Mavzu: Bojxona statistikasi


Download 218.5 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi218.5 Kb.
#1580875
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bojxona statistikasi

Mavzu: Bojxona statistikasi




Reja :
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Bojxona statistikasining asosiy vazifalari va o‘rganish ob’ektlari
2.2. Tashqi savdo bojxona statistikasi ko‘rsatkichlari.
2.3. Tashqi savdo bojxona statistikasida tovarlar yetkazib berishning tijorat shartlari.
2.4. Bojxona rasmiylashtiruvi va uning tartibi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida” va “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash uslubiyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash uslubiyati to‘g‘risida nizom
Ushbu Nizom to‘lov balansining uslubiyatiga muvofiq, tashqi savdoda tovarlar va xizmatlar hisobining to‘liq aks ettirilishini ta’minlash maqsadida, davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashning uslubiyatini hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi tartibini aniqlab beradi.Tovarlar tashqi savdosi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash hamda ular bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona deklaratsiyalari ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.



Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling