Mavzu; “Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 bhms va uning mazmuni Reja Kirish
Download 110.89 Kb.
|
1-kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH
Mavzu; “Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS va uning mazmuni Reja Kirish 1. Asosiy vositalar va ularni tartibga solishda turli qonun qoidalar 2.“Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS ning umumiy qoidalari 3. Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS ning asosiy vositalarni hisobga olishdagi o’rni 4. Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS da asosiy vositalarni baholash qoidalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISH Mamlakatimizda fermer xo’jaligi haqli ravishda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining yetakchi bo’g’iniga, uni tashkil etishning asosiy shakliga aylandi. Fermer xo’jaliklari qishloqda xo’jalik yuritishning eng qulay va samarali shakli bo’lib, ularni yuqori unumli texnologiya va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda tarmoqning moddiy bazasi va texnik jihatdan jihozlanganlik darajasini kuchaytirish mamlakatimiz qishloq xo’jaligini jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Xususan, keyingi 10 yil davomida qishloq xo’jalik korxonalariga 35 mingdan ziyod qishloq xo’jaligi texnikasi va ixcham uskunalar yetkazib berildi. Ulardan 11 mingdan ortig’i, jumladan qariyb 3 mingdan ko’p texnika vositasi lizing asosida olindi. Prezidentimizning 2012 yil 21 maydagi “2012-201 6 yillarda qishloq xo’jaligiishlab chiqarishini yanada modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash Dasturi to’g’risida”gi qarorida ko’zda tutilgan tizimli chora-tadbirlar mazkur masalani hal etishga qaratilgan. Mazkur dastur qishloq xo’jaligi va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini zamonaviy yuqori samaradorli, jahon talablari va standartlariga javob beradigan qishloq xo’jalik texnikasi va texnologik uskunalar bilan jihozlash darajasini oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, yetakchi xorijiy kompaniyalarning to’g’ridan-to’g’ri investisiyalarini jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Izchillik bilan amalga oshirilayotgan agrar islohotlar tufayli fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga aylandi. Ular tomonidan 2013 yilda 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxta xom ashyosi, 7 million 800 ming tonna g’alla, 8 million 400 ming tonna sabzavot yetishtirildi. Qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish bilan birga, mahsulot sifatini yaxshilash, tannarxini pasaytirish, sotishdan olinayotgan foyda miqdorini ko’paytirishda, ishlab chiqarish faoliyatini mo’tadil yurgizish va uning samaradorligini oshirish uchun asosiy vositalar bilan ta’minlangan va ulardan samarali foydalangan bo’lishi qishloq xo’jalik korxonalari oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Chunki asosiy vositalardan foydalanish samaradorligining oshishi mahsulot tannarxini pasaytirish, olinayotgan foyda miqdorini ko’paytirish bilan birga, qishloq xo’jalik korxonalarini iqtisodiyotini mustahkamlashga, mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2003 yil 9-oktyabrda 11 4-son buyrug’i bilan tasdiqlangan, Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 20 yanvardagi 1299-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Asosiy vositalar” nomli 5-son BHMS muvofiq “Asosiy vositalar – uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko’proq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qilinadigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalanadigan moddiy aktivlardir” deyiladi. Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo’llaniladigan ularning balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o’zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalarni belgilash va hisobga olish asosiy qoidalar hisoblanadi. Asosiy vositalardan foydalanish darajasi oshgan sayin ishlab chiqarish rivojlanib, uning hajmi oshib boradi. Shuning uchun asosiy vositalar hisobini takomillashtirish va ulardan foydalanish samaradorligi darajasini o’rganish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash katta ahamiyatga egadir. Download 110.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling