1-amaliy mashg‘ulot: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Download 190.19 Kb.
bet1/8
Sana25.03.2023
Hajmi190.19 Kb.
#1294461
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliyot ishlanmasi

1-amaliy mashg‘ulot: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati

(4 soat)




Darsning maqsadi: Talabalarga Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holatiga oid koʻnikmalar berish. Mamlakat boshqaruvining rivojlanishi bilan tanishtirish.
Amaliy mashgʻulot rejasi:
1.1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
1.2. Menejmentning ilmiy maktablari
1.3. Mamlakat boshqaruvining rivojlanishi
1.4. Menejmentning xorijiy modeli
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, slaydlar, kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Amaliy mashgʻulotga kirish.
Menejmentni paydo boʻlishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bogʻliq:
- Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni oʻsishi, mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning oʻsib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir emasligi;
- Bozor subʼektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini oʻsishi va bozor aloqalarini kuchayishi;
- Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni oʻsishi va bozor iqtisodiyotining barqarorligi;
- Yirik korporatsiyalarni paydo boʻlishi va shunga koʻra faqat xo dimlarning maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini koʻpayishi,. Xuddi korporatsiyada menejment mulk egasi-tadbirkorning oʻzini oʻzi boshqarishidan butunlay ajraladi;
- Mulkni aksiyadorlar oʻrtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo boʻladi;
- Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan foydalanishga harakat qilishlari;
- Ijodiy, shoʻbaiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini yaratish istagi.
Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez oʻzgarishlarning maydoniga aylangan va koʻp mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan oʻz munosabatlarini borgan sari qatʼiyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga taʼsir koʻrsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan toʻrtta asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin.
Oʻzbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qoʻllagan turli xildagi murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, oʻz tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar boʻlganki, ularni oʻrganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali taʼsir koʻrsatadi. Ana shunday shaxslardan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qoʻllanma boʻladigan koʻrsatmalar hisoblanadilar. Masalan, "Qutadgʻi bilik", "Temur tuziklari" va boshqalar.
Menejmentni mavjud boʻlishi davrida koʻpgina xorijiy mamlakatlar, oʻzlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish bilan, sanoat, qishloq xoʻjaligi, savdo va boshqa sohalarda boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti sohasidagi koʻpgina maʼlumotlarni toʻplaganlar.
Bu toʻplangan tajribani oʻrganish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. Shuning bilan birga menejment modellarini shakllanishining jahon tajribasi (va hammadan avval Yaponiya tajribasi) shundan darak beradiki, boshqaruv modellarini bitta ijtimoiy madaniy muhitdan boshqasiga koʻshirishning amalda iloji yoʻq. Menejmentning xususiy modelini yaryatishda mulkchilikning turi, davlat qurilishining shakli va vujudga kelgan bozor munosabatlarining pishib yetilishi kabi omillarning taʼsirini hisobga olish zarur.

Download 190.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling