Mavzu: bolaning rivojlanishga muhitning ta'siri


Download 4.83 Mb.
bet1/3
Sana05.09.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1673161
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu bolaning rivojlanishga muhitning ta\'siri



Angren Universiteti


“Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” fanidan




MAVZU: BOLANING RIVOJLANISHGA MUHITNING TA'SIRI


GURUH: MT 102


BAJARDI: Saidova D.B.


TEKSHIRDI: Gaziyeva N.Sh.
Angren - 2023

BOLANING RIVOJLANISHGA MUHITNING TA'SIRI

REJA

1.Bola rivojlanishi haqida tushuncha

2.Shaxning rivojlanishi va unga ta`sir ko`rsatuvchi faktorlar

3. Bola ijtimoiylashuvida sotsiumning o`rni

Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi.

Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o’yin, mеhnat, o’quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tеngdoshlar, bеgona kishilar va b. bilan). Bunda u o’ziga xos bo’lgan faollikni namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam bеradi.

Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, еtakchisi bo’ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga kеladi.


Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o’zlashtirib olishi mumkin. Bu o’z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva o’zlashtirishda еtakchi vazifani bajaradi.

Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo’lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o’rtasida yuzaga kеladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.


Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo’shilib kеtadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi.





Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi.
Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin.
O‘sish va rivojlanish jarayonlari tirik materiyaning umumbiologik xususiyatlari hisoblanadi. Tuxum hujayrasining urug‘ lanishidan boshlanadigan odamning o‘sish va rivojlanishi, uning butun umri davomida kechadigan uzluksiz bajaraluvchi jarayon namoyon qiladi. Rivojlanish jarayoni poygasimon holatda kechib, uning hayotini bosqichlari yoki davrlari orasidagi farqlar faqatgina miqdoriy jihatdangina emas, balki sifatiy jihatdan ham o‘zgarishlarga olib boradi.

U yoki bu fiziologik tizimlarni tuzilishi yoki faoliyatidagi yoshga oid xususiyatlarning mavjudligi yoshlik davrining ayrim bosqichlaridagi bola organizmining to‘la qimmatli yoki qimmatli emasligi haqidagi, bashorat yoki aniq ma’lumot bo‘lib hisoblanmaydi. Aynan shu xildagi kompleks xususiyatlargina u yoki bu yoshni tavsiflab beradi.


Rivojlanish deganda, tom ma’noda odam organizmida kuzatiladigan, uning barcha tizimlarining tashkillanish darajalarini murakkablashishini oshishini chaqiruvchi miqdoriy va sifatiy o‘zgarish jarayonlari tushuniladi. Rivojlanish o‘z ichiga uchta asosiy omilni qamrab oladi; o‘sish organ va to‘qimalarning tabaqalanishi, shakllanish (organizmga xos va monand bo‘lgan shaklni olishi). Ushbu omillar bir-biri bilan uzviy bog‘ liq va bir-birini to‘ldirib turadi.
Bola organizmining voyaga yetgan organizmidan farq qiluvchi rivojlanish jarayonining asosiy fiziologik xususiyatlaridan biri organizm vaznining tinimsiz ortishi va uning hujayralari sonini yoki ularning o‘lchamlarini o‘zgarishi bilan birgalikda kechuvchi miqdoriy jarayon ya’ni o‘sish hisoblanadi.
O‘sish jarayonida hujayralar soni, gavda vaznini va antropometrik ko‘rsatkichlari ortadi. Suyaklar, o‘pka kabi ayrim organlarda o‘sish asosan hujayralar sonini ortishi hisobiga ko‘payishi, boshqa organlarda (muskullar, asab to‘qimalarda) hujayralarning o‘lchamlarini ortishi jarayoni ustunlik qiladi. O‘sish jarayoniga bunday aniqlik berilishi yog‘ larni o‘tirishi yoki suvning ushlab qolinishi bilan ta’minlanuvchi gavda vazni va o‘lchamlarini o‘zgarishlarini hisobga olmaydi. Organizmni o‘sishini ko‘rsatuvchi aniq ko‘rsatkich – bu undagi oqsillarning umumiy miqdorini oshishi va suyaklar o‘lchamlarning kattalashishidir.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling