Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 55.11 Kb.
bet1/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38

1- Laboratoriya mashg‘uloti

Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish

 

Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarni mikrobiologiya laboratoriyasining aseptika va antiseptika qonun-qoidalari, uning jihozlari va unda ishlash qoidalari bilan tanishtirish.



Material va jihozlar: mikrobiologiya laboratoriya bloki sxemasi, laboratoriya stoli

 

Mikrobiologiya laboratoriyasi:



1. Faqatgina mikrobiologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tiladigan xona;

2. Sterillash xonasi;

3. Idishlar yuviladigan xona;

4. Laboratoriya idishlari taxt qilib qо‘yiladigan, oziqa muhitlari tayyorlanadigan va boshqa qо‘shimcha ishlar olib boriladigan preparator xonadan iborat.

 

Steril sharoitni talab qiladigan ish olib borish uchun laboratoriya tarkibida dahlizli oynavand boks bо‘lishi va bu yеrda bakteritsid lampa bо‘lishi kerak.



Laboratoriya xonalari keng, yorug‘, derazalari shimolga yoki shimoliy g‘arbga qaragan bо‘lishi lozim, chunki ish uchun tarqoq yorug‘lik kerak bо‘ladi.

Devorlar oq rangdagi moy bо‘yoq bilan bо‘yalgan bо‘lishi, stollar plastik yoki oyna bilan qoplangan bо‘lishi lozim.

Ish joyi polietilen jild bilan yopilgan mikroskop, yoritgich, bо‘yoqlar, bakteriologik ilmoq va nina, shpatellar, tomizgichlar, oddiy va о‘rtasi chuqur buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, shtativlar, qumsoat, filtr qog‘oz, spirtovka yoki gazli alanga, gugurt, dezinfektsiyalovchi eritmali shisha idishlar, immersion moy, suvli idish va bо‘yoqni yuvishga mо‘ljallangan vannacha bilan jihozlangan bо‘lishi kerak. Laboratoriya stoli oldida qopqoqli chelak bо‘lib, unga ishlatib bо‘lingan materiallar tashlanadi.

Mikrobiologiya laboratoriyasida ish boshlashdan oldin aseptika va antiseptika qoidalarini yaxshi o`zlashtirish talab qilinadi.




Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling