Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


Download 168.62 Kb.
bet14/28
Sana30.04.2023
Hajmi168.62 Kb.
#1415704
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi

ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashuviga;

  • mehnat resurslarini boshqarish usuliga.

    Mehnat bozoridagi vaziyat yuqoridagi omillarning ta’sirida oʻzgarib turadi va shunga mos ravishda ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif hajmi aniqlanadi.
    Misol uchun, mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab taklifdan koʻproq boʻlsa, bozorda ishchi kuchining qoʻshimcha manbalaridan qoʻshimcha taklif etiladi. Qoʻshimcha manbalari boʻlib mehnat nafaqasi oluvchilar, talabalar, oʻquvchilar hisoblanadi.
    Ishga joylash idoralarining faoliyatlari kuchaytiriladi va takomillashtiriladi, boshqa hududlardan qoʻshimcha, ishchi kuchining oqib kelishi ragʻbatlantiriladi, har bir ishsizning shaxsiy hisobi olinadi va h.k.
    Agarda mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab taklifdan kam boʻlsa, qoʻshimcha ish joylarini tashkil etish, ish smenasini koʻpaytirish, ish bilan bandlikning noan’anaviy yoʻllaridan foydalanish, boshqa hududlarga ortiqcha ishsizlarni jalb qilish mexanizmlaridan foydalaniladi.
    Agarda ishchi kuchiga boʻlgan talab taklif bilan teng boʻlsa va muvozanat oʻrnatilsa, ishlab chiqarish vositalarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish, ish vaqtini yuqotishni kamaytirish, ishchilarning malakasini oshirish, mehnatni ragʻbatlantirish va ish xaqini samarali tashkil etish zarurati kelib chiqadi. Bu esa ish bilan bandlikning samaradorligini oshirish bilan birga makroiqtisodiyotning oʻsish sur’atlarini jadallashtiradi.
    Bozordagi talab va taklifni tartibga solish uchun iqtisodiy mexanizm modelidan foydalaniladi. U quyidagi elementlardan tashkil topadi:

    • koʻp bosqichli ish tanlash, oʻqitish va qayta tayyorlash tizimi;

    • keng klamli ish bilan bandlik markazlari. Bu markazlarda doimo bsh ish joylarini qidirayotgan ishsizlar hisobi olib boriladi, kadrlar zarur blgan korxonalarga ishchi kuchi yetkazib berishga hamkorlik qiladi;

    • alohida ijtimoiy-demografik qatlamlardagi aholining ish bilan bandligi maxsus dasturlari;

    • Respublika va mahalliy mehnat bozoridagi holatni doimo prognoz qilish va rganish uchun ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasi.

    zbekistonda mehnat bozoriga aholining quyidagi guruhlari kiradi:

    • oʻqishni bitirib birinchi marotaba ish qidirib yurgan yoshlar;

    • tarmoq korxonalaridagi strukturaviy zgarishlar natijasida ishsiz blib qolgan xodimlar. Shuningdek, davlat sektorini xususiylashtirish va boshqa mulkchilikka tishdan kelib chiqqan ishsizlar;

    • raqobatda singan va past rentabelli, zarar krib ishlayotgan korxona va tashkilotlar;

    • vaqtincha ishsiz yurgan va mehnat birjalari kmagida yangi ish joyi qidirib yurgan shaxslardan iborat.

    Mehnat birjalarida ishsizlarni aniqlash, ishga joylash, qayta tayyorlash va shu kabi bir qancha masalalar hal qilinadi. Mehnat birjalari hozirgi paytda respublikamizning viloyatlari va uning tumanlarida faoliyat krsatmoqda.
    Nazorat savollari
    1. Ishsizlikning qanday turlari mavjud? Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi?
    2. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik tushunchalariga tavsif bering.
    3. Potensial YaIM koʻrsatkichini izohlab bering.
    4. Makrodarajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlarini qanday oʻlchash mumkin?
    5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishiga qaysi holatlar sabab boʻldi?
    6. Moliyaviy inqirozning ishsizlik darajasiga ta’siri qay tariqa roʻy beradi?
    7. Friksion ishsizlik turining oʻziga xos jihatlarini aytib bering.
    8. Tarkibiy ishsizlik turining oʻziga xos jihatlarini aytib bering.
    9. Davriy ishsizlik turining oʻziga xos jihatlarini aytib bering.
    10. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik tushunchalariga tavsif bering.



    1. Mavzu. BOZOR IQTISODIYOTINING DAVRIY RIVOJLANISHI



    22.1. Iqtisodiy oʻsish tushunchasi va uning oʻlchanishi

    Jamiyat taraqqiyotini ifodalovchi asosiy mezonlardan biri iqtisodiy oʻsishdir. Bu obyektiv qonuniyat boʻlib, aholi oʻsishi va fan- texnika jarayonlari bilan bogʻlangan. U milliy iqtisodiyot rivojlanishi harakatini koʻrsatadi va shu sababli vaqtning ma’lum davrlariga (chorak, yil va undan oʻzoq vaqtga) makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni (YaIM, SIM, MD) taqqoslash yoʻli bilan oʻlchanadi.


    Iqtisodiy oʻsish ikki usul bilan aniqlanadi va oʻlchanadi.
    Birinchi usul real YaIMni oʻtgan davrga nisbatan oʻzgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini ifodalash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usul real YaIMni oʻtgan davrga nisbatan aholi jon boshiga oʻzgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakat ijtimoiy rivojlanish darajasini va harakatining sifat oʻzgarishlarni ifodalash uchun foydalaniladi.
    Iqtisodiy oʻsishning aholi jon boshiga hisoblash koʻrsatkichlari makroiqtisodiy tahlil qilish va istiqbolni belgilash, xalqaro taqqoslashda koʻproq ishlatiladi. Iqtisodiy oʻsish sur’atlari va qoʻshimcha oʻsish surʼatlari bir-biridan farqlanadi.
    Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini oʻrganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha mamlakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini koʻrsatadi.
    Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan oʻtish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (4-chizma).
    Iqtisodiy
    faollik choʻqqi retsessiya choʻqqi
    potensial
    darajasi

    koʻtarilish


    pasayishning quyi nuqtasi iqtisodiy davr vaqt

    1-chizma. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi


    Iqtisodiy davrlar toʻrtta bosqichni oʻz ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich boʻlib, u “choʻqqi” deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan toʻliq bandlik, ishlab chiqarish toʻla quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining oʻsish holati kuzatiladi.


    Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning oʻsish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina bahoning oʻsish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turgʻunlik davri boshlanadi.
    Koʻtarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish va toʻliq bandlik darajasiga erishiladi.
    Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega boʻlsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga koʻra oʻzaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash toʻgʻri boʻladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodchilar uch omilni koʻrsatadi.
    Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda roʻy beradigan oʻzgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qoʻllash natijasida iqtisodiyotda oʻsish roʻy beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi, yoqilgʻi sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yoʻl qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab boʻldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab boʻladi.
    Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bogʻlashadi.
    Bu jarayonni monetar siyosatga bogʻlaydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik koʻp pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam boʻlsa, ishlab chiqarish koʻlamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bogʻliq, degan fikrni qoʻllab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar oʻz tovar va xizmatlarini ularga talab boʻlsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta boʻlmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. Oʻz navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli past boʻladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik koʻp boʻlsa, ishlab chiqarishning oʻsishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni oʻrganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.



      1. Iqtisodiy davrlarning xususiyati va koʻrinishi



    Iqtisodiy taraqqiyot doimiy tebranishlarga uchrab turadi – pasayish, tanglilik davrlari iqtisodiy faollik va ktarilish bilan almashadi. Iqtisodiy sishning davriylik xususiyati fan-texnika taraqqiyoti bilan boliq. Shu tufayli asosiy fondlarni sakrash yoʻli bilan yangilanishi yuz beradi, yangi texnologik jarayonlar tatbiq etiladi, milliy daromad, iste’mol, jamgarish va investitsiyalar rtasida zaro boliqlik zgaradi. Iqtisodiy sish holatida ishlab chiqarishning real hajmini vaqti-vaqti bilan blib turadigan bunday kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb ataladi. Iqtisodiy davrlar davom etish muddatiga kra quyidagi turlarga blinadi:

    • qisqa (3-4 yil) muddatli, tovar-moddiy zaxiralarning zgarishi bilan asoslangan;

    • rta (7-8 yil) muddatli asosiy fondlar asbob–uskunalarni almashtirishi sifatidagi zgarishlaridan kelib chiqadi;

    • Kuznets davri (15-20 yil), qurilish davr nazariyasining asoschisi Amerika iqtisodchisi Saymon Kuznets nomi bilan atalgan. Bu davrlar turar joylarni va ba’zi ishlab chiqarish inshootlarni vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda yangilanishi bilan boliq blgan tebranishlardir;

    • uzun toʻlqinlar (50-60 yil), infrastrukturani yangilanishi va tubdan yangi texnologik jarayonlarni kiritish bilan asoslanadi va rus tadqiqotchisi N.Kondratev nomi bilan nomlanadi.

    Iqtisodiy davrni rganish davlat tomonidan davriylikka qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy sishni ta’minlash uchun zarurdir.

    Download 168.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling