Mavzu: Bernulli tenglamasi


Download 128.16 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi128.16 Kb.
#1630139
Bog'liq
Azizbek Namozov

Mavzu:Bernulli tenglamasi

Mustaqil ish

Bajardi:Azizbek Namozov

REJA :

  • Bernulli tenglamasi haqida tushuncha.
  • Gidravlik zarba.
  • Gidranomika.

Bernulli tenglamasi haqida

  • Bernulli tenglamasi — gidrodinamikaning asosiy tenglamasi. Suyuqlik oqimi barqaror (statsionar) boʻlganda suyuqlikning oqish tezligi v bilan bosimi r orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bernulli tenglamasi ga koʻra suyuqlik koʻndalang kesimi oʻzgaruvchan gorizontal quvurdan oqayotgan boʻlsa, quvurning tor joylarida suyuqlikning tezlign kattaroq, bosimi kichikroq va, aksincha, quvurning keng joylarida bosimi kattaroq, tezligi kichikroqboʻladi.
  • Bernulli tenglamasi gidravlika masalalarini yechishda, mas, quvurning biror koʻndalang kesimidan vaqt birligida oqib oʻtayotgan suyuqlik (yoki siqilgan gaz) miqdorini hisoblashda ishlatiladi. Buning uchun Pito naychasi yordamida suyuqlikning bosimi aniqlanadi. Bernulli tenglamasi ning gidravlika va texnika, gidrodinamikada muhim ahamiyati bor. Hajm birligidagi suyuqlik energiyasining saqlanish qonunidan foydalanib D. Berpulli chiqargan (1738).

Gidravlik zarba

  • Gidravlik zarba - qisuvli quvuroʻtkazgichda oqayotgan suyuqlik tezligining tez (bir onda) oʻzgarishi natijasida (mas, zulfin tez yopilganda) suyuqlikda bosimning keskin ortishi. G. z.da bosimning oʻsishi ushbu formula boʻyicha aniqpanadi:Ar =r(*0-v,)s1 bunda Ar — bosimning Pa da oʻzgarishi, r — suyuqlikning kg/m3 dagi zichligi, v„ va ■&, — zulfinni yopguncha va yopishdan keyin quvuroʻtkazgichda m/s da oʻlchangan oʻrtacha tezliklar, s — zarbiy toʻlqinning quvuroʻtkazgich boʻylab tarqalish tezligi.

Gidranomika

  • Gidrodinamika (gidro... va dinamika) — mexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar harakati va ularning qattiq jismlar bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. G. suyuqliklar va gazlar mexanikasining eng rivojlangan qismi boʻlib, gaz dinamikasita oid masalalar ham shu boʻlimda oʻrganiladi. Suyuqliklarning nazariy modelini tuzish asosida yotuvchi fizik xossalari katoriga ularning uzluksizligi yoki tutashligi, yaʼni suyuqlikni tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi, yengil harakatlanishi yoki oquvchanligi kiradi. G. nazariyasida tutashlik va oquvchanlikka, shuningdek suyuklik ichidagi ishqalanishni tavsiflovchi qovushoqlikka ega boʻlgan suyuqlik harakatini tavsiflash uchun uzluksizlik tenglamasi va Navye-Stoks tenglamasidan foydalaniladi.

Foydanilgan adabiyotlar

  • Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.
  • 2.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

E‘tiboringiz uchun raxmat.


Download 128.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling