Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


Download 168.62 Kb.
bet4/28
Sana30.04.2023
Hajmi168.62 Kb.
#1415704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi

Nazorat savollari

  1. Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?

  2. Iqtisodiy sikl boʻyicha qanday nazariyalar mavjud?

  3. Eksternal va internal nazariyalarning farqi nimada?

  4. Iqtisodiy siklning ta’rifini bering va uning har bir fazasining oʻziga xos belgilarini koʻrsating.

  5. Iqtisodiy sikllarning asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini koʻrsating.

  6. Iqtisodiy siklning oqibatlari

  7. Davlatning davriylikka qarshi siyosati?

  8. Iqtisodiy davrlar necha turga boʻlinadi?

  9. Iqtisodiy tebranishlarning sabablarini qanday izohlaysiz?

  10. Nima uchun iqtisodiy tebranishlar takrorlanib turadi?

XX BOB. ISHCHI KUCHI VA ISHSIZLIK



    1. Mehnat bozori va undagi raqobat

Mehnat bozorida ham talab va taklif qonuniga amal qilinadi. Mehnat bozorida ishchi kuchini raqobat sharoitida oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Bunda oʻziga xos muvozanat narx oʻrnatiladi. Mehnat bozoridagi talab va taklif qonuni va uning mohiyatini anglashdan oldin ishchi kuchining ish bilan bandligi konsepsiyasini bilishimiz lozim.
Ish bilan bandlikning klassik nazariyasini yoritishda hozirgi mehnat bozoridagi raqobat sharoitida “talab va taklif”ning umumbashariy funksiyasidan boshlaymiz.
Hozirgi raqobat sharoitida ishbilarmonlar ishchi kuchidan shunday miqdorda foydalanadilarki, bunda mehnatning yuqori mahsuli real ish haqi bilan teng boʻlishi yoki ish haqi hajmining puldagi ifodasi mehnatning yuqori mahsuli qiymatiga teng boʻlishi kerak. Agar real ish haqi hajmi oshsa, ishbilarmon ishchi kuchiga boʻlgan talabini qisqartiradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga boʻlgan talab ortadi. Bu yerda ishbilarmon shu yoʻl bilan daromadining kamayishini muvozanatlashtiradi.





20.1-chizma. Mehnat bozoridagi talab egri chizigi

  1. Makrokoʻlamdagi talab va taklif nazariyasi asosida mehnatga boʻlgan talabning egri chizigʻi quyidagi koʻrinishga ega boʻladi (5.1 chizma).

    1. 20.1-chizmadan koʻrinib turibdiki, egri chiziqning salbiy tomonga ogʻish tendensiyasi mavjud. Real ish haqini qisqartirish natijasida mehnatga boʻlgan talab oshmoqda va aksincha, real ish haqi oshsa, mehnatga boʻlgan talab kamayadi.

    2. Endi mehnatning taklif funksiyasiga kelsak, bu yerda individ oʻzining samarali xizmatini taklif qiladi. Individ oʻz xizmatini ish haqining puldagi ifodasidan kelib chiqib emas, balki ish haqining oʻlchovlaridan kelib chiqib taklif qiladi.

Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarish resurslari toʻliq foydalanilmay qoladi. YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri boʻlgan mehnat resurslaridan toʻliq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon boʻladi.
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas, balki ishchi kuchi kategoriyasidan koʻproq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga boʻlgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga boʻlgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga boʻlgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam boʻlishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.

Download 168.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling