1-amaliy mashg‘ulot: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Download 190.19 Kb.
bet6/8
Sana25.03.2023
Hajmi190.19 Kb.
#1294461
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliyot ishlanmasi

Amaliy topshiriqlar
1-Topshiriq.
Siz oʻz mutaxassisligingizni nima sababdan tanlagansiz? Nima deb oʻylaysiz, ushbu kasbni mukammal egallashingizda menejmentning oʻrni qanday boʻladi?


2-Topshiriq. Quyidagi “Shaxsiy yutuqlarim va muvaffaqiyatsizliklarim” nomli kartogrammani tuzing va tegishli tahliliy xulosalarni yozing:
Bilimingiz tufayli qoʻlga kiritgan yutuqlaringiz



Yutuqlarim

Qanday bilimlarim hisobiga erishdim

1.







2.







Duch kelgan muvaffaqiyatsizliklaringiz sabablari



Muvaffaqiyatsizliklarim

Qanday bilimlarga ega boʻlmaganim tufayli duch keldim

1.







2.









3-Topshiriq: Quyidagi jadvalni koʻchiring va fanni oʻrganish usullarining mazmunini yozing.
1-jadval
«Menejment» fanini oʻrganish va tahlil usullari.



Oʻrganish usullari

Mazmuni

1

Tizimli (sistemali) yondoshuv




2

Kompleks yondoshuv




3

Tarkibiy yondoshuv




4

Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv




5

Integratsion yondoshuv




6

Modellashtirish usuli




7

Iqtisodiy-matematik yondoshuv




8

Kuzatish usuli




9

Eksperement (tajriba) usuli




10

Sotsiologik (tajriba) usuli




4-Topshiriq. Davlat boshqaruvi chizmasiga xulosa yozing.


1-Chizma. Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi
5-Topshiriq. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shakllanishi va vazifalarini yozib oling (OʻzR Kons. 98-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar boʻladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soіqit qiladi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.



Download 190.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling