Mavzu: Bir nuqtali «Mono-Jetronic» purkash tizimi
Download 0.49 Mb.
|
«Mono-Jetronic»
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0,1...0,11 mPa
Mavzu: Bir nuqtali «Mono-Jetronic» purkash tizimi. Bir nuqtali «Mono-Jetronic» purkash tizimi. Yengil avtomobillarning benzinli dvigatellari uchun bir nuqtali purkash tizimi birinchi bor 1975-yilda Bosch (Germaniya) firmasi tomonidan ishlab chiqildi. Bu tizim “Mono-Jetronic” nomini oldi va birinchi bor “Volkswagen” avtomobiliga oʻrnatildi. Mono-Jetronic tizimida faqat bitta elektromagnit forsunka boʻlib, u L-Jetronic tizimidagi singari yonilgʻini ulushlab purkaydi. Lekin koʻp forsunkali purkash tizimlaridan farqli, MonoJetronic tizimida yonilgʻi kiritish klapanlarining atrofiga emas, balki aralashtirish kamerasiga purkaladi. Markaziy purkash tizimining muhim afzalliklaridan biri shuki, u standart karbyurator oʻrniga oʻrnatilishi mumkin. Bundan tashqari bu tizimda yonilgʻi bosimi 0,1...0,11 mPa gacha pasaytirilishi va ba’zi hollarda oddiy membranali benzin nasosini ishlatish imkoniyatini beradi. 2.63-rasmda Mono-Jetronic purkash tizimining tarkibiy sxemasi keltirilgan. U tutash yonilgʻi halqasidan iborat boʻlib, quyidagi elementlardan tashkil topgan: benzobak 2, elektrobenzonasos 1, yonilgʻini mayin tozalash filtri 3, markaziy purkash forsunkasi 4, yonilgʻi bosimining rostlagichi 15.Tutash yonilgʻi halqasi quyidagi vazifalarni bajaradi: • bosim rostlagichi yordamida yonilgʻi magistralida zarur doimiy bosimni (Mono – Jetronic tizimi uchun 0,1...0,11 mPa) ushlab turadi; • bosim rostlagichiga oʻrnatilgan prujinalangan diafragma yordamida dvigatel oʻchirilganida ham yonilgʻi quvurlarida ma’lum qoldiq bosimni (~0,05 mPa) saqlab turadi. Bu dvigatel oʻchgandan keyin yonilgʻi quvurlarida havo va par tiqinlarini yuzaga kelishini oldini oladi; • yonilgʻining tutash halqa orqali doimiy harakati hisobiga purkash tizimi elementlarini sovitib turilishi ta’minlanadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling