Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Download 0.68 Mb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1000981
  1   2   3
Bog'liq
Menejment

Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati

Reja: 1.2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar stratyegiyasini «Ilm-ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»ga oid davlat dasturidan kelib chiqib fanning predmeti, maqsad va vazifalari. 2.Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari. 3.Hozirgi zamon o’zbek menejmentining xususiyatlari. 4.Menejmentning ilmiy maktablari.Ilmiy boshqaruv maktabi. 5.Menejmentning xorijiy modeli. Menejmentning amerikacha modeli. Menejmentning yapon modeli. Menejmentnng G’arbiy Yevropa modeli.

«Menejment» so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, Oksford (rus-ingliz) lug’atida menejmentning juda keng va har tomonlama mazmuni keltirilgan: odamlar bilan muloqotning usul va yo’llari; boshqarish hokimligi va san’ati; o’ziga xos ma’muriy malaka va bilimlar, tashkilotlar ishini yo’naltiruvchi va nazorat qiluvchi odamlar, hamda boshqaruv personali va h.k.

Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.

Menejment nimani o’rganadi? 1. boshqarish nazariyasi va amaliyoti; 2. boshqarish ob’ekti va sub’ekti; 3. boshqarish tamoyillari va usullari; 4. boshqarish madaniyati; 5. menejer va uning fazilatlari; 6. menejer reytingi; 7. boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; 8. boshqarish funksiyalari; 9. xodimlarni boshqarish; 10. ishlab chiqarishni boshqarish; 11. samaradorlikni boshqarish; 12. o‘z-o‘zini boshqarish; 13. hududiy boshqarish va xokazolar

Menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o‘ziga xos ko‘rinishlarda shakllanadi: 50-60 - yillarda boshqaruvning tashkiliy tarkibi diqqat markazida turgan bo‘lsa; 60-70 - yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi; 80 - yillardan boshlab esa ilg‘or g‘arb firmalarida strategik rejalashtirishdan, strategik boshqaruvga o‘tiladi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling