Menejmentning tamoyillari va funksiyalari. Menejmentning tamoyillari va funksiyalari
Download 29.02 Kb.
|
menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- MENEJMENT FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
Menejmentning tamoyillari va funksiyalari. Menejmentning tamoyillari va funksiyalari. MENEJMENTNING TAMOYILLARI. Ishlab chiqarishda g’oya va nazariyalarning shakllanishida ishlatiladigan printsip so’zi asos, talab, negiz ma’nolarini anglatgani uchun davlat tilida tamoyil deb tarjima qilingan. Menejmentning tamoyillari ham boshqaruv yo’nalishini rivojlantirishga asoslangan. Ya’ni menejment tamoyillari menejmentning mohiyatini, mazmunini, maqsadi va vazifala- rini o’zida aks ettirganligi uchun menejmentning nazariyalari yaratildi. Menejment tizimining shakllanishi, ishlashi va rivoj- lanishi uchun quyidagi tamoyillarga amal qilishi zarur: • boshqaruvda universallashish va ixtisoslashuvni biriktirish(boshqaruv ishlarini bajarishda ixtisoslashuv va universallashuv o’rtasida optimal nisbatlar ta’minlanishi kerak); • tashqi muhitga barqarorlik (korxonaning ayrim mikro va makro elementlari o’zgarganida ham boshqaruv tizimi faoliyatini davom ettirishi va qo’yilgan maqsadni bajarishi kerak); • tejamli boshqaruv (boshqaruvni amalga oshirish uchun vositalar va usullarni tanlashda va maqsadga erishishda xarajatlarni: (mehnat; moddiy; vaqt; moliya; axloqiy) chegaralamoq zarur); • boshqaruv samaradorligi: boshqaruvdagi markazlashgan va markazlashmaganlikni biriktirish (boshqaruvning har qanday aniq tizimida markazlashgan va markazlashmaganlik darajalari o’ziga tegishli funktsiyalarni bajarishi uchun optimal bo’lishi kerak). Boshqaruvning keltirilgan tamoyillari har qanday quyi tizimlar uchun xususiyatli bo’lib, shu bilan birga, har bir quyi tizim va tizimlar boshqaruvning o’ziga xos bo’lgan tamoyillari asosida shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi lozim. Personalni boshqarishda o’ziga xos bo’lgan tamoyillar quyidagilar: • Qo’llanuvchanlik tamoyili – menejer (boshqaruvchi) korxonaning barcha xodimlariga moslashgan boshqaruv tizimini ishlab chiqadi; • Tizimli tamoyili – menejer ichki va tashqi o’zaro bog’liqliklarni hisobga olib korxonani tizimli rivojlantirish maqsadida boshqaruvning barcha jabhalarini qamrab oladigan umumiy boshqaruv tizimini ishlab chiqadi; • Ko’p faoliyatlilik tamoyili – menejer sohalarni (resurslar, xizmatlar, mehnatni tashkil qilish, maqsadga erishish) jihatlarini qamrab oladigan faoliyatlarni birlashtiradigan boshqaruv tizimini ishlab chiqadi; • Integratsiya tamoyili – menejer boshqaruv tizimida xalqaro me’yor va huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Firma xodimlari o’z sohalarida xalqaro usullarni qo’llash, ishlatish, o’zaro hamkorlik vositalariga ega bo’ladilar; • Baholashga mo’ljallash tamoyili menejer baholash, qadriyat-ma’naviyat qoidalarini (mehmondorchilik, milliy xizmatlar, o’zaro foydali shartnomalar) boshqaruv tizimiga kiritadi; • Boshqaruvning egalik (xususiylik) tamoyillari ancha murakkab boshqaruv tizimlariga duch kelishini keltirib chiqaradi. Bu tamoyilda boshqaruvni