Mavzu. Buldozerlar Tayanch suzlar: ag’dargich, uzatma, ishchi jixoz, texnologiya. Reja


Download 64 Kb.
bet1/2
Sana13.02.2023
Hajmi64 Kb.
#1193364
  1   2
Bog'liq
9-mavzu. Buldozerlar


9-mavzu. Buldozerlar
Tayanch suzlar: ag’dargich, uzatma, ishchi jixoz, texnologiya.
Reja:
Buldozerlar. Ularning tasnifnomasi va tuzilishi.
Buldozerlarni vazifasi va ishlash texnologiyasi.
Ish unumdorligini aniqlash.
Buldozer, pichoqli ag’dargich, brus yoki rama kurinishidagi suruvchi qurilma va ag’dargichni gidravlik boshqarish sistemalarini uz ichiga olgan, gusenisali yoki pnevmogildirakli baza traktorlarning osma uskunalaridan iborat. Ular I-IV kategoriyadagi hamda oldindan yumshatilgan qoya va muzlagan gruntlarni qavatlab qazib olish va surishda qo’llaniladi. Buldozerlar yordamida qurilish maydonlarini tekislash, ko’tarmalar qilish, turli chuqurlar kovlash, tog’ bag’irlarida terrasalar tayyorlash, boshqa mashinalar tashigan tuproqlarni tekislash, poydevor va kommunikasiyalar uchun xandaqlar qazish, chuqurlar, xandaqlar va bino poydevori atrofini to’ldirish, atrofni qor, tosh, mayda daraxtlar, butazor va changalzorlardan, to’nka va qurilish axlatlaridan tozalash va boshqa ishlar bajariladi.
Ish organi – otvalning o’rnatilishiga kura buldozerlar ikki xil bo’ladi: otvali burilmaydigan (oddiy) ya’ni otvali traktorning bo’ylama o’qiga doimo perpendikulyar vaziyatda o’rnatilgan buldozerlar va otvali buriladigan (universal) buldozerlar, buning otvali gorizontal tekislikda ikkala tomonga xam 50 - 650 gacha xamda traktorning bo’ylama o’qiga nisbatan 900, ba’zan esa vertikal tekislikda xam ikkala tomonga 3 - 80 buriladigan vaziyatda o’rnatish mumkin.
Buldozerlarning ish sikli qo’yidagicha: mashina oldinga xarakatlanayotganda ag’dargich boshqarish sistemasi yordamida gruntga botib kiradi, pichog’i bilan grunt katlamini qirqib, surib uz oldida grunt prizmasi xosil kiladi va uni yer sirti bo’ylab sudrab bo’shatadigan yoki saqlanadigan joyga olib boradi. Gruntni to’qkandan so’ng ag’dargich transport xolatiga ko’tarilib, mashina yana grunt olish joyiga kaytib keladi va sikl takrorlanadi.
Buldozerlarning asosiy parametrlariga ag’dargichning balandligi N va unligi L, asosiy qirqish burchagi d, ag’dargichning ketingi burchagi a, ag’dargichning kundalangiga kiyalatish va planda burilish burchaklari (ag’dargichi buriladigan mashinalarda), ag’dargichning buldozer tayanch yuza satxidan ko’tarilish balandligi h1 ag’dargichning buldozer o’sha yuza satxidan tushish chuqurligi h2 kiradi. Ag’dargichning pastki qirrasiga ishqalanishga bardoshli qotishmadan iborat, almashadigan ikki tig’li qirquvchi pichoqlar (yon tomoniga ikkita va o’rtasiga bittadan) o’rnatilgan. Yukori kismining o’rtasiga esa to’plangan tuproq to’qilmasligi uchun koziryok o’rnatilgan bo’ladi.
Buldozerning burilmaydigan ag’dargichi ikkita suruvchi brus ko’rinishidagi suruvchi qurilmaga sharnirli maxkamlangan, bruslarning ketingi uchlari baza mashina yuritish qurilmasining to’sinlariga sharnirli biriktirilgan.
Buldozerning buriladigan ag’dargichi universal suruvchi rama 5(1-rasm) ga maxkamlangan, bu ramaga ag’dargichdan tashkari turli gidravlik boshqariladigan, almashib ishlaydigan uskunalar - buta keskich, daraxt yikitgich, kunda kovlagich, qor tozalagich va boshqalar o’rnatilishi mumkin. Buriluvchi ag’dargich suruvchi rama bilan ag’dargichning baza mashinaga nisbatan burilishiga imkon beradigan markaziy sharli sharnir 7 va ikki yon tirgaklar 6 orkali bog’langan bo’ladi.
Gusenisali buldozerlar texnologik imkoniyatlarni anchagina oshiradigan ko’shimcha tez almashadigan ish uskunalari bilan jixozlanadi.
Buldozer ishlagan paytda qo’yidagi kuchlar xosil bo’ladi (2-rasm): gruntni qirqishga bo’lgan karshilik kuchi Rr, ish jixozini gruntga kiritishga qarshilik kuchi Rp, grunt sudraluvchi prizmasining grunt bo’yicha ishqalanish kuchi Rpr, ag’dargich qirqish qirrasining ishqalanish kuchi Rtr1 xamda grunt ag’dargich bo’yicha xarakatlanganda xosil bo’ladigan ishqalanish kuchi Rtr2. Buldozerning xarakat o’qi bo’ylab yo’nalgan mana shu kuchlarning yigindisi buldozerning ilashish bo’yicha tortish kuchi Ts dan kichik bo’lishi kerak.
Buldozerning gruntni qirqish va surishdagi ish unumdorligi (m3/soat):
Pre = 3600. Vgr . ky . kn . kv /Ts ,
bu yerda, Vgr - ag’dargich oldidagi sudraluvchi grunt prizmasining geometrik xajmi, m3;
Vgr = L . H2 . kn /(2.tgj. kyu),
bu yerda, L, H - ag’dargichning uzunligi va balandligi, m;
j - xarakatdagi gruntning tabiiy kiyalik burchagi j q 20 ... 500;
kn - sudraluvchi prizma geometrik xajmining grunt to’lish koeffisiyenti (kn= 0,85 ... 1,05);
kyu - gruntning yumshatish koeffisiyenti (kyu =1,1 ... 1,3);
ku - ish unumdorligiga uchastka qiyaligining ta’sirini xisobga oluvchi koeffisiyent (kutarilishda ishlaganda ku = 0,67 ... 0,4 ga kamayadi, nishablikda ishlaganda ku = 1,35 .... 2,25gacha ortadi);
kv - buldozerdan vaqt bo’yicha foydalanish koeffisiyenti (kv = 0,8 ... 0,9);
Ts - sikl davomiyligi, s;
Ts = lk /vk + lc /vc + lo /vo + tp,
bu yerda, lk, ls va lo= lr+ lp - qirqish, surish va buldozerning qaytib kelish masofalari, m;
lr = Vgr /S,
bu yerda S =L . C - qirqiladigan grunt qatlamining yuzi, m2;
S - qirqiladigan grunt qatlamining o’rtacha qalinligi, m;
vk, vs, vo - traktorning gruntni qirqish, surish va qaytib kelishdagi xarakat tezliklari, m /s; tp - sikl davomida uzatmalarni almashtirish uchun sarflangan vaqt (tp = 15 ... 20).
Gruntni qirqish soatiga 2,5 ... 4,5 km, uni surish esa 4,5 ... 6 km xarakat tezligida bajariladi.
Ag’dargichi buriladigan buldozerning tekislash ishlaridagi ish unumi, m3/soat:
PPe = 3600. l(L.sinq - 0.5).kv /[n(l /v + tP)],
bu yerda, l - tekislanadigan uchastkaning uzunligi, m; q - ag’dargichni planda joylashtirish burchagi, grad; 0,5 - buldozer o’tishlar yo’lining o’zaro bekitilib ketishi; n - buldozerning bir joydan o’tishlar soni; v - buldozerning xarakat tezligi, m /s.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling