Mavzu: Bioxilma – xillikning tushunchasi va uni atrof – muxit muxofazasidagi o‘rni


Download 87.9 Kb.
Sana26.08.2020
Hajmi87.9 Kb.
#127808
Bog'liq
Bioxilma – xillikning tushunchasi va uni atrof – muxit muxofazasidagi

Mavzu: Bioxilma – xillikning tushunchasi va uni atrof – muxit muxofazasidagi o‘rni.

Reja: 1. Atrof-muhit muhofazasini tashkil etish 2. Atrof-muhit muhofazasining huquqiy asoslari 3. Bioxilma – xillikning atrof – muxit muxofazasidagi o‘rni.

0‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini e’lon qilgunga qadar tabiiy atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun va me’yoriy hujjatlarga sobiq ittifoq manfaatlari doirasida amal qilinar edi. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha boshqaruv va nazorat ishlari bir necha tashkilotlar vakolatiga yuklatilgan bo‘lib, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bir tizimga birlashmagan, aksariyat hollarda bir-birlari funksiyalarini takrorlashar, kuch va mablag‘lardan foydalanish tarqoq holda edi. Natijada tabiatni muhofaza qilish ishlarining samaradorligi pasayib ketdi.

0‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va respublikaning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga о‘tishi munosabati bilan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni boshqarish tizimi va uning huquqiy asoslarini kafolatlovchi qonunlar va me’yorlar ham tubdan o‘zgardi. 0‘zbekiston Respublikasi hududida atrofrmuhit muhofazasini tashkil etish Respublika Vazirlar Mahkamasi, Respublika va viloyatlardagi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat: • Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish. • Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish. • Tabiiy resurslarni baholash va respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash. • Ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va faloka.tlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.

0‘zbekiston Respublikasi Tabiatni nttihofaza qilish davlat qo‘mitasi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga bo'ysunadi hamda vazirliklar, Davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, ayrim shaxslar tomonidan yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon, hayvonot va o‘simliklar dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Shunday qilib, 0‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi 0‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatadigan barcha tashkilotlar ustidan ish ko‘ruvchi organ bo‘lib, tabiatni muhofaza qilish va resurslardan samaraii foydalanish bo‘yicha tarmoqlararo boshqaruv va davlat nazoratini amalga oshiradi.

U o‘z funksiyasini mahalliy boshqaruv organlariga bog‘liq bo‘lmagan holda bajaradi va tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish korxonalari holati va tabiiy resurslarni himoya qilish bo‘yicha texnik va iqtisodiy masalalami hal etishga ko‘maklashadi. 0‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakolatlari, 0‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom bilan belgilanadi. 0‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish bo'yicha quyidagi vakolatlarga ega: • o‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo'nalishlarini belgilash, mintaqaning ekologiya dasturini tasdiqlash; • tabiiy resurslarni hisobga olish va baholash, ekologik jihatdan zararli bo'lgan obyektlarni ro'yxatga olish; • tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnik tomondan ta’minlash; • tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi, sanoat va uy-ro'zg'or chiqindilarini to'plash yoki ko'mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish yoki ularni bekor qilish; • tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to'lovlar undirish; • tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat o'rnatish, atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to'xtatish yoki qayta ixtisoslashtirish to'g'risida qarorlar qabul qilish.

Respublikamiz o‘z mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyingi eng yirik voqealardan biri tabiatni muhofaza qilish faoliyatining huquqiy ta’milanganligi bo'ldi. 1992-yil 9-dekabrda 0‘zbekiston Respublikasining ≪Tabiatni muhofaza qilish to‘g'risida≫gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlab qolishni, inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlaming bir tekis rivojlanishini, ekologik tizimlarning tabiiy majmualarini va ayrim obyektlarni muhofaza qilish maqsadida tabiiy resurslardan oqliona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi va insonlaming yashash sharoitlarini yaxshilash huquqini ta’minlaydi. Hozirgi vaqtida 0‘zbekistonning ekologik munosabatlarini tartibga solishda konstitutsiya va tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunidan tashqari, O'zbekiston Respublikasining ≪Alohida himoya qilinadigan tabiiy hududlar to'g'risida≫gi qonuni mavjud. (7-may 1993-yil).

Bu qonun Respublika hududidagi umummilliy boylik hisoblangan tabiiy majmualar, sog'lomlashtirish maskanlari, madaniy, ilmiy, iqtisodiy ekologik nuqtai nazardan takrorlanmas va noyob hududlarni himoya qilishning huquqiy, ekologik, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini ta’minlaydi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining «Sanitar nazoratlar to‘g'risida»gi qonuni (1992-yil 3-iyul), 1989-yil 20-iyun oyida esa O'zbekiston www.ziyouz.com kutubxonasi Respublikasining «Yer to‘g'risida»gi qonuni qabul qilingan. O'zbekiston respublikasi Oliy Majlisining 1991 -yil 20-noyabr va 1993-yil 7-may hamda 1994-yil 23-sentabr oylarida bu qonunga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritilib, takomillashtirilgan variantlarida yerlardan foydalanishni tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va ularni himoya qilish, tuproqlar unumdorligini oshirish, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilash kabi vazifalarni amalga oshirish huquqini ta’minlash ko'zda tutilgan.

1993- yil 5-yanvardagi buyrug‘iga binoan amalga oshiriladi. Huquqiy dalolatnomalar bilan birga 0‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasini tartibga solishga yo'naltirilgan qator huquqiy asoslangan me’yoriy dalolatnomalar qabul www.ziyouz.com kutubxonasi qilinganki, ularning barchasi bu sohadagi ishlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Bularga quyidagilar misol bo'la oladi: xususiy mulk to‘g'risidagi. kooperatsiya to'g'risidagi, ijara to'g'risidagi, korxonalar to'g'risidagi, olinadigan soliqlar to'g'risidagi, birlashmalar, tashkilotlar, joylarda davlat hokimiyati organlari to'g‘risidagi, fuqarolami o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risidagi, standartlashtirish to‘g'risidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar shular jumlasidandir.

O'zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to'g'risidagi qonunlarning qabul qilinishi munosabati bilan ishlab turgan huquqiy asosga ega bo'lgan dalolatnomalarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan. Bundan maqsad, ularni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko'rsatib o'tilgan qonunlar talablariga muvofiqlashtirishdan iborat. Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlami hayotga tatbiq etish birinchi navbatda Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, maxsus mas’ul organlar, yuridik va fizik shaxslar tomonidan kompintensiya va qoidalarga asosan amalga oshiriladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 87.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling