Mavzu: Boshlang’ich sinflarda ot so‘z turkumini o‘rgansh metodikasi


Download 177 Kb.
bet1/11
Sana13.11.2023
Hajmi177 Kb.
#1770298
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda ot so‘z turkumini o‘rgansh metodikasi.(3-sinf )

Mavzu: Boshlang’ich sinflarda ot so‘z turkumini o‘rgansh metodikasi.(3-sinf )




Reja:


I- BOB Otlarda son mavzusini o‘rganish usuli.
1.1. Otlarda “Egalik qo‘shimchalari” mavzusini o‘rganish usuli.
1.2. Otlaning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishini o‘rganish usuli.
II-BOB Shaxs va narsani bildirgan so‘zlar. 1- sinf.
2.1. Shaxs va narsa nomini bildirgan so‘zlar. 2- sinf.
2.2. Ot so‘z turkumi.Otlar birlik va ko‘plirda. 3- sinf.
2.3. Otlarni egalik qo‘shimchalar bilan qo‘llash. 4- sinf.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
O‘qituvchi dastlab talabalarga ot so‘z turkumini o‘rganishdagi izchillik haqida ma’lumot beradi. I sinfda shaxs va narsani bildirgan so‘zlar mavzusi bilan o‘quvchlarni tanishtiradi. Shaxs va narsani bildirgan so‘zlar kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishi so‘roqlar yordamida aniqlanadi.O‘qituvchilar nutqini shaxs va narsani bildirgan so‘zlar bilan boyitish aytib o‘tiladi. Darsning turi yangi bilim beruvchi tipida bo‘ladi. Darsning jihozi gullar, daraxtlar, turli kasb egalari tasvirlangan rasmlar bo‘lishi mumkinligi haqida talabalarga tushuncha beriladi.Dars davomida saylanma diktant o‘tkazish mumkin. Bundan o‘quvchilarga so‘zlar ichidan o‘quv qurollari nomi yozish, boshqa so‘zlarni tashlab ketish tushuntiriladi. Uy, kitob, olma, daftar, chizg‘ich, qalam, darslik bilan ishlash orqali o‘quvchilar tushunchasi mustahkamlanadi.
I-sinfda ona tili kitobidan 100, -101,-102-mashqlar shartiga ko‘ra og‘zaki va yozma bajarilishi haqida talabalarga ma’lumot beriladi. II-sinfda shaxs va narsani nomini bildirgan so‘zlar kishilarning ismi va familiyasi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar, shahar va qishloq, ko‘cha va daryo nomlarida bosh harf mavzulari 16-soat dars mobaynida o‘quvchlarga aytib o‘tiladi. Namuna sifatida dars reja konspektini tuzib tafsiya etiladi.
Mavzu: Kishilarning ism va familiyasida bosh harf.
Maqsad.Kishilarning ismi va familiyasida bosh harfni ishlatish ko‘nikmasini o‘stirish. Darsning borishi:
I.Uy vazifani tekshirish.
1.Mashq ko‘rib chiqiladi.
2.O‘qish kitobidan qaysi yozuvchilar ismini yozdingiz deb so‘raladi va 4-5 o‘quvchiga alifbo tartibida yozganlar o‘qitiladi.
II. Kishilarning ismi va vamiliyasida bosh harf bilan boshlab yozuv ko‘nikmasini o‘stirish yuzasidan mashq. 1.Nuqtalar o‘rniga bolalar ismini qo‘yib yozgan javoblar 2-3 o‘quvchiga o‘qitiladi. 188-mashq.
2.Uzluksiz berilgan matndagi gaplar chegarasini qanday aniqlab yozganlarini o‘qib tushuntiradilar. 189-mashq.
3. “Onangiz va otangizning familiyasi va ismini ayting” degan vazifani bajaradilar va daftarlariga yozadilar.
III. Darsni yakunlash.
IV.Uyga vazifa 190-mashq.
Keyin talabalarga mustaqil ravishda 3-sinfda ot so‘z turkumi, otlar birlik va ko‘plikda,ot yasovchi qo‘shimchalar mavzusiga oid dars reja konspekti ustida ishlaydilar. 3-sinf ona tili darsligidagi mavzuga oid mashqlar bajariladi.
229-mashq.Berilgan otlarga ot yasovchi –chi, -kor, -zor, -loq qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib otlar hosil qiling. Ijod+kor, pardozchi, gallakor, archazor, atlaschi, chamanzor, suvoqchi, qumloq.
Shu tartibda mashlar bajartiriladi. 4-sinfda talabalarga otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo‘llanishi, otlarning kelishik qo‘shimchalar bilan tuslanishi mavzulari o‘tilishi haqida ma’lumot beriladi.Otlarning egalik qo‘shimchalar bilan qo‘llanishini o‘rgatish mavzusi o‘quvchilar uchun murakkab jarayon hisoblanishi aytib o‘tiladi. Chunki, bu mavzu o‘rganilganga qadar o‘quvchilar shaxs tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan bo‘ladilar. Bu mavzuni o‘tishdan oldin o‘quvchilarga egalik so‘zini leksik ma’nosini tushuntirish lozim ekanligi talabalarga aytib o‘tiladi.

Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling