1-amaliy mashg‘ulot: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


-Topshiriq. Siz qanday rahbar boʻla olasiz? Guruh talabalari misolida boshqaruv maktabi gʻoyalaridan foydalaning (faraz qilish asosida)


Download 190.19 Kb.
bet7/8
Sana25.03.2023
Hajmi190.19 Kb.
#1294461
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliyot ishlanmasi

6-Topshiriq. Siz qanday rahbar boʻla olasiz? Guruh talabalari misolida boshqaruv maktabi gʻoyalaridan foydalaning (faraz qilish asosida).
1-jadval
Iqtisodiyot fakulteti _____-guruh talabalari uchun boshqaruv maktabi gʻoyalarini tadbiq etish.



Talabaning familiyasi va ismi

Boshqaruv maktablari

I

II

III

IV

I, II, III, IV

Oʻz fikringiz

1.






















2.






















3.
























7-Topshiriq: Viloyat hokimlarining vakolatlarini belgilab oling (www.gov.uz)

Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʻlib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.


Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi:
- qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash;
- hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
- mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish;
- mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni taʼminlash;
- meʼyoriy hujjatlarni qabul qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
- Viloyat, tuman va shahar Hokimi tegishli hududda oʻz-oʻzini boshqarish organlarini rivojlantirishga va ular faoliyatini yoʻnaltirishga koʻmaklashadi.
- Viloyat, tuman va shahar Hokimi oʻz vakolatlari doirasida umumiy maqsadni koʻzlagan tadbirlarni oʻtkazish, qoʻshma korxonalar, xoʻjalik tashkilotlarini bunyod etish, turli tarmoq va boshqaruv tizimidagi faoliyatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasining viloyat, shahar va tuman davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlari bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishishga haqlidir.
- Viloyat, tuman va shahar Hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar beradi.
- Viloyat, tuman va shahar Hokimi viloyat, tuman va shaharning yuqori mansabdor shaxsi sanaladi hamda bir vaqtning oʻzida tegishli hududdagi vakillik va ijro hokimiyatini boshqaradi.
- Viloyat, Toshkent shahar Hokimi Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobot beradi.
- Tuman va shahar Hokimi oʻzidan yuqori hokimga va tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobot beradi.
- Xalq deputatlari Kengashi va Hokim viloyat, shahar va tuman uchun umumiy boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, joylarda Oliy Majlis qonunlari va boshqa qarorlarini, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan aktlarni, yuqori turadigan xalq deputatlari Kengashlari va Hokimlarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari oʻrtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, shahar va tumanni boshqarishga jalb etishni amalga oshirishni taʼminlaydi.

Download 190.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling