Mavzu: aksiya va obligatsiyalar daromadlari va ularning tahlili


Download 77.37 Kb.
bet1/16
Sana21.06.2023
Hajmi77.37 Kb.
#1644151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
AKSIYA VA OBLIGATSIYALAR DAROMADLARI VA ULARNING TAHLILI


MAVZU: AKSIYA VA OBLIGATSIYALAR DAROMADLARI VA ULARNING TAHLILI
Reja:

  1. Obligatsiyalar moliya bozorining muhim instrumenti

  2. Obligatsiyalar emitentlari. Obligatsiyalar tasnifi.

  3. Davlat obligatsiyalari. Munitsipal obligatsiyalar. Korporativ obligatsiyalar va ularni muomalaga chiqarish shartlari.

  4. Aksiyalar va ularning qo‘llanish xususiyatlari. Aksiyalar bozorini o‘ziga xos xususiyatlari

Qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarning kengroq tarqalgan turi obligatsiyalar hisoblanadi. Obligatsiyalar ularning egasi pul mablag‘lari berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatini ularda ko‘rsatilgan muddatda, belgilangan foiz to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir.
Obligatsiya – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “majburiyat” degan ma’noni bildiradi. Obligatsiya chiqargan tashkilot (emitent) qarzdor rolida qatnashadi. Aksiya va obligatsiyalarni investitsiya qimmatli qog‘ozlari deb atashadi. Obligatsiyalar aksiyalardan farq qiladi. Bular quyidagilar: Aksiyani sotib olgan aksiyador, korxona mulkining bir qismiga egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, obligatsiya sotib olgan sarmoyador buday huquqga ega bo‘la olmaydi, u faqat kredit beruvchi sifatida qatnashadi. Bundan tashqari, obligatsiya faqat unda ko‘rsatilgan muddatda amal qiladi va shu muddatda daromad (foiz) keltiradi.
Obligatsiya odatda o‘z egasiga oldindan belgilangan foiz keltiradi. Aksiyadorlik jamiyati obligatsiyasi uning egasiga mazkur jamiyatining umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqini bermaydi, lekin obligatsiyalarning nisbatan ustunligi ham bor. Obligatsiyalarni sotib olish aksiyalarni sotib olishga nisbatan kamroq xatarli ish hisoblanadi. Chunki, kompaniya (emitent) qashshoqlikka uchragan holda obligatsiya egasi kreditor sifatida nafaqat oddiy aksiyalar, balki imtiyozli aksiyalarning egalaridan ham oldin qarzlarini olish huquqiga egadir.
Obligatsiyalarni chiqarishdan maqsad ham davlat ichki qarzini pul emissiyasi hisobiga emas, balki bozor munosabalariga tayangan vositalar yordamida, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish yo‘li bilan qoplashni ko‘zda tutadi. Bu esa pul qadrsizlanishi darajasini pasaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, korxonalar vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini muomalaga kiritish evaziga qo‘shimcha daromad oladi. Markaziy bank obligatsiyalar yordamida pul-kredit siyosatini o‘tkazishda ham foydalaniladi. Markaziy bank ikkilamchi bozorda obligatsiyalarni xarid qilish yoki sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshira turib, muomalada bo‘lgan pul muassasasi hajmini tartibga solib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra obligatsiyalarning quyidagi turlari chiqarilishi mumkin:
- respublika ichki zayomlarining, mahalliy zayomlarning obligatsiyalari;
- korxonaning obligatsiyalari.
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib chiqarilishi mumkin. Maqsadli obligatsiyalarning rekviziti obligatsiyalar qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo‘lsa, shu mollarni (xizmatlarni) aks ettirishi shart. Respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalar taqdim etuvchiga tegishli qilib chiqariladi. Bu zayomlar obligatsiyalarini chiqarish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda emitent, obligatsiyani chiqarish shartlari va ularni tarqatish tartibi belgilab qo‘yilishi lozim.
Korxonalarning obligatsiyalari mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalar tomonidan chiqarilishi mumkin. Obligatsiyalar o‘z egalariga korxona boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi. Korxona va aksiyadorlik jamiyatlarining obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qarori tegishli ma’muriyat va ijroiya organi (boshqaruvi) tomonidan qabul qilinadi hamda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Korxonaning obligatsiyalari emitentlarning Ustav fondini shakllantirish va to‘ldirish uchun, shuningdek, ularnng xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlarini qoplash uchun chiqarish yo‘l qo‘yilmaydi. Aksiyadorlik jamiyatlari chiqarilgan barcha aksiyalar haqi to‘liq to‘langandan keyingina Ustav fondi miqdorining 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan summada obligatsiyalar chiqarishlariga ruxsat beriladi.
Mulkchilikning boshqa shakllariga mansub korxonalarda obligatsiyalar chiqarish summasi, miqdori amaldagi qonunlar asosida belgilanishi mumkin. Xalqaro miqyosda, obligatsiyalar muayyan bir muddatga chiqarilishi mumkin ya’ni:
qisqa muddatli;
o‘rta muddatli;
uzoq muddatli obligatsiyalar.
Har bir mamlakat amaldagi qonunlariga qarab bu muddatlarni belgilashi mumkin. Masalan: AQShda qisqa muddatli obligatsiyalar 1 yildan 3 yilgacha, o‘rta muddatli obligatsiyalar 3 yildan 7 yilgacha va uzoq muddatli obligatsiyalar esa 7 yildan ko‘p vaqtgacha chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasida esa hozirgi kunda davlat obligatsiyalarining ikki turi muomalaga chiqarilgan.
Birinchisi – O‘zbekiston Respublikasi 12 foizli ichki yutuqli zayom obligatsiyalari bo‘lib, Moliya Vazirligi tomonidan 1992 yilda 20 yildan keyin qoplash muddati bilan 25 mlrd so‘mlik chiqarildi. Shundan 1 yanvar 1997 yilgacha aholi o‘rtasida 19,4 mlrd so‘mlik tarqatildi.
Ikkinchidan – Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 26 martda qabul qilingan 119-sonli qaroriga asosan Moliya Vazirligi tomonidan ilk bor 1996 yil 28 martda chiqarilgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari va 1997 yil 30 yanvarda Vazirlar Mahkamasining 57-sonli qaroriga asosan 1997 yilda qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish maqsadida Moliya Vazirligi tomonidan 1997 yilda muomalaga chiqarilgan 3 va 6 oylik qisqa muddatli obligatsiyalaridir. Bu esa respublikamizda obligatsiyalar bozorini shakllantirishga olib keldi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorining yaratilishi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. DQMO bozori asosan Moliya Vazirligi va Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi qisqa muddatli obligatsiyalarini muomalaga kiritishning asosiy shartlari» va Markaziy bank ishlab chiqqan «Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarishlarining muomalasini tashkil etish va tartibga solish buxgalteriya «Nizom» asosidagi faoliyat» ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, tijorat banklari o‘zlarining «Davlat qisqa muddatli obligatsiyalar bilan operatsiyalar hisobining muvaqqat tartibi»ga tayanadi. DQMO emitenti Moliya vazirligidir. Emissiya qilish vaqtida Moliya vazirligi Markaziy bank bilan kelishilgan holda obligatsiyalarning eng yuqori hajmini, muomalada bo‘lish muddatini va potensial egalariga doir cheklanishlarni belgilaydi. Markaziy bank obligatsiyalarni joylashtirish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bosh agent vazifasini bajaradi. Bu obligatsiyalar bo‘yicha to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan sarmoyadorlar oldida kafolatni o‘z zimmasiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi DQMO bozori faoliyatining texnik tashkilotchisi sifatida xizmat qiladi. Uning zimmasiga o‘z tarkibida savdo tizimi, hisob-kitob tuzish va depozitariy tizimlari yaratish va ular xizmatini yo‘lga qo‘yish yuklangan. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Respublika birjasi Yevropa va boshqa rivojlangan jahon mamlakatlari fond bozori andozalariga javob beruvchi zamonaviy va texnologik vositalarga ega.
Moliya vazirligi Markaziy bankga DQMO joylashtirishni topshiradi va uni sotishdan tushgan mablag‘larni jamlaydi. Markaziy bank DQMO joylashtirishni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi orqali amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi dilerlar operatsiyalarni amalga oshirish uchun auksionlar tashkil qiladi. Dilerlar obligatsiyalarni o‘z hisobidan va sarmoyadorlar, yuridik shaxslar hisobidan sotib oladilar.
Sarmoyadorlar obligatsiyalarni sotib olish uchun yetarli mablag‘larni dilerlar hisob raqamiga tushiradi. Dilerlar o‘z komission haqini chegirgan holda mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi hisob raqamiga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi o‘z komission haqini chegirgan holda mablag‘larni Markaziy bank hisob raqamiga yo‘naltiriladi.
Markaziy bank hisob raqamiga tushgan mablag‘larni Moliya vazirligi byudjet hisob raqamiga yo‘naltiriladi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, obligatsiyalar bizning davlatimizda 3, 6 va 12 oylik muddatga chiqariladi mumkin. Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan chiqarilgan 3 oylik obligatsiyalarning nominal qiymati 1000 so‘mga teng. Ular nominaldan past bahoda diskont (nominal bahosi bilan sotilgan qiymati orasidagi farq) yo‘li bilan sotadi va muddati tugagach nominal narx bo‘yicha to‘lanadi. Masalan: 1 oktyabrgacha DQMO 10 marta chiqariladi. DQMOning umumiy joylashish hajmi ikkilamchi savdolarda 12,93 mln, so‘mlik 14,14 donani tashkil etadi.
DQMO 7 marta so‘ndiriladi. So‘ndirish hajmi – 8,77 mlrd. so‘m (ya’ni 8,77 mln. dona)ni tashkil etdi. Davlat byudjeti 4,14 mlrd. so‘m foyda oldi. DQMO nominal bahosi 1000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, Markaziy bank tijorat banklariga uni 889 so‘mga sotgan, ya’ni 111 so‘m kamiga (14,14 – 12,93) = 121. Tijorat banklari esa so‘ndirish muddati kelganda obligatsiyalarni nominal bahoda sotganlar, natijada tijorat banklari har bir obligatsiyalardan 111 so‘m foyda ko‘rganlar, hozircha Respublikada faqat 14 ta tijorat banki bilan Markaziy bank dilerlik vazifasini bajarish to‘g‘risida shartnomalar tuzgan xolos, bu esa o‘z navbatida DQMO bozorida raqobat yetishmasligiga sabab bo‘lmoqda. DQMO har bir emissiya umumiy sertifikat bilan rasmiylashtiriladi. Umumiy sertifikatlar ikki asl nusxada bo‘lib, ular Moliya vazirligi va Markaziy bankda saqlanadi.
Har bir chiqarishga davlat ruxsat raqami beriladi. Bu raqam to‘qqiz razryadli bo‘lib, quyidagi tarzda belgilanadi:

Download 77.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling