|
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari.
Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning tekshirish ob’ektlari. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari. Texnosferada xavfsizlikni ta’minlash vositalari. “Inson - muhit” tizimida inson omili. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari.
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar tizimi. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag’ bilan ta’minlash. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o’qitish tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi. Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigienik asoslari. Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari. Inson mehnat faoliyatining turlari, fiziologik ta’siri. Mehnatning fiziologik asoslari. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash qobilyatini pasayishi va zo’riqishi. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me’yorlari, mazmuni. Texnosferada havo muhitining ko’rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari, ularning inson organizmiga ta’siri. Ishlab chiqarishda mo’’tadil ob-havo sharoitini yaratish. Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar.Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari. Ishlab chiqarishda obi-havo sharoiti va ularni me’yorlash. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, ularning turlari, umumiy va mahalliy shamollatishning mohiyati.Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qo’yiladigan sanitar-gigienik talablar. Yoritish vositalari. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Ularning inson organizmiga zararli ta’siri. Yuzaga kelish sabablari va manbalari. Shovqin va titrashni tasniflash, muhofaza chora-tadbirlarini belgilash. Ultra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta’siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. Himoyalanish vositalari. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta’siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. Ularni tasniflash va me’yorlash. Nurlanishning zararli ta’siridan himoyalanish chora-tadbirlari. Ishlab chiqarishda elektrxavfsizlik asoslari. Texnosferada xavfsizlikni ta’minlash masalalari.
|