markazlashtirish va markazlashishga yo’l qo’ymaslik tamoyillariga amal qilishga to’g’ri keladi. Bu holatda menejer o’z vakolatlarini saqlab qolgan holda navbatdagi boshqaruv tizimini ishlab chiqishga majburdir. Boshqaruvning egalik tamoyilida yakka hokimlik va jamoaviy boshqaruv tizimini ham qo’llash mumkin. Bu vaziyatda rahbarning yetuk bilimli va yuqori malakaga ega ekanligi juda qo’l keladi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan rahbarlar har qanday vaziyat o’zgarishlariga qaramasdan boshqaruv tizimini to’g’ri boshqarib borishadi. Jamoaviy rahbarlik esa, rahbar fikrlarini hisobga olgan holda jamoa fikrini kiritadi va uni himoya qiladi. Bunday hollarda aksariyat vaziyatlarda rahbar bilan jamoa vakillari o’rtasida ziddiyatlar, qarshi turishlar kelib chiqishi tayin. Shuning uchun ham bu boshqaruvni egalik tamoyili yoqlab chiqadi. Chunki, firma yoki tashkilot rahbarning xususiy mulki ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim bo’ladi. Boshqaruvning egalik tamoyilida rahbar ilmiy asoslanganlik tamoyillar guruhini ishlatishi maqsadga muvofiqdir. Bu tamoyillar sharti bo’yicha rahbar o’z tashkilotini vaqt talabiga qarab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalarini ilmiy asoslangan usullar natijalariga qarab tuzishi lozim bo’ladi. Bu tamoyilning eng muhim talablari shundan iboratki, boshqaruvning barcha talablari ilmiy usullar va ilmiy yondashishga asoslanadi. Bu usulda boshqaruv faoliyati faqat ilmiylik yoki ilmiy–tadqiqotlar bilan tadqiqot natijalarining amaliyotini sohaga joriy qilish va iqtisodiyotni ko’ta- rish hisoblanadi. Bu tamoyilning asosiy maqsadi fanni ishlab chiqarish kuchiga aylantirish hisoblanadi. • Boshqaruvning egalik tamoyillaridagi yana bir yo’nalish rejalashtirish tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyilda boshqaruvning barcha faoliyati rejalarga asoslanadi va rejalarning tugashi muddatigacha boshqa rejalarga o’tilmaydi. Reja – bu yerda firmaning ijtimoiy – iqtisodiy rivoj- lanishi majmuasi deb qaraladi; • Javobgarlik va mas’uliyatlilik tamoyili mavjud qoida va huquqlarga asoslanib boshqaruv tizimini tashkil etishni talab qiladi. Bu tamoyilda barcha xodimlar o’zlariga topshirilgan vazifalarga javobgarlik va mas’uliyatlilik nuqtai-nazaridan qaraydilar va huquq va qoidalarga suyanib mehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladilar. Oxirgi natijada olingan qo’shimcha daromaddan moddiy rag’batlantirish vositalari ham ishlashini talab qiladilar; • Ierarxiya va qayta aloqalar tamoyilida boshqaruvdagi quyi bo’limlar o’zlarining boshqaruv organlari rahbarligida faoliyat ko’rsatadilar. Bu tamoyil ko’p hollarda bosqichma- bosqich tarkibli boshqaruv tizimini qo’llashda ishlatiladi. Bu boshqaruv tizimi pastdan yuqoriga va yuqoriga buysunish tamoyilida majmuali faoliyat yuritadi. Ya’ni bo’limlar, boshqarmalar va bosh boshqarma rahbarligini anglatadi. Qayta aloqalar deyilishiga sabab bosh boshqarmalar quyidagi bo’limlar va birlashmalar faoliyatlari natijalariga qarab qayta nazorat qiladilar; • Menejmentning eng zamonaviy tamoyillaridan biri – demokratik tamoyil hisoblanadi. Bu tamoyilda tashkilotning barcha xodimlari boshqaruv faoliyatida ishtirok etadilar. Bunday ishtirok etishning sababi, asosiy mehnatga qo’shimcha haq to’lash, moliyaviy operatsiyalar, aktsiyalarni qo’yish, yagona ma’muriy boshqarish, boshqaruvda qarorlarni jamoaviy asosda qabul qilish hisoblanadi. Menejment tizimida davlat qonunchiligi tamoyili asosida boshqaruvni tashkil qilish faqat davlat qonunlari asosida amalga oshiriladi. Menejment tizimida davlat qonunchiligi tamoyili asosida boshqaruvni tashkil qilish va shakllantirishda juda ko’plab tamoyillar mavjud. Menejmentda eng muhimi, sohalarning rivojlanish o’rni va maqsadi, imkoniyatlarning borligi nuqtai-nazaridan zarur tamoyil asosida boshqaruv tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Menejment maktablari faoliyatlari bilan tanishuvdan ma’lum bo’ldiki, menej- mentning shakllanishidagi maktablarning asoschilari va bu maktablarning taniqli vakillarining barchasi o’z tadqiqotlari natijalari asosida menejmentni tashkil qilish va rivojlantirishning tamoyillariniyaratganlar. Bu tamoyillar keyinchalik Teylor ilmiy boshqaruvda dastlab to’rtta tamoyilni ilgari surdi: 1. ishning iqtisodiy usullarini joriy qilish; 2. professional tanlov va kadrlarni o’qitish; 3. kadrlarni joy-joyiga ratsional qo’yish; 4. ma’muriyat bilan ishchilarning hamkorligi. Adabiyotlarda menejment tadqiqotchilari Teylorning meh- natni ilmiy boshqruvi bo’yicha ko’plab tamoyillarini keltiradi. Ba’zi adabiyotlarda uning tamoyillari tadqiqotlarning mavzulari bo’yicha qisqartirilgan holatlarda ham talqin qilinadi. Teylorning ilmiy boshqaruv bo’yicha yaratgan to’rtta tamoyilidan boshqa, quyidagi tamoyillari ham menejmentning birinchi maktabini shakllantirishga asos bo’lgan deb hisob- lashishadi Teylorning g’oyalari uning izdoshlari- G.Gant, F.Gilbreyt, G.Emersonlar tomonidan rivojlantirildi. Ilmiy boshqaruv kontseptsiyasi menejmentdagi keskin burilish davrini boshlab berdi, ilmiy boshqaruv menejmentda mustaqil tadqiqot yo’nalishi davri deb tan olindi. Menejment rivojidagi eng mukammal tamoyillarni yaratgan olimlar ichida menejmentning birinchi maktabi-ilmiy boshqaruv maktabining asoschisi F.Teylor tamoyillarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Uning boshqaruvdagi ilmiy menejment tamoyillari boshqaruvda hozir ham muvaffaqiyat bilan qo’llanilmoqda Falsafada “Me’yor-rivojlanishning asosidir” degan shior bor. F.Teylorning ilmiy menejment tamoyillarining birinchisi – tashkillashtirish va boshqaruvda samaradorlikka erishishning asoslari mehnat ekan, demak, har qanday mehnatni tarkiblarga ajratish va me’yorlarini aniqlash mumkinligini tushuntirib beradi. Ikkinchi tamoyili birinchi tamoyilning mantiqiy davomi bo’lib, mehnatning aniq tarkiblari va aniq o’lchamlari kutiladigan natijani aniq belgilash va bu natijani aniq belgilangan vaqtda olishni ta’minlaydi. Bu faoliyatda bo’sh va bekor vaqtning kelib chiqishi yoki paydo bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. F.Teylorning ilmiy menejmentdagi uchinchi tamoyili mehnat rag’batlantirilishi kerakligini ta’kidlaydi. Lekin, rag’batlantirilish xodimning mehnatdagi faoliyati uchun emas, xodimning mehnati faoliyatida olingan natija bo’yicha amalga oshirilishini to’g’ri deb xulosa qilgan. Menejment haqidagi ilmiy adabiyotlarni o’rganganimizda, uning usullari ko’p qirrali va variantli tamoyillarining ko’pligini anglaymiz. Masalan, F.Teylorning ilmiy menejmentdagi tamoyillari, F.Teylorning boshqaruvdagi tamoyillari va boshq. Nazariya, g’oya, kontseptsiyalar tamoyillar asosida yaratiladi. Shuning uchun ham bu atama ilmiy ma’noga ega. Menejmentning asoschilari menejment va boshqaruv uchun alohida-alohida tamoyillar ishlab chiqqan emas. Biz bu tamoyillarni menejmentning tamoyillari va boshqaruvning tamoyillari deb atamoqdamiz. Biz globallashuv va xalqaro integratsiyadagi hamkorli- gimiz natijasida menejmentni o’rganishga majbur bo’ldik. Bu o’rganish jarayonlarida menejment atamasini ham, boshqaruv atamasini ham birday ishlatib kelmoqdamiz va dastlabki tarjimalarimizda menejmentga bag’ishlangan ilmiy adabiyot- lardagi menejmentni ko’p holatlarda boshqaruv deb tarjima qilganmiz. Shuning uchun ham, menejmentning tamoyillarini darajalarga bo’lib o’rganish zaruriy talab emas deb o’ylaymiz. Amerikalik iqtisodchi G.Emerson boshqarish va mehnatni tashkil qilishning insonparvarlik g’oyalariga asoslangan, majmuali, tizimini ishlab chiqqan. F.Teylorning safdoshi bo’lgan G.Emerson ilmiy boshqaruv tamoyillarini 6-rasmdagi kabi ketma-ketlikda bayon qiladi. G.Emerson va F.Teylorlarning menejmentdagi tamoyil- larini o’rganganimizda shunday xulosa hosil bo’ladiki, bir yo’nalishdagi tadqiqotchilar qachonki, biri-birini yaxshi tushunsagina o’zaro hamkorlik kelib chiqadi. Jahon tan olgan ilmiy maktablarning aslida kelib chiqishi asoslarida aynan ana shu “o’zaro hamkorlik” qurilgan. Masalan, F.Teylor tamoyillarida qat’iy standartlar va jiddiylik juda kuchli. Lekin, bu qat’iyatlilik va jiddiyliklarda insonparvarlik tushunchalariga, inson omiliga e’tibor berish detallari ham bor O’zaro tushunish va hamkorlik natijasida G.Emerson F.Teylor tamoyillaridagi insonparvarlik tushunchalari va inson omili detallarini zukkolik bilan angladi va menejmentda insonlarga (ishchilarga, xodimlarga) xush keladigan tamoyillarini yaratdi. Nemis sotsiologi M.Veber, ham A.Fayolni quvvatlagan va unga qo’shilgan holda byurokratik tizimning faoliyatini tahlil qildi, qattiq reglament (chegaralovga), ierarxik tarkibga asoslangan byurokratiya modelini qurdi va ratsionallashgan boshqaruv kontseptsiyasini shakllantirdi. Uning fikrlari bo’yicha ideal va boshqaruvning samarali tizimi – byurokratiya Menejmentning tamoyillari boshqaruvning nazariy g’oyalarini o’zida aks ettirib, amaliyotda maqsadga erishish uchun intilish kerakligini isbotlaydi va yana ular asoslanish va samaradorlikning mezonlari hisoblanadi.Menejmentning tamoyillarini o’rganar ekanmiz, bu tamoyillarni jamiyatning a’zolari jamiyat taraqqiyoti uchun yaratganliklarini anglaymiz25. Bu haqiqatni menejment fanining asoschisi F.Teylor yaxshi tushuntirgan. Menejmentning tamoyillari va funksiyalari. MENEJMENT FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNIDownload 29.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling