Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


Download 168.62 Kb.
bet2/28
Sana30.04.2023
Hajmi168.62 Kb.
#1415704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi

Koʻtarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish va toʻliq bandlik darajasiga erishiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega boʻlsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga koʻra oʻzaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash toʻgʻri boʻladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodchilar uch omilni koʻrsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda roʻy beradigan oʻzgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qoʻllash natijasida iqtisodiyotda oʻsish roʻy beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi, yoqilgʻi sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yoʻl qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab boʻldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab boʻladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bogʻlashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga bogʻlaydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik koʻp pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam boʻlsa, ishlab chiqarish koʻlamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bogʻliq, degan fikrni qoʻllab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar oʻz tovar va xizmatlarini ularga talab boʻlsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta boʻlmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. Oʻz navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli past boʻladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik koʻp boʻlsa, ishlab chiqarishning oʻsishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni oʻrganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.



    1. Iqtisodiy davrlarning xususiyati va koʻrinishi



Iqtisodiy taraqqiyot doimiy tebranishlarga uchrab turadi – pasayish, tanglilik davrlari iqtisodiy faollik va ktarilish bilan almashadi. Iqtisodiy sishning davriylik xususiyati fan-texnika taraqqiyoti bilan boliq. Shu tufayli asosiy fondlarni sakrash yoʻli bilan yangilanishi yuz beradi, yangi texnologik jarayonlar tatbiq etiladi, milliy daromad, iste’mol, jamgarish va investitsiyalar rtasida zaro boliqlik zgaradi. Iqtisodiy sish holatida ishlab chiqarishning real hajmini vaqti-vaqti bilan blib turadigan bunday kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb ataladi. Iqtisodiy davrlar davom etish muddatiga kra quyidagi turlarga blinadi:

  • qisqa (3-4 yil) muddatli, tovar-moddiy zaxiralarning zgarishi bilan asoslangan;

  • rta (7-8 yil) muddatli asosiy fondlar asbob–uskunalarni almashtirishi sifatidagi zgarishlaridan kelib chiqadi;

  • Kuznets davri (15-20 yil), qurilish davr nazariyasining asoschisi Amerika iqtisodchisi Saymon Kuznets nomi bilan atalgan. Bu davrlar turar joylarni va ba’zi ishlab chiqarish inshootlarni vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda yangilanishi bilan boliq blgan tebranishlardir;

  • uzun toʻlqinlar (50-60 yil), infrastrukturani yangilanishi va tubdan yangi texnologik jarayonlarni kiritish bilan asoslanadi va rus tadqiqotchisi N.Kondratev nomi bilan nomlanadi.

Iqtisodiy davrni rganish davlat tomonidan davriylikka qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy sishni ta’minlash uchun zarurdir.

Download 168.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling