Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


Download 168.62 Kb.
bet5/28
Sana30.04.2023
Hajmi168.62 Kb.
#1415704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi

Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi boʻlib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar-joylarni oʻzgartirish, oʻquv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud boʻlib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining oʻzgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining oʻzgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini oʻzgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim boʻlgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud boʻladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi.
Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga boʻlgan talabning kamayishidan paydo boʻladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga boʻlgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi talabning kamayishini va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning oʻsishini bildiradi.
Toʻla ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol boʻlganligini hisobga olsak, biz mutlaq toʻla ish bilan bandlilikka erishib boʻlmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik boʻlmasa, u holda toʻla ish bilan bandlilikka erishiladi. Toʻla ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni boʻsh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yigʻindisiga teng boʻladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi oʻn yilda mavjud boʻlgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi oʻn yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining oʻrtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga boʻlinadi.



    1. Download 168.62 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling