Mavzu: Xorijiy davlatlar firmalarida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy traktorlarni texnik-foydalanish ko’rsatgichlarini o’rganish


Download 0.96 Mb.
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1148036
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xorijiy davlatlar firmalarida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy traktorlarni


Mavzu: Xorijiy davlatlar firmalarida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy traktorlarni texnik-foydalanish ko’rsatgichlarini o’rganish


Rеja:

  1. Zamonaviy traktor va avtomobillarning rivojlanishi haqida umumiy ma`lumotlar.

  2. Zamonaviy traktorlarni texnik-foydalanish ko’rsatgichlari.

  3. Traktor va avtomobillarning umumiy tuzilishi.



Kirish
Traktorsozlik va avtomobilsozlik sohasi oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biri texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi jarayonlarni to‘la-to‘kis mexanizatsiyalashtirishdan iborat. Traktor va avtomobilning puxta va uzoq vaqt benuqson ishlashini ta’minlash traktorsozlik va avtomobilsozlik oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biridir.Texnika va texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanishi traktor va o‘zi yurar shassilarning qishloq xo‘jalik agregatlari bilan ishlash talablarini ham oshirib bormoqda. Qishloq xo‘jalik agregatlarini modulli qurish mexnizatsiyalashgan ishlar ko‘lamini oshirishga xizmat qiladi.
Modulli agregatlarning afzalliklariga:
1.minimal material sarfi,
2.universallik va nomenklaturaning kamligi,
3.yuqori manevrchanlik,
4.foydalanish va ta’mirlashdagi mehnat sarfining pastligi kiradi.
Bundan tashqari modulli agregatlarni qo‘llash hozirda rivojlanib borayotgan fermerlik xo‘jaliklari uchun ayni muddao deyish mumkin.
Energetik modullarni komponovkalashda ularni barcha QXMlar bilan tez agregatlanishini, manevrchanligini inobatga olish lozim bo‘ladi. Mobil energetik vositalar (MEV) ning yaratilgan tajriba nusxalari universal chopiq traktori bazasidagi agregatlar bilan solishtirilganda, quyidagi ustunliklarga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi:
1.yuqori manevrchanligi va tannarxinig pastligi, mehnat sarfining 2 marta kamayganligi,
2.energiya sarfining 1,5-2 martagacha, material sarfining 10-15% gacha qisqarganligi,
3.yurish qismi bilan tuproq yuzasining kam zichlanishi tufayli ekologik tozalikni oshishi,
4.0,45-0,7 m li qator oralariga ishlov bera olish qobiliyati, mashina massasining sezilarli darajada kamligi.
5.Modulli qishloq xo‘jalik agregatlarini yuqori unifikatsiya darajasi bilan yaratish an’anaviy loyihalash usullarini takomillashtirishni talab etmoqda.
6.Modul – qishloq xo‘jalik agregatining tarkibiga kirib, u joylashuvi va asosiy funksional vazifalarini bajarish nuqtai nazaridan tugallangan qism munosabatini bildiradi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling