faqat iqtisodiy komponentlar bilan cheklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. SHu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga keladigan hodisa sifatidagi ijtimoiylik uning asosiy xususiyati hisoblanadi. Ish bilan bandlik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo`lar ekan uni quyidagicha ta`riflash mumkin. Ish bilan bandlik- fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o`z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq, ularga ish haqi yoki mehnat daromadi keltiriladigan faoliyatidir.
Quyidagilar ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi: O`zbekiston Respublikasi «Mehnat kodeksi»ga muvofiq quyidagi sabablarga ko`ra vaqtinchalik ish joyida bo`lmagan fuqarolarning ish joyi saqlanib qoladi va ular ish bilan ta`minlangan, deb hisoblanadilar: Iqtisodiy jihatdan faol bo`lgan aholi uchun, shu jumladan,, ishsizlar uchun ish bilan ta`minlash maqomini belgilab olish muhimdir. - YOllanma xodimlar - bular korxona rahbariyati bilan mehnat faoliyati shartlari to`g’risida tuzilgan yozma kontrakt (shartnoma) yoki og’zaki bitim bo`yicha ishlaydigan shaxslar bo`lib, ular ana shu faoliyat uchun yollanish vaqtida kelishib olingan ish haqini oladilar.
- YAkka tartib asosida ishlaydiganlar - mustaqil ravishda faoliyat olib boradigan, o`zlariga daromad keltirayotgan ish bilan shug’ullanadigan, faqat qisqa muddatga yollanma xodimlardan foydalanadigan yoki foydalanmaydigan shaxslar.
- Ish beruvchilar - o`zining hissadorlik jamiyatini, xo`jalik shirkatini va hokazoni boshqaradigan yoki buning uchun davlat tomonidan vakil qilingan shaxslar. Ish beruvchi o`z funktsiyalarini yollanma boshqaruvchiga to`liq yoki qisman topshirib qo`yishi, korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun javobgarlikni o`zida olib qolishi mumkin.
- Oilaviy korxonalarning haq to`lanmaydigan xodimlari - qarindoshiga tegishli bo`lgan oilaviy korxonada haq olmasdan ishlaydigan xodimlardir.
- Ish bilan ta`minlash maqomi bo`yicha tasniflashga to`g’ri kelmaydigan shaxslar - ilgari o`zlariga daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug’ullanmaydigan kishilar. Ularga ish bilan ta`minlashning biron-bir maqomiga mos kelmaydigan shaxslar ham kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |