Mavzu: Aniqlikkaerishishusullari Reja: Umumiy tushunchalar


Download 22.97 Kb.
Sana05.10.2023
Hajmi22.97 Kb.
#1692473
Bog'liq
Mavzu Aniqlilk


Mavzu: Aniqlikkaerishishusullari

Reja:


  1. Umumiy tushunchalar
    2.Aniqlikka erishish usullari 

3.Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о‟lchash» usuli quyidagi 
afzalliklarga еga:
4. Xulosa

1. Umumiy tushunchalar

Tanavor yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy o’lchamlarini ishchi chizmadagi, nusxasidagi yoki etalonidagi o’lchamlariga mos kelish darajasiga aytiladi.



Detalllarga mexanik ishlov berishda aniqlik tushunchasi deganda asosan detallarning ish chizmalariga ko'ra o'rnatilgan o'lchamlarining ishlov berish usuli bilan aniq bajarilishi, sirtlarining shakllari va o'zaro joylashuvlari standart bo'yicha o'rnatilgan qiymatlarda ta'minlanishi tushuniladi.
Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan turlicha noaniqliklar va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val tipidagi detallarda ko’rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo’ylama kesimi yo’nalishi bo’yicha bochkasimon, egarsimon va konussimon shakl xatoliklari va ko’ndalang kesimi bo’yicha ovalsimon hamda ko’pqirralik shakl xatoliklari bo’ladi.
Detallarni ish chizmalari bo'yicha ishlov berishda o'lchamlarning eng yuqori va pastki chetga chiqishlari yoki yuqori va pastki chetga chiqish qiymatlari o'rtasidagi algebraik farq absalyut qiymatlarini ta'minlash muxim hisoblanadi. Шунинг учун деталларга ишлов беришда уларнинг номиналь ўлчамлардан рухсат этилган қийматлардан четга чиқишларини сақлаб қолиш ишлов бериш усулларини таъминлашнинг асосини ташкил қилади.
Detallarga mexanik ishlov berishda stanok, qo'llanilayotgan moslama, ishlov beruvchi asbob va detal konfigurasiyalarining ishlov berish va uning turlariga bog'liq ravishda ta'sirlari bo'ladi.


  1. Aniqlikka erishish usullari 

Aniqlikka erishishning asosan ikkita usuli mavjud. A. «Aniqlikka 
erishguncha ishlov berish va o‟lchash» yoki («Sinov qirindisi olish va o‟lchash») 
usuli. B. «Aniqlikka avtomatik erishish» usuli. 
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o‟lchash" usuli 
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, dastgohda o‟rnatilgan tanavor 
ishlanuvchi yuzasiga keskich asbob yaqin keltiriladi va boshlanish uchastkasidan 
qisqa masofada sinov qirindi olinib keskich oldingi holatiga surib qo‟yiladi, 
so‟ngra esa dastgoh to‟xtatiladi. Ishlangan sirt o‟lchagich asbob bilan o‟lchab 
ko‟riladi, chizmadagi o‟lchamdan chetga chiqishi aniqlanib, keskich asbobning 
holatiga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish dastgoh limbi bo‟yicha hisoblanib, amalga 
oshiriladi. Кeyin esa yana, tanavorning shu uchastkasiga ishlov berilib sinov 
qirindisi olinadi va o‟lchanadi va bu aniq o‟lchamga erishguncha davom ettiriladi. 
Undan keyin tanavorga butun uzunligi bo‟yicha ishlov beriladi." Aniqlikka 
erishguncha ishlov berish va o‟lchash" usulida keskichni tanavorga nisbatan 
to‟g‟ri holati o‟rnatiladi va talab etilgan o‟lcham aniqligi ta‟minlanadi. Navbatdagi 
tanavorga ishlov berishda bu uslubni qo‟llash yana takrorlanadi. 

«Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о‟lchash» usuli quyidagi 


afzalliklarga еga:
-noaniq dastgohlarda aniq ishlov berishga еrishiladi; tanavorga noaniq 
dasgohda ishlov berilganda, yuqori malakali ishchi bu usul yordamida tanavor 
xatoligini aniqlashi va yо‟qotishi mumkin; 
-mayda tanavorlar partiyasiga ishlov berganda, ushlanuvchi 
о‟lchamlarning aniqligiga keskich asbob eyilishining ta‟sirini yо‟qotadi; bu usul 
bilan asbob holatini aniqlab, asbob eyilishiga bog‟liq bо‟lgan talab asosida kerakli 
tuzatishlar kiritiladi; 
-noaniq tanavorlarda qо‟yimlarni tо‟g‟ri taqsimlashga еrishiladi va ishga 
yaroqsizlik poydo bо‟lishining oldi olinadi; 
-kichik о‟lchamga еga bо‟lgan tanavordan bichish (razmetkalash) natijasida 
ishga yaroqli bо‟lgan detal olish mumkin; 

-ishchini, murakkab va qimmat baho moslama ishlatish (konduktor-


moslamalarga о‟xshash) aylanuvchi va bо‟luvchi moslamalar va boshqalardan 
ozod qilinadi; 
Teshik markazlari va ishlanuvchi yuzalarning о‟zaro joylashuvi bichish 
asosida aniqlanadi. 
Shuning bilan bir qatorda bu usul quyidagi jiddiy kamchiliklarga еga: -
ishlov berishda erishilgan aniqlik, kesib tushiriluvchi qirindining minimal 
qalinligiga bog‟liqdir;
-etkazib charxlangan keskich bilan tokarlik ishlovi berishda qirindi qalinligi 
0,005 mm dan kam emas, oddiy charxlangan keskich bilan ishlov berilganda bu 
miqdor 0,02 mm ni tashkil еtadi (keskich bir-oz о‟tmaslashganda еsa bu miqdor 
hatto 0,05 mm gacha etadi); 
-aniqki, bu usul bilan ishlanganda, ishchi tanavor о‟lchamiga qirindi 
qalinligidan kamroq miqdorda о‟zgartish kirita olmaydi, shuningdenk bu 
qalinlikdan kichikroq bо‟lgan о‟lcham xatoligi olish kafolatini bera olmaydi; 
-ishchining aybi bilan ishga yaroqsiz detal paydo bо‟lishi, ishlov berishda 
еrishiluvchi aniqlik ma‟lum darajada ishchining diqqat-е‟tiboriga ham bog‟liq 
bо‟ladi; 
-mehnat unumdorligining past bо‟lishi, ya‟ni bu usul qо‟llanganda kо‟p 
vaqt sarflanadi; 
-bu usulda ishlanganda detallarning tannarxi yuqori еkanligi; bu еsa о‟z 
navbatida yuqori malakali ishchilar ishlab, yuqori ish haqqi tо‟lanishini talab 
qiluvchi omillarga bog‟liqligi natijasidir. 
Yuqorida kо‟rsatilgan kamchiliklarga kо‟ra bu usul, kо‟proq buyumlarni 
yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda keng qо‟llaniladi, shuningdek, 
tajribali ishlab chiqarishda hamda ta‟mirlash va asbobsozlik sexlarida ham 
qо‟llaniladi. 
Asosan bu usul og‟ir mashinasozlikda kengroq qо‟llaniladi. 
Download 22.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling