Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


Download 168.62 Kb.
bet1/28
Sana30.04.2023
Hajmi168.62 Kb.
#1415704
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


  1. Mavzu. BOZOR IQTISODIYOTINING DAVRIY RIVOJLANISHI



22.1. Iqtisodiy oʻsish tushunchasi va uning oʻlchanishi

Jamiyat taraqqiyotini ifodalovchi asosiy mezonlardan biri iqtisodiy oʻsishdir. Bu obyektiv qonuniyat boʻlib, aholi oʻsishi va fan- texnika jarayonlari bilan bogʻlangan. U milliy iqtisodiyot rivojlanishi harakatini koʻrsatadi va shu sababli vaqtning ma’lum davrlariga (chorak, yil va undan oʻzoq vaqtga) makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni (YaIM, SIM, MD) taqqoslash yoʻli bilan oʻlchanadi.


Iqtisodiy oʻsish ikki usul bilan aniqlanadi va oʻlchanadi.
Birinchi usul real YaIMni oʻtgan davrga nisbatan oʻzgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini ifodalash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usul real YaIMni oʻtgan davrga nisbatan aholi jon boshiga oʻzgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakat ijtimoiy rivojlanish darajasini va harakatining sifat oʻzgarishlarni ifodalash uchun foydalaniladi.
Iqtisodiy oʻsishning aholi jon boshiga hisoblash koʻrsatkichlari makroiqtisodiy tahlil qilish va istiqbolni belgilash, xalqaro taqqoslashda koʻproq ishlatiladi. Iqtisodiy oʻsish sur’atlari va qoʻshimcha oʻsish surʼatlari bir-biridan farqlanadi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini oʻrganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha mamlakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini koʻrsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan oʻtish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (4-chizma).
Iqtisodiy
faollik choʻqqi retsessiya choʻqqi
potensial
darajasi

koʻtarilish


pasayishning quyi nuqtasi iqtisodiy davr vaqt

1-chizma. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi


Iqtisodiy davrlar toʻrtta bosqichni oʻz ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich boʻlib, u “choʻqqi” deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan toʻliq bandlik, ishlab chiqarish toʻla quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining oʻsish holati kuzatiladi.


Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning oʻsish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina bahoning oʻsish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turgʻunlik davri boshlanadi.

Download 168.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling