Mavzu: Biologik faol moddalarni ishlab chiqarishda xavfsizlik masalalari


Download 42.45 Kb.
bet1/8
Sana21.11.2023
Hajmi42.45 Kb.
#1792598
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2k. 10-ma`ruza


10-ma’ruza
Mavzu: Biologik faol moddalarni ishlab chiqarishda xavfsizlik masalalari

Biotexnologiya va uning fundamental, strategik yadrosi bo‘lgan biomuhandislik-tirik organizmlarning asosiy xususiyatlari avloddan-avlodga o‘tish, o‘zgaruvchanlik, moslashuvchanlik, chidamlilik, energiya va massa almashinuvi, hosildorlik va sifat singari xususiyatlarini hosil bo‘lish mexanizmlarini o‘rganadi va shu mexanizmlarga tayanib ish tutadi. Biologik obyektlarni xususiyatlarini o‘zgartirish maqsadida ularni genetik tuzilishiga tashqaridan “ta’sir ko‘rsatish”, ularni modifikatsiya qilish yo‘lidagi harakatlar obyektlarning tuzilishi va asosiy vazifalarini qayta qurilishiga olib keladi. Bunday o‘zgarishlar oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan voqealarga sabab bo‘lishi mumkinligi, ko‘pchilik insonlarni tashvishga solib kelmoqda. Tabiatni, qolaversa, insoniyatning har xil genetik o‘zgartirilgan, o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlardan himoya qiluvchilar harakati yildanyilga ko‘payib borishi biotexnologiyaning, ayniqsa, uning strategik yadrosi bo‘lgan biomuhandislik fanining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, iqtisodiy zararga olib kelishi mumkin. Biotexnologiya va biomuhandislik fani erishgan yutuqlarni hamda XXI asrda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalarni bu yo‘nalishda sodir bo‘ladigan hatti-harakatlarni qiyosiy o‘rganish natijasida dunyoning ko‘pchilik olimlari ilmiy va iqtisodiy asoslangan, real voqeylikka ega bo‘lgan ishonch bilan, biotexnologiya - bu XXI asrda rivojlanishi zarur bo‘lgan, insoniyat uchun xizmat qiladigan asosiy fanlardan biri ekanligini xitob qilmoqdalar. Bu haqda zamonaviy biotexnologiya va biomuhandislik fanlari paydo bo‘lgandan beri o‘tgan yarim asr davomida erishilgan yutuqlar ham guvohlik berib turibdi. Shunday ekan, bundan keyin biotexnologiya va biomuhandislikni rivojlantirish hamda bu rivojlanish natijasida insoniyat va atrof-muhit uchun xavf tug‘ilmasligiga qanday ilmiy asoslar bor? Tabiiy, texnologik va boshqa omillar inson va uni o‘rab turgan muhitga doimiy ravishda ta’sir ko‘rsatib turadi. Bunday ta’sir foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin. Fan, jamiyat, davlat, inson va atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan himoya qilishni har tomonlama asoslangan tizimini ishlab chiqishi va undan unumli foydalanmog‘i lozim. Inson, jamiyat va davlat borligi hamda ularning faoliyati har qanday ichki va tashqi ta’sirlardan muhofaza qilinmog‘i kerak. Har qanday jamiyat va davlatni oldida turgan asosiy vazifalardan biri ana shundan iboratdir. Mana shu umumiy holatlardan inson, jamiyat va davlat xavfsizligining asosiy tushunchasi va undan har bir inson, jamiyat va davlat qiziqishlarini tashqi va ichki xavfdan himoya qilish zarurligining asl ma’nosi kelib chiqadi. Xavfsizlikning bosh mezoni bu-insondir. Inson xavfsizligini, uning hayot faoliyati, inson yashab turgan jamiyat xavfsizligini, atrof-muhitni himoya qilmasdan turib, to‘laqonli ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi.


Xavfsizlikning asosiy prinsiplaridan biri-inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro javobgarlikdir. Xavfsizlikka erishish - bu hayotiy zarur qiziqishlarni ichki va tashqi xavfdan mustahkam muhofaza qilishga qodir bo‘lgan tizimni ishga solishdir..

1-jadval



Download 42.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling