Mavzu: biomaromlar va tirik organizmlarniong hayotiy shakillari. Vaqt ekologik omili


Download 21.64 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi21.64 Kb.
#1477387
Bog'liq
BIOMAROMLAR VA TIRIK ORGANIZMLARNIONG HAYOTIY SHAKILLARI. VAQT EKOLOGIK OMILI.


MAVZU: BIOMAROMLAR VA TIRIK ORGANIZMLARNIONG HAYOTIY SHAKILLARI. VAQT EKOLOGIK OMILI.
Reja:

  1. Ekologik vakt omili

  2. Usimlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar

  3. O‘simlik va hayvonlardagi mavsumiy uzgarishlar

Ekologik vakt omili: .Tabiatdagi barcha tirik organizmlar ma’lum muhit sharoitlarida hayot kechiradilar. Tashqi muhit bilan jonli organizmlar o‘rtasida doimiy ravishda modda almashinuvi sodir bo‘lib turadi, bu esa organizmlarning hayotiy faoliyatini saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Jonli tabiatning fundamental xususiyatlaridan biri, undagi hayotiy jarayonlarning davriyligi bilan tavsiflanadi.

Ichki davriylik. Bu organizmlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlardir. Tirik organizmlarda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uzluksiz davom etmaydi.Tashqi (ekzogen) ritmlar. Tabiatda doimiy ravishda takrorlanib turadigan ana shunday muhim o‘zgarishlar jumlasiga, avvalo, Yerning quyosh atrofida, oyning esa yer va o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadigan mavsumiy hamda sutkalik davriylik kiradi.


2 O’simlik va hayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar:


Sutkalik ritmlar — yerning‘ o‘z o‘qi atrofida harakatlanishi natijasida hosil bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari kompleksining qonuniy almashinib turishiga javoban organizmlarning o‘ziga xos adaptatsiyasidir. Sutkalik davriylikning xususiyati tinch holat va faol faoliyat davrining navbatlanib turishidan iborat. Ayrim tirik organizmlarda faol faoliyat kunning yorug‘ vaqtiga to‘g‘ri kelsa, boshqa jonli . individlarda kechkurunga to‘g‘ri keladi.


Ayrim turlarning faol faoliyati sutkaning ma’lum paytlariga to‘g‘ri keladi, boshqalarida sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Masalan, shafran o‘simligi gulining ochilishi haroratga bog‘liq. Kungaboqar o‘simligining savatchasi esa bulutli kunlarda ochilmaydi. Cho‘l zonasida tarqalgan hayvonlarning faol faoliyatlari sutkaning har xil vaqtiga to‘g‘ri keladi, bu asosan shu yerdagi harorat va namlik bilan bog‘liqdir.


Fasllar bo‘yicha o‘zgaruvchanlik organizmlarning fiziologik holatida va xulq-atvorida chuqur o‘zgarishlar sodish bo‘lishiga sababchi bo‘ladi, xuddi shuningdek, ularning hayotiy sikllarida va morfologik tuzilishlarida katta siljishlarning hosil bo‘lishiga olib keladi.


Tashqi muhit qancha tez o‘zgarsa, tirik organizmlar hayotiy faoliyatining yillik davriyligi shunchalik kuchli bo‘ladi. Masalan, kuzda o‘simliklar bargining to‘kilishi, zaxira yog‘larning hosil qilinishi, ko‘chish (migraiiya) va hokazolar. Bunday davriylik faqatgina iqlim sharoitlari mo‘tadil va sovuq bo‘lgan mamlakatlar uchun xosdir.


O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishida Fotodavriylikning roli. Muhit sharoitining davriy o‘zgarishi natijasida o‘simliklar va hayvonlarning fiziologik holatida yil bo‘yicha katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Agar tirik organizmlar yil davrlariga moslashmasa, ular nobud bo‘lishi mumkin. Masalan, tinim bosqichlari qishgacha shakllanib bo‘lsa, individlar nobud bo‘ladi.


Shu narsa ma’lumki, yorug‘ kunlarning uzunligi yil faslidan tashqari, joyning geografik o‘rniga ham bog‘liqdir. Qisqa kunli turlar asosan past kenglikda o‘sadi va yashaydi, uzun kunli turlar esa mo‘tadil va yuqori kenglikda o‘sadi va rivojlanadi. Keng areallarga ega bo‘lgan shimoliy individlar va fotodavriylik xili bilan janubiy individlardan farq qiladi, Shunday qilib, fotodavriylik xili bu turlarning muntazam xususiyati bo‘lmay, balki ekologik xususiyatidir.


Vaqt ekologik omili.
Har bir organizm o'zi yashab turgan muhitda bir vaqtning o'zida har xil iqlim, tuproq va biotik omillar ta'siriga uchraydi. Tirik organizmlarning individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan muhit elementlari ekologik omillar deyiladi. Bunday ta'rifdan ayrim muhit omillari istisnodir, ya'ni, dengiz sathiga nisbatan bo'lgan balandlik, dengiz, koilarning chuqurligi. Balandlikning organizmga ta'siri, harorat, quyosh radiatsiyasi, atmosferaning bosimi orqali bo'lsa, suv chuqurligining organizmga ta'siri bosim va yorug'likning kamayishi orqali yuzaga keladi.
Ekologik omillar tirik organizmga turlicha ta'sir o'tkazadi, ya'ni:
1. Ayrim turlarni ma'lum hududlardan siqib chiqaradi va ularni geografik jihatdan tarqalishining o'zgarishiga olib keladi;
2. Har xil turlarning rivojlanishiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilib, ularning ko'payishi va o'lishini o'zgartiradi, bir joydan ikkinchi joyga migratsiya qilib, populyatsiya va biotsenozlar qalinligiga ta'sir qiladi;
3. Organizmlarda moslashish xislatlarini keltirib chiqaradi, ularda ichki (modda almashuv) va tashqi o'zgarishlarni sochilib, gruppa bo'lib tarqalishi, qishki va yozgi tinchlik davri, fotoperiod reaksiya va boshqalar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Muhit omillari vaqt bo'yicha ham o'zgarib turadi:
a) Kun davomida yoki yilning fasllari bo'yicha, dengiz, okeanlarning to'lqinlari ta'sirida muntazam o'zgarib turishi;
b) Ekologik omillarning kutilmaganda, muntazam bo'lmagan holda o'zgarishi aniq davrlar ichida bo'lmasligi, har xil yillarda ob-havoning o'zgarishi, tabiiy ofatlar - dovul, kuchli bo'ron, suv bosishi, sel kelishi, yer silkinishlari, vulqonlar ta'sirida bo'ladi;
d) Ma'lum vaqt yoki uzoq davr ichida bo'ladigan o'zgarishlar. Bu holatlar - tabiiy muhit iqlimining isib yoki sovib ketishi, suv havzalarining o't bosib ketishi, doirniy mol boqish natijasida o'tloqzorlarning tabiiy holati buzilishi, daryo etaklaridagi to'qayzorlar, ko'llarning suvsizlikdan yo'qolib ketishi, ekologik omillar o'zgarishlaridir.
Muhit tushunchasi.
Muhit - ekologik tushuncha, u majmua tabiiy element va voqeliklardan tashkil topgan bo'lib, tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Muhit-organizmlarni o'rab turgan hamma tabiiy ekologik omillar (havo, yorug'lik, tuproq)dir. Muhit elementlari organizmlarning holati, o'sish, rivojlanish, ko'payish, tarqalishiga to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa ikkilamchi omil orqali ta'sir qiladi. Har bir organizmning muhiti juda ham ko'p organik va neorganik tabiiy elementlardan hamda inson faoliyatidan kelib chiqadigan sun'iy elementlardan tashkil topadi.
Tashqi muhit tabiiy kuch va voqeliklar yig'imdisi, moddalar va energiya tarqalishi inson faoliyatining turii obyektiv va sub'yektiv qirralari bo'lib, ularning ba'zilari bir-birlari bilan aloqada boimasliklari ham mumkin.
«Atrof-muhit» atamasi tashqi muhit tushunchasiga identik, aynan o'zi bo'lib, obyekt yoki sub'yektivlik bilan to'g'ridan-to'g'ri kontaktda bo'ladi. Atrof-muhit tushunchasini biolog Ya. Yukskol (1864-1944) ekologiyaga kiritgan va shunday ta'riflagan: «Tashqi dunyo, u tirik organizmlarni o'rab turgan, ularning sezgi organlari, hayvonlarning harakat organlari orqali ta'sir qilib, maxsus xislatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi., Har bir sub'yekt xuddi o'rgimchak to'rining tolalari kabi tashqi muhitga u yoki bu xislati bilan bog'liq, murakkab to'r hosil qilib, o'zining hayotchanligini ta'minlaydi», - degan edi.
Ekologiyada yana «Tabiiy muhit» atamasi ham uchraydi. Tabiiy muhit - bu tirik va o'lik tabiatning tabiiy omillarining yig'indisi bo'lib, inson faoliyati natijasida o'zgaradi va organizmlarga ta'sirini o'tkazadi.
Organizmlarni to'g'ridan-to'g'ri o'rab turgan yashash muhiti (sharoiti) - ayrim organizm yoki biotsenozni abiotik va biotik omillar yig'indisining ta'siri natijasida organizmning o'sish, ko'payish joyi. Masalan, o'tloqzorlar, u yerlarda ekologiyadagi 4 ta yashash muhiti farqlanadi: 1) suv; 2) yer-havo; 3) tuproq; 4) tirik organizmlar tanasi.
Turli-tuman rangda gullayotgan o'simliklar, ularning ko'rinishi, hidini biz - insonlar va uning ichida uchib yurgan asalarilar har xil qabul qilamiz. Ba'zi hayvonlarning sezish organlari juda ham o'tkirki, ular insonlar qabul qila olmaydigan hid, tovush va boshqa tabiiy holatlarni qabul qiladi.
Tirik organizmlar ham o'zlarining hayot-faoliyatida o'zlari yashab turgan tabiiy muhitga sezilarli darajada ta'sir qiladi va muhit holatining o'zgarishiga sabab bo'ladi. Biz nafas olishda qabul qiladigan kislorod (atmosferada uning miqdori 21%) fotosintez jarayonida yashil o'simliklar tomonidan ajratiladi va u tirik organizmlar uchun zaruriy omil hisoblanadi. Shunday qilib, tirik organizmlar uchun zarur bo'lgan, ularga ijobiy yoki salbiy ta'sir qiladigan .muhit elementlariga ekologik omillar deyiladi. Tabiatda ekologik omillar tirik organizmlarga yakka-yakka va bir-birlaridan ajralgan holda emas, balki murakkab majmua holda, birlikda ta'sir qiladi. Majmua omillarsiz organizm yashay olmaydi.
Turli organizmlar bir xil ekologik omillarni turlicha sezadi va qabul qiladi. Har bir tur vakili uchun o'ziga xos sharoit kerak. Cho'l hududlarida uchraydigan o'simliklar, yashaydigan hayvonlar yuqori harorat va quruq sharoitga moslashgan. Tundra, Arktika hududlaridagi o'simlik va hayvonlar namlikning fiziologik kamligi, past haroratli sharoitga moslashgan; sho'r suv havzalarida uchraydigan organizmlar esa mineral moddalarning konsentratsiyasining yuqoriligini turlicha qabul qiladi. Tirik organizmning ekologik omillarga moslashishi va ularni turlicha qabul qilishlari ularning evolutsion rivojlanish jarayonida vujudga kelgan.
Organizmning hayot-faoliyati ekologik omillarning minimal mohiyati ta'siridagina chegaralanmaydi, balki u yoki bu omilning ortiqcha miqdordaligidan ham organizm holati aniqlanadi. Tabiiy muhitda chegaralovchi omillarning maksimal mohiyatini 1913-yili amerikalik olim V.Shelford aniqlab, unga «Tolerantlik qonuni» ifodasini bergan, ya'ni bu qonun bo'yicha turning yashashi, qator ekologik omillarning ozligi va ko'pligi, organizmning chidamlilik-moslashish chegarasiga yaqin darajasi bilan aniqlanadi. Ekologik omillarning, organizmlarning chidamlilik chegarasiga yaqinligi yoki undan ortib ketishiga chegaralovchi omillar deyiladi. Shunday qilib, organizm ekologik minimum va ekologik maksimum holati bilan xarakterlanadi, shu ikki ekologik ko'rsatkichni u sezadi, unga moslashish orqali javob qiladi. Organizmning maksimum va minimum ko'rsatkichlari o'rtasidagi ekologik omillarning turga ta'sir qilishi turning tolerantlik chegarasi yoki ekologik amplitudasi deb aytiladi.
Mashhur amerikalik ekolog Yu.Odum (1975) tolerantlik qonunini to'ldiruvchi fikr bildiradi, ya'ni: 1) Organizmlar bir ekologik omilga nisbatan keng tolerantlik doirasida bo'lsa, boshqa omilga nisbatan tor, past doirada bo'lishi mumkin; 2) Hamma ekologik omillarga nisbatan keng tolerantlik doirasida bo'lgan organizmlar keng tarqalish imkoniyatlariga egadir; 3) Agar tur uchun bir ekologik omilning ta'siri optimal bo'lsa, shu turning tolerantlik doirasi boshqa omillar bo'yicha chegaralanib, torayib boradi; 4) Organizmning hayot-faoliyatining kritik davrida ko'pchilik muhit omillari, ayniqsa, turlarning ko'payish vaqtida, chegaralovchi bo'lib qoladi, chunki ko'payayotgan tur vakillarining sezuvchan, nozik bo'lganliklari (unayotgan urug', o'sayotgan yosh nihol) uchun ularning tolerantlik doirasi juda ham chegaralangan bo'ladi. Ko'p yillik o'simliklar uchun tolerantlik doirasi kengdir.
Har bir organizmning turli ekologik omillarga nisbatan chidash chegarasi bo'lib, shu chidash chegarasi ichida (minimum va maksimum) turning ekologik optimum rivojlanish mintaqasi bor. Masalan, O'rta Osiyo sharoitida keng ekiladigan paxtaning shona ko'rsatishi, gullashi, ko'sak tugishi va ochilishi ma'lum yorug'lik, harorat, namlik ta'sirida o'tadi. Bordi-yu gullash davrida yuqori harorat bo'lib, namlik yetarli bo'lmasa, paxta shonalarini to'kib yuboradi.
Oʻsimlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari.
Yer yuzudagi iqlimning asosiy tiplari va ularning bir – birlari bilan bog’liqligi yer bilan quyoshning turushi, ta’siri asosida kelib chiqadi.Ularning bog’liq holda joylashishida materiklar joylashishiga ta’siri va okeanlar, shamol va dengiz oqimlarining hosil bo’lishi, ulardagi tirik organizmlarning rivojlanishi, o’zgarishi va taqsimlanashi yuzaga keladi.

Yer yuzuning u yoki bu hududining iqlimini issiq, sovuq, quruq deb tavsiflash mumkin.Lekin har bir hudud iqlimining davriy o’zgarishlari, astronomik davriy voqeliklar natijasida, ya’ni yerning o’z o’qi atrofida aylanishidan bir kunlik muhit sharoiti yuzaga keladi.Oyning Yer atrofida aylanishi dengiz suvlarining ko’tarilishi yoki pasayishi, Yerning quyosh atrofida aylanishi yil davomida vaqt, fasllar almashinishini keltirib chiqaradi.Oy har 26,5 kunda to’lib, yangi fazaga o’tadi.Qadimgi xalqlar tuproqning har xilligi, hosilning mo’l bo’lishi, hayvonlarning yaxshi ko’payishi, ular sonining ortishi, insonlarning tug’ulishi, oyning fazoda turush holati bilan ifodalangan.


Organizmlarda bo’lib o’tadigan maromlar, asosan, yil davomida yorug’lik va harorat, kun va tunning almashinuvida namlik o’zgarishlari bilan bog’liq.Shunga qaramasdan, har bir hayvonda bo’lib o’tadigan o’ziga xos va uning ichki (endogen) maromlari ancha murakkabdir.Shunday ritimlarning ayrimlari oyning harakati bilan, ayniqsa, dengiz to’lqinlarning ko’tarilishi va pasayishi bilan bog’liqdir.Dengiz hayvonlari suvning ko’tarilib yoki pasayib turushiga moslashgan.


Yer yuzudagi o’simlik va hayvonlarning hayot – faoliyatida harorat, yorug’lik, namlik, bosim, magnit maydoni, shamol va boshqa ekologik omillar muhim ahamiyatga ega.Ularning fasllar bo’yicha o’zgarishi Yerning quyosh atrofida aylanishida kelib chiqadi.Ekologik omillar, geografik hududlar va ularning iqlimi fasllar bo’yicha o’zgaradi.


Tashqi ekzogen maromlar. Ko’pchilik hayvonlarda kun davomidagi davriylik fiziologik funksiyalarning o’zgarib turushiga to’g’ri kelmaydi.Jumladan, hayvonlardagi sutka davomida periodiklik kunduzgi, g’ira – shira va tunda yashaydigan hayvonlarga xosdir.Suv havzalarida plankton organizmlarning kunduz va tunda almashib turushi kuzatiladi.Yerning aylanishi bilan geofizik o’zgarishlar  quyosh radiatsiyasining aktivligi tirik tabiat (har 11 yilda) va undagi tirik jonzotlar holatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.


Hamma tirik organizmlarda sutkalik maromlar mavjud. Biologik maromlar hayotning hamma tuzulishi  oddiy hujayradagi bioximik reaksiyalardan tortib, eng murakkab tuzulishga ega bo’lgan organizmlarda bo’lib o’tadi. Har bir hujayra, har bir organizm o’zining “ish maromi “ (ritmi) ga ega. Taxminan 24 soat vaqtdagi (sirkat ritim) sutkalik ritimlar asosida ish maromlari bir – birlari bilan bog’langan.


Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkat) maromlar juda keng diapazonda kuzatiladi. Sutkalik maromlar nafas olish va tana harorati o’zgarishida, yurak faoliyati va qon aylanishida, ichak – oshqozon va ortiqcha moddalarning tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi.


Bioritm organizmning vaqtni seza bilishi bo’lib, bu holat “biologik soat” deb aytiladi. Organizm kunlik o’zgarishga emas, balki tabiatdagi ancha marakkab giofizik o’zgarishlarga ham oriyentirovka qilinadi.


Fotoperiodizm. Yerning quyosh attofida harakat qilishida yorug’likning qonuniy, davriy o’zgarishi hamda uning natijasida yil davomida kun va tunning uzunligi kelib chiqadi. Yorug’likning bunday o’zgarishlarini o’simliklar ko’pchilik hayvonlar juda tez sezadi va kun davomidagi yorug’lik harakati, o’zgarish vaqtini o’zlaricha “o’lchaydi”. Organizmlarning kun va tun uzunligini sezishi, qabul qilishi va ularning o’zgarishi fotoperiodizm (yorug’lik davri) deb ataladi.
Kunning uzunligini aniqlaydigan va o’simliklarning gullash davrida o’tishu uchun zarur bo’lgan fotiperiodik reaksiyaga bog’liq holda o’simliklar 3 ta guruhga bo’linadi:
1. Qisqa kunli 2. uzun kunli 3. fotodavrga neytral (befarq) o’simliklar

O’simliklarda ko’p biomassa- organik moddalar uzoq yorug’lik kunlarida hosil bo’ladi. Bunday kunlar Moskva atrofida 17 soat, Arxangelsk kengliklarida 20 soatdan ham ortiq, O’rta Osiyo yozining eng yorug’ kunlari 14-15 soatdan ortmaydi.


O’simlik urug’larining tinchlik davrini to’xtatib, unish, o’sish boshlanishi bo’yicha ular 3 turga bo’linadi: tabiiy, majburiy va indutsiranli tinchlik davrlarini o’tadi.


Ayrim hollarda uzoq qizil (736 nm) va yaqin qizil (660 nm) nurlar ta’sirida ham urug’lar tinchlik davriga o’tishi mumkin. Qizil nurlar daraxt va o’simliklar yaproqlari oralaridan o’tib, tuproq ustiga, urug’larga ta’sir qiladi. Yaproqlar tushib, yer beyiga nurlar ko’p va to’g’ri tushgandan keyingina urug’lar tinchlikdan chiqadi, unish va o’sish boshlanadi.


Hayvonlarda ham o’simliklardagi kabi tashqi muhit ta’siriga javoban “tinchlik davri” ni o’tadi. Hayvonlarda noqulay sharoit yuzaga kelganda quyidagicha moslashishi:


Ko’pchilik sut emuzuvchi hayvonlar yashash sharoiti yomonlashishi bilan ma’lum tayyorlanish fazalarini o’tadi. Uxlash davrida ular tanasi ancha “turg’unlik” ka ega bo’ladi, ya’ni tana harorati pasayishi bilan modda almashinishi, nafas olish, moddalar sintez qilishi, sekinlashishi va umumiy energiya tejalishi kuzatiladi.

Tabiatdagi organizmlarda chegaralangan tinchlik davri, chuqur va majburiy tinchlik davrlari ma’lum, ya’ni o’simliklar mevalari, yer osti tuganaklari (kartoshka) kuzda yuqoro issiqlik bo’lsa- da ko’karmaydi; chuqur tinchlik davri o’simliklarning sovuqqa chidamlligi bo’lsa, majburiy uzoq qish, qalin qor ularning o’sishini to’xtatib turadi. Bu evolutsion rivojlanish va muhitga moslashish yo’lidir.


Atrof-muhitdagi turli xil o’simlik va hayvohlarni bir –biridan farqlash va aniqlashning kaliti – ularning turli iqlim sharoitlardagi hayotiy formalari bo’yicha ajratishdan iboratdir. Jumladan, o’simliklar klimaksida cho’l bioiqlimlari – cho’l boshoqdoshlar guruhlari va shu boshoqdoshlar boshqa iqlim klimakslarida ham uchraydi, ya’ni dasht hududida o’t o’simliklar asta –sekin o’rmon daraxtlari bilan almashadi. O’simlik, hayvonlarning morfologik ko’rinishlari, muhitga eko –fiziologik moslashishlari evolutsion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan va bu morfologik moslashish juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning tashqi tuzulishlari turlarning yashab qolishi rivojlanishiga imkon bergan.Suv muhiti tirik organizmlarning tana tuzulishlari, uning harakat qilishiga moslashgan. Suv hayvonlarning formalari suvda tez harakat qilishiga, suvning pastki va yuza qatlamlariga tushib – chiqib turushiga (plankton organizmlar) moslashgan.


O’simlik va hayvonlarning yashash muhit omillariga morfologik moslashishlari ularning tashqi qiyofasi –hayotiy formalari orqali bo’lib, turli tashqi ko’rinishlar evolutsion jarayonlarida hosil bo’lgan va ularni tashqi muhitning turli noqulay ta’siridan saqlagan.


O’simliklar olami vakillarning turlari sharoitiga moslashishlari natijasida turli formalar vujudga kelgan. Aristotel davridan o’simliklar tashqi qiyofalariga qarab “daraxtlar”, “butalar”, “chala butalar”, “o’t o’simliklar” va suvda “o’suvchi o’simliklar” nomi bilan atalib kelingan. Bu atamalarga qo’shimcha “o’tsimon”, “daraxtsimon”, “boshoqli”, “turli o’tlar” kabi so’zlar ham ishlatiladi. O’simliklar ekologik formalarni farqlashda “gidrofit”, “nizofit”, “kserofid”, “galofit”, “ekobioforma”, “biologik tip”, “o’sish formasi”, “epiforma” kabi atamalar ham ishlatilib, ular asosan o’simliklar tashqi qiyofasi haqida ma’lumot beradi.
Download 21.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling